Rasulov Jamshid Shokir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiy o‘sishni dinamik stoxastik modellar asosida tadqiq etish”, 08.00.02 –“Makroiqtisodiyot” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2868.
Ilmiy rahbar: Hakimov Hakimjon Abdullo o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Tashmatov Shuhrat Xamraevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abduraximova Saida Axmadjanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy o‘sishni dinamik stoxastik modellar asosida tadqiq etish orqali ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli traektoriyasi nafaqat resurslar va texnologiyaga, balki ijtimoiy-iqtisodiy institutlarga bog‘liqligini tadqiq etish asosida dinamik umumiy muvozanat modellari mulkchilik huquqlari, qonun ustuvorligi, korrupsiya darajasi kabi institutsional omillarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat jihatidan ham barqaror bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan umumiy muvozanat modelidan foydalangan holda, iqtisodiy o‘sishning barqarorligini baholash uchun ekologik ta’sir, ijtimoiy tenglik, resurslardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi taklif etilgan;
dinamik stoxastik umumiy muvozanat modelidan foydalangan holda iqtisodiy inqirozlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish mexanizmi iqtisodiy o‘sishning qisqa va uzoq muddatli omillari, shu jumladan fiskal siyosat va tashqi savdo shoklarining ta’sirini tahlil qilish hamda iqtisodiyotdagi davriy tebranishlar (jahon narxlarining o‘zgarishi yoki global iqtisodiy inqirozlarning ta’siri) va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini bashorat qilish orqali takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari orasidagi variatsiya hisob-kitoblari hamda shoklarning ta’siri natijasida dinamik stoxastik umumiy muvozanat modeli asosida YaIM, inflyasiya va asosiy stavkaning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy o‘sishni umumiy muvozanat modellari asosida tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli traektoriyasi nafaqat resurslar va texnologiyaga, balki ijtimoiy-iqtisodiy institutlarga bog‘liqligini tadqiq etish asosida dinamik umumiy muvozanat modellari mulkchilik huquqlari, qonun ustuvorligi, korrupsiya darajasi kabi institutsional omillarni kiritish asosida takomillashtirishga oid nazariy uslubiy materiallardan oliy ta’limning 7030103-Makroiqtisodiyot magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘rta makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 11-martdagi 97-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish iqtisodiy o‘sishni umumiy muvozanat asosida kengroq tushunishlariga imkon yaratgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra iqtisodiy o‘sishning nafaqat miqdoriy, balki sifat jihatidan ham barqaror bo‘lishini ta’minlashga qaratilgan umumiy muvozanat modelidan foydalangan holda, iqtisodiy o‘sishning barqarorligini baholash uchun ekologik ta’sir, ijtimoiy tenglik, resurslardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimini takomillashtirishga oid nazariy uslubiy materiallardan oliy ta’limning 7030103-Makroiqtisodiyot magistratura mutaxassisligi talabalari uchun tavsiya etilgan “O‘rta makroiqtisodiyot” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2025-yil 11-martdagi 97-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy natijalardan o‘quv adabiyotlarida foydalanish iqtisodiy islohotlarning natijadorligini sifat jihatidan klassifikatsiya qilishga xizmat qilgan;
dinamik stoxastik umumiy muvozanat modelidan foydalangan holda iqtisodiy inqirozlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish mexanizmi iqtisodiy o‘sishning qisqa va uzoq muddatli omillari, shu jumladan fiskal siyosat va tashqi savdo shoklarining ta’sirini tahlil qilish hamda iqtisodiyotdagi davriy tebranishlar (jahon narxlarining o‘zgarishi yoki global iqtisodiy inqirozlarning ta’siri) va ularning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini bashorat qilish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 14-maydagi 04/26-1-2-10648-sonli ma’lumotnomasi). Bu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi iqtisodiy o‘sishni sekinlashtiruvchi omillarni aniqlash va davlat byudjeti samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari orasidagi variatsiya hisob-kitoblari hamda shoklarning ta’siri natijasida dinamik stoxastik umumiy muvozanat modeli asosida YaIM, inflyasiya va asosiy stavkaning 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan 2025-2027 yillar uchun “Byudjetnoma”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2025-yil 14-maydagi 04/26-1-2-10648-sonli ma’lumotnomasi). Bu ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi kelgusi yillar uchun asosiy makroiqtisodiy indikatorlar prognozlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.