Muzrapova Shahnoza Saydullaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aksiyadorlik jamiyatlarida investision mulk hisobini takomillashtirish», 08.00.08 -«Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2798.
Ilmiy rahbar: To‘raev Abdurahim Nortojievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatqulov Murodjon Shukurovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent;
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aksiyadorlik jamiyatlarida investision mulk hisobini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatiga alohida 0192 - «Investision mulk» nomli ishchi schyotni kiritish orqali uzoq muddatli aktivlar bo‘limida keltiriluvchi «Asosiy vositalar» tarkibidagi «Binolar» va «Investision mulk» bo‘yicha ma’lumotlarni alohida ifodalash imkoni asoslangan;   
aksiyadorlik jamiyatlari «Buxgalteriya balansi» hisobotining 010 – «Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati» va 011 – «Asosiy vositalarning eskirish qiymati» satrlariga «Investision mulk» va «Investision mulkning eskirishi» satrlari kiritish orqali investision mulk hisobini takomillashtirish asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatining hisob siyosatiga 0890 – «Qurilishi tugallanmagan investisiyalar» nomli ishchi schyotini kiritish orqali  investision mulkni qabul qilish jarayonida kapitalizatsiya usuli bilan qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish taklifi asoslangan;
aksiyadorlik jamiyatining hisob siyosatida aktivlarni «Boshlang‘ich qiymat» va «Haqqoniy qiymat» bo‘yicha baholash orqali moliyaviy hisobotda aks ettirish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining buxgalteriya hisobida investision mulkni shaffof va ishonchli hisobga olishni ta’minlash taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aksiyadorlik jamiyatlarida investision mulk hisobini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida aksiyadorlik jamiyati hisob siyosatiga alohida 0192 - «Investision mulk» nomli ishchi schyotni kiritish orqali uzoq muddatli aktivlar bo‘limida keltiriluvchi «Asosiy vositalar» tarkibidagi «Binolar» va «Investision mulk» bo‘yicha ma’lumotlarni alohida ifodalash taklifi «Uzbek Leasing International A.O.» AJ va «FOTON» AJ amaliyotiga joriy etilgan («Uzbek Leasing International A.O.» AJning 2024 yil 12 noyabrdagi 2304/001-sonli, «FOTON» AJning 2024 yil 28 fevraldagi 49-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi aksiyadorlik jamiyatlarida investision mulk bo‘yicha buxgalteriya hisobida aniq axborotni shakllantirish imkonini bergan hamda buxgalteriya o‘tkazmalarini moliyaviy hisobotlarda to‘liq va ishonchli  aks ettirishga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatlari «Buxgalteriya balansi» hisobotining 010 – «Asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati» va 011 – «Asosiy vositalarning eskirish qiymati» satrlariga «Investision mulk» va «Investision mulkning eskirishi» satrlari kiritish orqali investision mulk hisobini takomillashtirish taklifi «Uzbek Leasing International A.O.» A.J. va «FOTON» AJ amaliyotiga joriy etilgan  («Uzbek Leasing International A.O.» AJning 2024 yil 12 noyabrdagi 2304/001-sonli, «FOTON» AJning 2024 yil 28 fevraldagi 49-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiyadorlik jamiyatlarida «Buxgalteriya balansi» hisobot shakli orqali tegishli axborotlarni shakllantirish va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilishga erishilgan;
aksiyadorlik jamiyatining hisob siyosatiga 0890 – “Qurilishi tugallanmagan investisiyalar” nomli ishchi schyotini kiritish orqali  investision mulkni qabul qilish jarayonida kapitalizatsiya usuli bilan qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish taklifi «Uzbek Leasing International A.O.» AJ va «FOTON» AJ amaliyotiga joriy etilgan («Uzbek Leasing International A.O.» AJning 2024 yil 12 noyabrdagi 2304/001-sonli, «FOTON» AJning 2024 yil 28 fevraldagi 49-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni aksiyadorlik jamiyatlari hisob siyosatiga 0890 – «Qurilishi tugallanmagan investisiyalar» nomli ishchi schyotini kiritish orqali  investision mulkni qabul qilish jarayonida kapitalizatsiya usuli bilan qo‘shimcha xarajatlarni hisobga olish imkonini bergan;
aksiyadorlik jamiyatining hisob siyosatida aktivlarni «Boshlang‘ich qiymat» va «Haqqoniy qiymat» bo‘yicha baholash orqali moliyaviy hisobotda aks ettirish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining buxgalteriya hisobida investision mulkni shaffof va ishonchli hisobga olishni ta’minlash taklifi «Uzbek Leasing International A.O.» AJ va «FOTON» AJ amaliyotiga joriy etilgan («Uzbek Leasing International A.O.» AJning 2024 yil 12 noyabrdagi 2304/001-sonli, «FOTON» AJning 2024 yil 28 fevraldagi 49-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning moliyaviy holat to‘g‘risidagi hisobot shaklidagi uzoq muddatli aktivlar bo‘limida hisobga olinadigan «Investision mulk»ni aktiv sifatida o‘z vaqtida va ishonchli bahoda kirim qilish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish