Sultanmuratova Dilrabo Shaylavbekovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarida resurs bazasi va uni mustahkamlash yo‘llari”, 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt5072
Ilmiy rahbar: Norov Akmal Ro‘zimamatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xudoyqulov Xurshid Xurramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;
Xolov Nabijon Qaxramonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida resurs bazasi va uni mustahkamlashni takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «tijorat banklarida resurs bazasi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni tijorat bank tomonidan o‘zining asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun jalb qilingan va shakllantirilgan moliyaviy resurslarning yig‘indisini uning tarkibi, manbalari va strukturasini iqtisodiy hamda institutsional yondashuvlarga ko‘ra tadqiq etish orqali takomillashtirilgan;
tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar ko‘rsatkichini aktivlarga nisbatan 1,5-2,0% darajadan kamaytirish orqali bank resurs bazasi hajmining yillik 8-12% gacha kengayishiga erishish hamda kreditlash faoliyatining samaradorligini oshirish asoslangan;
tijorat banklarida depozit resurslari, jumladan, muddatli va jamg‘arma depozitlari hajmini yillik 10-15% oshirish, xorijiy va mahalliy banklararo kreditlarni jalb qilishni 5-7% ga kengaytirish hamda bankning xususiy kapitalini har yili 7-10% ga mustahkamlash orqali resurs bazasini barqaror rivojlantirish taklifi ishlab chiqilgan.
O‘zbekistondagi tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari resurslari hajmining 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarning recurs bazasi va uni mustahkamlash masalalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra «tijorat banklarida recurs bazasi» tushunchasining iqtisodiy mazmuni tijorat bank tomonidan o‘zining asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun jalb qilingan va shakllantirilgan moliyaviy resurslarning yig‘indisini uning tarkibi, manbalari va strukturasini iqtisodiy hamda institutsional yondashuvlarga ko‘ra tadqiq etish orqali takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Portfel menejment” nomli o‘quv qo‘llanma darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 29-yanvardagi 21-sonli buyrug‘i). Mazkur tushunchaning oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun yangi mazmunda kiritilishi bo‘lg‘usi mutaxassislarning resurs bazasi hamda uni moliyalashtirish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini kengaytirish imkonini yaratgan;
tijorat banklarida kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlar ko‘rsatkichini aktivlarga nisbatan 1,5-2,0% darajadan kamaytirish orqali bank resurs bazasi hajmining yillik 8-12% gacha kengayishiga erishish hamda kreditlash faoliyatining samaradorligini oshirish taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat banki amaliyotiga joriy qilingan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024-yil 27-sentyabrdagi № 05-16/26446-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Mikrokreditbank” Aksiyadorlik tijorat banki 2024-yilda 2023-yilga nisbatan kreditlardan olingan foizli daromadlar miqdori 31,5 foizga oshgani holda, kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarning brutto aktivlarga nisbatan darajasi 0,27 foizli punktga pasayishiga erishilgan;
tijorat banklarida depozit resurslari, jumladan, muddatli va jamg‘arma depozitlari hajmini yillik 10-15% oshirish, xorijiy va mahalliy banklararo kreditlarni jalb qilishni 5-7% ga kengaytirish hamda bankning xususiy kapitalini har yili 7-10% ga mustahkamlash orqali resurs bazasini barqaror rivojlantirish taklifi «Mikrokreditbank» Aksiyadorlik tijorat bankini o‘rta muddatli rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishda inobatga olingan va amaliyotga joriy etilgan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024-yil 27-sentyabrdagi № 05-16/26446-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2024-yil yakuni bo‘yicha bankning resurs bazasi hajmini 59,1 foizga oshirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistondagi tijorat banklarining resurs bazasini mustahkamlash va oshirishga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida tijorat banklari resurslari hajmining 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari “Mikrokreditbank” ATB tomonidan 2030-yilga mo‘ljallangan bank umumiy strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan va amaliyotga joriy qilingan (ATB «Mikrokreditbank»ning 2024-yil 27-sentyabrdagi № 05-16/26446-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi “Mikrokreditbank” ATBning uzoq muddatli istiqboldagi resurs hajmi hamda u bilan bog‘liq asosiy faoliyat ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish hamda o‘zaro muvofiqlashtirish imkonini bergan.