Otaboev Feruzbek Oybek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiy o‘sish va investision resurslar o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Xajiev Baxtiyor Dushaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Maxmudov Sherali Xusanovich, iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Iqtisodiy o‘sish va investision resurslar o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy mutanosiblik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy o‘sishning barqarorligi, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy-ekologik muvozanatga erishishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish omillari, tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash jarayonida zamonaviy o‘zgarishlar va tendensiyalarni hisobga olishi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra investision resurslar va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi mutanosiblikning nazariy tavsifdagi grafik usulidan foydalanish asosida davlatning investisiya va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi nisbatni “barqaror” (I/GDP=1), “o‘sib boruvchi” (I/GDP<1), “pasayib boruvchi” (I/GDP>1) holatlariga ko‘ra tartibga solish orqali mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatish imkoni asoslangan;
milliy iqtisodiyotdagi investisiya hajmi va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi samarali mutanosiblikni ta’minlash imkonini beruvchi tartibga solish mexanizmini yetakchi tarmoq va sohalardagi investisiya hajmini meʼyorga muvofiqligi buzilishining salbiy ta’sirini miqdoriy baholash hamda mutanosiblik darajasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali takomillashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
O‘zbekistonda investisiya va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiy o‘sish va investision resurslar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashni takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiy mutanosiblik” tushunchasining iqtisodiy mazmuni iqtisodiy o‘sishning barqarorligi, resurslardan samarali foydalanish va ijtimoiy-ekologik muvozanatga erishishga xizmat qiluvchi ishlab chiqarish omillari, tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash jarayonida zamonaviy o‘zgarishlar va tendensiyalarni hisobga olishi nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot” nomli darslik tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 9-sentyabrdagi 302-sonli, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 31-maydagi 169-sonli buyruqlari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda ishlab chiqarish omillari, tarmoqlar va iqtisodiy faoliyat tarkibiy qismlari o‘rtasidagi maqbul nisbatlarni ta’minlash jarayonida zamonaviy o‘zgarishlar va tendensiyalarni hisobga olishi nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan “iqtisodiy mutanosiblik” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
nazariy-uslubiy yondashuvga ko‘ra investision resurslar va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi mutanosiblikning nazariy tavsifdagi grafik usulidan foydalanish asosida davlatning investisiya va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi nisbatni “barqaror” (I/GDP=1), “o‘sib boruvchi” (I/GDP<1), “pasayib boruvchi” (I/GDP>1) holatlariga ko‘ra tartibga solish orqali mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatish imkoniga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (“O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 04-33-00696-sonli ma’lumotnomasi”, “Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2022-yil 24-oktyabrdagi 328-sonli buyrug‘i”). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda davlatning investisiya va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi nisbatni tartibga solish orqali mamlakatdagi makroiqtisodiy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatishi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
milliy iqtisodiyotdagi investisiya hajmi va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi samarali mutanosiblikni ta’minlash imkonini beruvchi tartibga solish mexanizmini yetakchi tarmoq va sohalardagi investisiya hajmini me’yorga muvofiqligi buzilishining salbiy ta’sirini miqdoriy baholash hamda mutanosiblik darajasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 04-33-00696-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi samarali mutanosiblikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda investisiya va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblikka ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2025-yil 10-iyuldagi 04-33-00696-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida O‘zbekistonda investisiya va yalpi ichki mahsulot o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro muvofiqligini baholash imkoni yaratilgan.