Sharipov Kuvondik Baxtiyorovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Mamlakatda kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning ilmiy-metodologik asoslari», 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Iqt362.
Ilmiy maslahatchi: Gafurov Ubaydullo Vaxabovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Abdullaev Suyun Ortiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Muftaydinov Qiyomiddin, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Rasulov To‘lqin Sattarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatda kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning ilmiy-metodologik asoslari bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes tarkibiy tuzilmasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni o‘zining asosiy faoliyati jihatidan umumiqtisodiy shart-sharoit va imkoniyatlarning tabiiy va qonuniy tavsifdagi cheklanganligi sharoitida amal qiluvchi muayyan xo‘jalik yuritish sohasiga kiruvchi iqtisodiy subektlarning funksional, tarmoq, mintaqaviy (hududiy), ijtimoiy-iqtisodiy, tashqi iqtisodiy va boshqa tavsiflariga ko‘ra ixtisoslashgan va muayyan nisbatda shakllangan tuzilmalari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik tadbirkorlikni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy tuzilmasining samaradorlik darajasini baholash” uslubi to‘liq bozor munosabatlari tamoyillarining amal qilishi sharoitida kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasi iqtisodiy faoliyat turlarining rentabellik darajasiga muvofiq holda shakllanishiga oid nazariy qoidadan kelib chiqqan holda takomillashtirilgan;
boshqa teng sharoitlarda kichik tadbirkorlikning tarkibiy tuzilmasi har bir iqtisodiy faoliyat turining yalpi ishlab chiqarish hajmidagi solishirma salmog‘ining yalpi ishlab chiqarish hajmi rentabelligi darajasiga mutanosibligini ta’minlash nazariy qoidasidan kelib chiqqan holda kichik tadbirkorlik iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy tuzilmasining samaradorligini aniqlash uslubi ishlab chiqilgan;
kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasi shakllanishi maromiyligini baholash uslubi kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasidagi o‘zgarishlar soha iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari va natijalari bilan hamohang boruvchi maromiylik tamoyiliga muvofiq holatni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasini takomillashtirish asosida soha asosiy faoliyati ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mamlakatda kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning ilmiy-metodologik asoslari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes tarkibiy tuzilmasi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini o‘zining asosiy faoliyati jihatidan umumiqtisodiy shart-sharoit va imkoniyatlarning tabiiy va qonuniy tavsifdagi cheklanganligi sharoitida amal qiluvchi muayyan xo‘jalik yuritish sohasiga kiruvchi iqtisodiy subektlarning funksional, tarmoq, mintaqaviy (hududiy), ijtimoiy-iqtisodiy, tashqi iqtisodiy va boshqa tavsiflariga ko‘ra ixtisoslashgan va muayyan nisbatda shakllangan tuzilmalari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari 5A230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqobat strategiyasi” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda muayyan xo‘jalik yuritish sohasiga kiruvchi iqtisodiy subektlarning funksional, tarmoq, mintaqaviy (hududiy), ijtimoiy-iqtisodiy, tashqi iqtisodiy va boshqa tavsiflariga ko‘ra ixtisoslashgan va muayyan nisbatda shakllangan tuzilmalari majmui nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “kichik biznes tarkibiy tuzilmasi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik tadbirkorlikni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy tuzilmasining samaradorlik darajasini baholash” uslubini to‘liq bozor munosabatlari tamoyillarining amal qilishi sharoitida kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasi iqtisodiy faoliyat turlarining rentabellik darajasiga muvofiq holda shakllanishiga oid nazariy qoidadan kelib chiqqan holda takomillashtirish bo‘yicha nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari 5A230102 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Raqobat strategiyasi” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-son buyrug‘i). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasining iqtisodiy faoliyat turlari rentabellik darajasiga muvofiq holda shakllanishiga oid nazariy qoidadan kelib chiqqan holda takomillashtirilgan kichik tadbirkorlikni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy tuzilmasi samaradorlik darajasini baholash uslubini yuzasidan nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
boshqa teng sharoitlarda kichik tadbirkorlikning tarkibiy tuzilmasi har bir iqtisodiy faoliyat turining yalpi ishlab chiqarish hajmidagi solishirma salmog‘ining yalpi ishlab chiqarish hajmi rentabelligi darajasiga mutanosibligini ta’minlash nazariy qoidasidan kelib chiqqan holda kichik tadbirkorlik iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy tuzilmasining samaradorligini aniqlash uslubidan foydalanish taklifi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025-yil 26-martdagi 02-35-3347-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda kichik tadbirkorlik iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tarkibiy tuzilmasining samaradorligini baholashning aniqligini oshirish imkoni yaratilgan;
kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasi shakllanishi maromiyligini baholash uslubi kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasidagi o‘zgarishlar soha iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari va natijalari bilan hamohang boruvchi maromiylik tamoyiliga muvofiq holatni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025-yil 26-martdagi 02-35-3347-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida mamlakatda kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasi shakllanishi maromiyligini ta’minlash orqali soha iqtisodiy faoliyat ko‘rsatkichlari va natijalarini maqsadga muvofiq shakllantirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda kichik tadbirkorlik tarkibiy tuzilmasini takomillashtirishning optimistik va pessimistik ssenariy bo‘yicha rivojlanishidan kelib chiqqan holda asosida soha asosiy faoliyati ko‘rsatkichlarining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognozi O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2025-yil 26-martdagi 02-35-3347-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kichik tadbirkorlik subektlari tarkibiy tuzilmasini uzoq istiqboldagi ko‘rsatkichlarining o‘zaro muvofiqligini ta’minlash imkoni yaratilgan.