Yaxshiboev Rustam Erkinboy o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini oshirish”, 08.00.16-“Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2024.2.PhD/Iqt4288 
Ilmiy rahbari: Rixsimbaev Odiljon Kabildjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.07.2022.I.16.05 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sharipov Kongratbay Avezimbetovich, texnika fanlari doktori, professor Maxammadiev Maxsud Mardonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: raqamli texnologiyalar asosida sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    Uslubiy yondashuvga ko‘ra “sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv va raqamli integratsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmuni tibbiy xizmatlarni rejalashtirish, resurslarni taqsimlash, xatarlarni boshqarish va aholi salomatligini monitoring qilish jarayonlarini raqamli texnologiyalar, ma’lumotlar tahlili va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali optimallashtirishga qaratilgan, sog‘liqni saqlashda iqtisodiy samaradorlik, shaffoflik va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi kompleks boshqaruv-iqtisodiy mexanizm nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan;
Kasalliklarning erta bosqichda aniqlanishini ta’minlash uchun Random Forest algoritmiga funsional moslashuv kiritish orqali mashinali o‘rganish tizimlari doirasida diagnostik aniqlikni oshirish hamda axborotni tahlil qilish vaqtini o‘rtacha 5 soniyaga qisqartirish orqali boshqaruv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi asoslangan;
Ilg‘or texnologiyalar va analitik yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgan innovatsion raqamli qurilma asosida sog‘liqni saqlashning raqamli infratuzilmasiga samarali integratsiyalashuvi uchun ishlab chiqilgan boshqaruv mexanizmini qo‘lash orqali iqtisodiy samaradorlikni 1,43 baravarga oshirish, vaqt sarfini 3,88 baravar kamaytirishni ta’minlash taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar asosida sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “SALIVA” innovatsion qurilmasining diskontlangan pul oqimi va kumulyativ foyda (jamg‘arilgan daromad) ko‘rsatkichlarining 2029 yilga qadar prognoz qiymatlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli texnologiyalar orqali sog‘liqni saqlash tizimini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv va raqamli integratsiya” tushunchasining iqtisodiy mazmunini tibbiy xizmatlarni rejalashtirish, resurslarni taqsimlash, xatarlarni boshqarish va aholi salomatligini monitoring qilish jarayonlarini raqamli texnologiyalar, ma’lumotlar tahlili va avtomatlashtirilgan axborot tizimlari orqali optimallashtirishga qaratilgan, sog‘liqni saqlashda iqtisodiy samaradorlik, shaffoflik va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi kompleks boshqaruv-iqtisodiy mexanizm nuqtayi nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sun’iy intellekt” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, 27.12.2024 va 446-son buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda sog‘liqni saqlashda iqtisodiy samaradorlik, shaffoflik va tezkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi kompleks boshqaruv-iqtisodiy mexanizm nuqtayi nazaridan takomillashtirilgan sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv va raqamli integratsiya tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
kasalliklarning erta bosqichda aniqlanishini ta’minlash uchun Random Forest algoritmiga funsional moslashuv kiritish orqali mashinali o‘rganish tizimlari doirasida diagnostik aniqlikni oshirish hamda axborotni tahlil qilish vaqtini o‘rtacha 5 soniyaga qisqartirish orqali boshqaruv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 05-28/15352-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida kasalliklarning erta bosqichda aniqlanish tezkor imkoni yaratilgan;
ilg‘or texnologiyalar va analitik yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgan innovatsion raqamli qurilma asosida sog‘liqni saqlashning raqamli infratuzilmasiga samarali integratsiyalashuvi uchun ishlab chiqilgan boshqaruv mexanizmini qo‘lash orqali iqtisodiy samaradorlikni 1,43 baravarga oshirish, vaqt sarfini 3,88 baravar kamaytirishni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 05-28/15352-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida iqtisodiy samaradorlikni oshirish va tashxislash uchun vaqt sarfini  kamaytirish imkoni yaratilgan;
O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar asosida sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish samaradorligiga ta’sir etuvchi omillarning ekonometrik modeli asosida “SALIVA” innovatsion qurilmasining diskontlangan pul oqimi va kumulyativ foyda (jamg‘arilgan daromad) ko‘rsatkichlarining 2029 yilga qadar baholangan prognoz qiymatlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amaliyotda foydalanilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 8-iyuldagi 05-28/15352-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sog‘liqni saqlash tizimini boshqarish samaradorligini oshirish imkoni yaratilgan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                