Urunova Xurshida Shodievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Navoiy viloyati sanoat korxonalari oqova suvlari tarkibidagi metallarni dolomit minerali va sholi qipig‘i asosidagi reagent-sorbentlar bilan tozalash texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosida materiallar texnologiyasi, 11.00.05 – Atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T2768.
Ilmiy rahbarlar: Umirov Farhod Ergashovich, texnika fanlari doktori, professor; Temirov O‘ktam Shavkatovich, texnika fanlar doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi DSc.17/7.06.2024.K/T.06.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Muzafarov Amrullo Mustafoevich, kimyo fanlari doktori; Tog‘asharov Axat Salimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dolomit va ShQ chiqindisi asosida sorbent-reagent olish va sanoat oqova suvlari tarkibidan og‘ir metall ionlarini tozalashda qo‘llash hamda oqova suvlardan samarali foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dolomit mineralini termik faollantirish natijalariga ko‘ra 600-900 0C haroratda 10-60 daqiqa oralig‘ida faollashtirilganda kalsiy, magniy va kremniy oksidlarining umumiy miqdori 1,09-1,75 barobar oshishi, karbonat miqdori 1,12-1,89 barobar kamayishi aniqlangan;
fosfat kislotada dolomitni parchalab reagent sorbentlarga qayta ishlashning maqbul rejimi aniqlangan;
fosfat kislota va dolomit asosidagi reagent sorbentlar olishda kalsiy va magniy oksidlarining suvda eruvchan shakli 2,24 va 2,74 barobar oshishi asoslangan;
TFDShning 75:25 og‘irlik nisbatidagi kompozisiyalarida 0,01 m/l konsentratsiyadagi eritmadan Su2+ ionlarini 97,59 %, 65:35 nisbatidagi kompozisiya -93,95 % ni, 45:55 nisbatidagi kompozisiya esa 91,84 % tozalanishi aniqlangan;
TFDSh yordamida ishlab chiqarish korxonalari chiqindi suvlariga 0,5-2,5% qo‘shib tozalanganda, oqova suv tarkibidagi Mn -98,78%; As -98,21%; Mo-97,85% gacha ionlaridan tozalashi aniqlangan;
dolomit va ShQ asosida sorbent-reagent olish texnologiyasi hamda TFDSh yordamida sanoat oqova suvlari tarkibidan metall ionlarini tozalash texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat oqova suvlari tarkibidagi metallarni tozalash uchun dolomit, ShQ va fosfat kislotasi asosida adsorbentlar olish va qo‘llash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
dolomit minerali asosida olingan reagent-sorbentlar bilan GMZ-3 sanoat chiqindi suvlarini tozalash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2025 yil 14 apreldagi 23/01-01-01/275-son ma’lumotnomasi). Natijada, dolomit mineralini faollantirish natijasida olingan reagent-sorbentlarni sanoat oqova suvlarini ifloslantiruvchi og‘ir metallar miqdorini 75-85% gacha tozlash imkoniyatini bergan;
dolomit minerali va sholi qipig‘i asosida olingan reagent-sorbentlar bilan GMZ-3 sanoat chiqindi suvlarini tozalash usuli «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning «2025-2026 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxatiga» kiritilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» AJ ning 2025 yil 14 apreldagi 23/01-01-01/275-son ma’lumotnomasi). Natijada, dolomit minerali va sholi qipig‘ini kislorodsiz faollantirishda olingan reagent-sorbentlar sanoat oqova suvlarini ifloslantiruvchi og‘ir metallar miqdorini 85-95% gacha zararsizlantirish imkoniyatini beradi.