Radjabov Xushvakt Jamshedovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda aksiz solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4108
Ilmiy rahbar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi aksiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
etil spirtini va alkogol` mahsulotlarini ishlab chiqarishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan elektron hisobga olish, o‘lchash uskunalaridan foydalanish ustidan tizimli nazoratni ta’minlash lozimligi hamda belgilangan talab buzilgan taqdirda, javobgarlikka tortish hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus hisobga qo‘yish uchun foydalaniladigan xavfni tahlil qilish tizimida mezon sifatida etil spirtini, alkogol` mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar lisenziya talablarning buzilishini nazarda tutish taklifi asoslangan;
aksiz to‘lanadigan xizmatlar toifasiga kiritiluvchi telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini  ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarini soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq solish ob’ekti hamda soliq bazasidan chiqarib tashlash orqali ular tomonidan aksiz solig‘i to‘lashni bekor qilish asosida aksiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish taklifi asoslangan; 
aksiz solig‘i stavkalarini tarkibida shakar mavjud bo‘lgan meva sharbatlari, kvas, kompot, salqin choylarga ham gazlangan shirin ichimliklar bilan bir xil miqdorda 1 litri uchun 500 so‘m, oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi 1 litri uchun 7450 so‘m miqdorida belgilash asosida aksiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish taklifi asoslangan;  
soliq xizmati organlari tomonidan aksiz markalari bilan markirovka qilinmagan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari majburiy raqamli markirovkalash orqali to‘liq hisobga olinishi jarayonlarini davlat soliq organlari xodimlari nazorat qilinishini ta’minlash hamda ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi samaradorligi monitoringini o‘rnatish taklifi asoslangan. 
IV.    Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda aksiz solig‘i ma’murchiligini takomillashtirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
etil spirtini va alkogol` mahsulotlarini ishlab chiqarishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiyalashgan elektron hisobga olish, o‘lchash uskunalaridan foydalanish ustidan tizimli nazoratni ta’minlash lozimligi hamda belgilangan talab buzilgan taqdirda, javobgarlikka tortish hamda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilarni maxsus hisobga qo‘yish uchun foydalaniladigan xavfni tahlil qilish tizimida mezon sifatida etil spirtini, alkogol` mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar lisenziya talablarning buzilishini nazarda tutish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PQ-73-son qarori 15-bandida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 yanvardagi 29-01093-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq xizmati organlari tomonidan aksiz solig‘i to‘lovchilar bilan o‘zaro hisob-kitob qilishda qulay imkoniyat yaratiladi; 
aksiz to‘lanadigan xizmatlar toifasiga kiritiluvchi telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlarini  ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslarini soliq to‘lovchilar tarkibi, soliq solish ob’ekti hamda soliq bazasidan chiqarib tashlash orqali ular tomonidan aksiz solig‘i to‘lashni bekor qilish asosida aksiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish taklifi inobatga olinib, Soliq kodeksining 283-284-285-286-moddalaridan chiqarib tashlangan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2025 yil 22 yanvardagi 16/1-08648-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida aksiz solig‘i ma’murchiligini takomillashib, mobil aloqa xizmatlari bo‘yicha operatorlar ixtiyorida 1 trln. so‘m hajmidagi mablag‘lar qolishiga imkon yaratgan; 
aksiz solig‘i stavkalarini tarkibida shakar mavjud bo‘lgan meva sharbatlari, kvas, kompot, salqin choylarga ham gazlangan shirin ichimliklar bilan bir xil miqdorda 1 litri uchun 500 so‘m, oziq-ovqat xom ashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi 1 litri uchun 7450 so‘m miqdorida belgilash asosida aksiz soliq ma’murchiligini takomillashtirish taklifi asosida Soliq kodeksining 2893- moddasiga o‘zgartirish kiritilgan hamda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 30 dekabrdagi O‘RQ-812-son Qonuni asosida Soliq kodeksining 2892-moddasida tasdiqlanib, amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2025 yil 22 yanvardagi 16/1-08648-son va 2023 yil 7 yanvardagi 29-01093-son ma’lumotnomalari). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali soliq to‘lovchilarga yanada qulaylik yaratishga xizmat qiluvchi adolatli soliqqa tortish imkoni yaratilgan;
soliq xizmati organlari tomonidan aksiz markalari bilan markirovka qilinmagan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari majburiy raqamli markirovkalash orqali to‘liq hisobga olinishi jarayonlarini davlat soliq organlari xodimlari nazorat qilinishini ta’minlash hamda ishlab chiqarilishi va realizatsiya qilinishi samaradorligi monitoringini o‘rnatish taklifi amaliyotga joriy etilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 2 noyabrdagi 665-son qarorida tasdiqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 7 yanvardagi 29-01093-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida ushbu aksiz markalari bilan markirovka qilinmagan ko‘piklanadigan va tabiiy vino mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar va ularni realizatsiya qilishda aksiz solig‘ini hisob-kitob qilish va soliq bazasini aniqlashda qulay imkon yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish