Samandarov Zuxriddin Raup o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Valyuta kursini bozor mexanizmlari asosida shakllanishining nazariy asoslarini takomillashtirish”, 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4865
Ilmiy rahbar: Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Nabiev Elshod Ganievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Obilov Mirkomil Rashidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Xalqaro Nordik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishining nazariy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “valyuta kursining bozor mexanizmlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni valyuta kursining shakllanishida bozor ishtirokchilari (markaziy va tijorat banklari, investorlar)ning xatti-harakatlarida axborot asimmetriyasi, bozor psixologiyasi va axborot oqimlari sifatining ta’siri nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
valyuta bozorining likvidligini oshirish va devalvatsiya bosimini yumshatishga xizmat qiladigan valyuta birjasidagi banklararo savdolarni optimallashtirish mexanizmi tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va kursning shaffof shakllanishini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
bozor mexanizmlarining murakkab tabiatini nazariy jihatdan yoritadigan talab va taklifning qisqa muddatli o‘zgarishlari, makroiqtisodiy omillar (foiz stavkalari, inflyasiya, tashqi savdo balansi) va bozor ishtirokchilarining xatti-harakatlarini hisobga oluvchi dinamik muvozanat modeli valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini yaratish jihatidan takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida milliy valyuta so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashinuv kursi dinamikasining 2030-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Valyuta kursini bozor mexanizmlari asosida shakllanishining nazariy asoslarini takomillashirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “valyuta kursining bozor mexanizmlari” tushunchasining iqtisodiy mazmuni valyuta kursining shakllanishida bozor ishtirokchilari (markaziy va tijorat banklari, investorlar)ning xatti-harakatlarida axborot asimmetriyasi, bozor psixologiyasi va axborot oqimlari sifatining ta’siri nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy ta’limning 7030103–Makroiqtisodiyot magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘rta makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 11-martdagi 97-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish talabalarda valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishi mohiyatini to‘g‘ri va kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
valyuta bozorining likvidligini oshirish va devalvatsiya bosimini yumshatishga xizmat qiladigan valyuta birjasidagi banklararo savdolarni optimallashtirish mexanizmi tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish va kursning shaffof shakllanishini ta’minlash orqali takomillashtirish taklifidan AT “Aloqabank” faoliyatida foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ining 2025-yil 26-iyundagi 05-04/2913-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki valyuta bozorida tijorat bankining milliy valyuta kursi shakllanishidagi faolligini oshirish maqsadida bozor tamoyillariga muvofiq market-meykerlik faoliyati joriy etilgan;
bozor mexanizmlarining murakkab tabiatini nazariy jihatdan yoritadigan talab va taklifning qisqa muddatli o‘zgarishlari, makroiqtisodiy omillar (foiz stavkalari, inflyasiya, tashqi savdo balansi) va bozor ishtirokchilarining xatti-harakatlarini hisobga oluvchi dinamik muvozanat modeli valyuta kursining bozor mexanizmlari asosida shakllanishini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini yaratish jihatidan takomillashtirish taklifidan AT “Aloqabank” faoliyatida foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ining 2025-yil 26-iyundagi 05-04/2913-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ichki valyuta bozorida likvidlik provayderi hisoblangan tijorat banki tomonidan valyuta oldi-sotdi operatsiyalari bo‘yicha defolt holati yuzaga kelganda qo‘llaniladigan riskni boshqarish mexanizmlari ko‘lami kengaytirilib, valyuta bozoridagi defolt menejmenti tizimi takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda valyuta kursiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi ekonometrik modellar asosida milliy valyuta so‘mning AQSh dollariga nisbatan almashinuv kursi dinamikasining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz parametrlaridan AT “Aloqabank”ining “2025-yilga mo‘ljallangan biznes-rejasi”ni tayyorlashda foydalanilgan (Aksiyadorlik tijorat “Aloqabank”ining 2025-yil 26-iyundagi 05-04/2913-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy valyutalarda nufuzli xorijiy banklarda vakillik hisobraqamlarini ochish hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan texnik maslahatlashuvlar asosida kunlik valyuta ayirboshlash kurslarini belgilashga o‘zgartirishlar kiritish rejalashtirilgan.