Mavlanov G‘olibjon Muxammad o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
«O‘zbekistonda tog‘ turizmini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish», 08.00.17 - Turizm va mehmonxona faoliyati (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Iqt4626.
Ilmiy rahbar: Zufarova Nozima Gulamiddinovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Abdullajon Topilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ayubov Ilyos Ilxomovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda tog‘ turizmini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tog‘ turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni asosan tog‘li hududlarning tabiiy-geografik, ekologik va ijtimoiy-madaniy resurslaridan oqilona va barqaror foydalanishga asoslangan, investisiya jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududiy rivojlanishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyatining ixtisoslashgan shaklini yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan; 
tog‘ turizmiga davlat investisiyalarini jalb etishning kompleks modeli investision jozibadorlikni oshirish (25%≤IJ≤30%), davlat-xususiy sheriklik loyihalari sonini ko‘paytirish (30%≤DXSh≤50%), innovasion texnologiyalarning sohaga integratsiyasini kengaytirish (35%≤IT≤40%),  sohaning umumiy iqtisodiy o‘sishini barqaror ta’minlash (10%≤IOʼ≤12%) tadbirlarining maqbul chegaraviy qiymatlarini belgilash orqali takomillashtirilgan; 
tog‘ turizmida investision faollikni oshirishga yo‘naltirilgan ko‘p omilli institusional model milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda qonunchilik bazasini uyg‘unlashtirish asosida faoliyat samaradorligini oshirishning davlat, xususiy sektor va mahalliy jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik (0,1≤H≤0,3), moliyaviy resurslarni boshqarish (0,2≤MR≤0,45), tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (0,25≤TR≤0,35), ekoinnovatsiyalarni kengaytirish (0,1≤EIK≤0,25) o‘rtasidagi nisbatni muvofiqlashtirish orqali takomillashtirilgan;
Jizzax viloyati tog‘turizmida onlayn marketing kompaniyalari va investisiyalarni jalb qilish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda tog‘ turizmini rivojlantirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy-amaliy taklif hamda tavsiyalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “tog‘ turizmi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini asosan tog‘li hududlarning tabiiy-geografik, ekologik va ijtimoiy-madaniy resurslaridan oqilona va barqaror foydalanishga asoslangan, investisiya jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda hududiy rivojlanishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan turizm faoliyatining ixtisoslashgan shaklini yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Turizm asoslari” darsligini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2024-yil 4-martdagi 55-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi natijasida turizm yo‘nalishidagi talabalarda asosan tog‘li hududlarning tabiiy-geografik, ekologik va ijtimoiy-madaniy resurslaridan oqilona va barqaror foydalanishga yo‘naltirilgan turizm faoliyatining ixtisoslashgan shaklini yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan tog‘ turizmi tushunchasi yuzasidan bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
tog‘ turizmiga davlat investisiyalarini jalb etishning kompleks modeli investision jozibadorlikni oshirish (25%≤IJ≤30%), davlat-xususiy sheriklik loyihalari sonini ko‘paytirish (30%≤DXSh≤50%), innovasion texnologiyalarning sohaga integratsiyasini kengaytirish (35%≤IT≤40%),  sohaning umumiy iqtisodiy o‘sishini barqaror ta’minlash (10%≤IOʼ≤12%) tadbirlarining maqbul chegaraviy qiymatlarini belgilash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2024-2027-yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini raqamlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 30-iyundagi 03-10-17-5734-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Jizzax viloyatining turizm salohiyati 2024-yil ikkinchi kvartaliga xorijiy sayyohlar 148 ming nafarini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatgich 2023-yil oxiriga 145 ming nafarini tashkil etgan;  
tog‘ turizmida investision faollikni oshirishga yo‘naltirilgan ko‘p omilli institusional model milliy, mintaqaviy va mahalliy darajalarda qonunchilik bazasini uyg‘unlashtirish asosida faoliyat samaradorligini oshirishning davlat, xususiy sektor va mahalliy jamoalar o‘rtasidagi hamkorlik (0,1≤H≤0,3), moliyaviy resurslarni boshqarish (0,2≤MR≤0,45), tabiiy resurslardan oqilona foydalanish (0,25≤TR≤0,35), ekoinnovatsiyalarni kengaytirish (0,1≤EIK≤0,25) o‘rtasidagi nisbatni muvofiqlashtirish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2024-2027-yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini raqamlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 30-iyundagi 03-10-17-5734-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida Jizzax viloyatining turizm salohiyati 2024-yil ikkinchi kvartaliga ichki sayyohlar 832 ming nafarini tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatgich 2023-yil oxiriga 350 ming nafarini tashkil etgan;
Jizzax viloyati tog‘turizmida onlayn marketing kompaniyalari va investisiyalarni jalb qilish jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar o‘rtasidagi bog‘liqlikning ekonometrik modeli asosida 2027-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2024–2027-yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini raqamlashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2025-yil 30-iyundagi 03-10-17-5734-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida olingan prognoz ko‘rsatkichlardan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan 2024-2027-yillarda O‘zbekistonda turizm sohasini raqamlashtirish konsepsiyasi asosiy parametrlarini o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish