Turgunov Doston Turgunovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion rivojlanishni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni takomillashtirish», 08.00.07 - Moliya, pul muomalasi va kredit; 08.00.01 - Iqtisodiyot nazariyasi (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2085.
Ilmiy rahbar: Xajiev Baxtiyor Dushaboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Alimardonov Ilxom Muzrobshoxovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Shakirova Farog‘at Boltaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda startap loyihalarini moliyalashtirishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy innovatsion ekotizim” tushunchasining iqtisodiy mazmuni startap loyihalari mualliflari va moliyalashtirish sub’ektlari o‘rtasida maqsad va manfaatlarning kesishgan nuqtalarini aniqlash hamda moliyalashtirish mexanizmini shakllantirish borasidagi samaradorligi yuqori bo‘lgan startap loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda yaratilishdan joriy etishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olgan startap ekotizimi yaratish nazariyasi asosida takomillashtirilgan;
startaplarni to‘liq, qisman yoki davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish natijasida istiqbolda foyda keltirish muddatiga ko‘ra qisqa, o‘rta va uzoq davrlarga ajratish asosida imtiyozlar berish orqali startap loyihalarining samaradorlik darajalari va natijaviylik davrlarini aniqlash taklifi asoslangan;
innovatsion loyihaning vaqt birligi, kichik va o‘rta hajmi, tez o‘suvchanligi, startap xususiyatlariga ko‘ra tanlov shartlari belgilanib, faoliyat davriyligi (3 yil ≤ FD ≤10 yil), yillik daromad (100 mln. so‘m ≤ YD ≤ 500 mln. so‘m), o‘sish tezligi (yillik 20%dan ortiq, davomiyligi 2 yildan kam bo‘lmagan) ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarish tarmog‘i, axborot va kommunikatsiya, moliyaviy va sug‘urta, ilmiy texnik faoliyat turlarining samarali rivojlanish imkoniyatlari asoslangan;   
O‘zbekistonda erta va kech rivojlanish bosqichida bo‘lgan startaplar uchun muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ehtimoli tahlili bo‘yicha logit modeli asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda startap loyihalarini moliyalashtirishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “milliy innovatsion ekotizim” tushunchasining iqtisodiy mazmunini startap loyihalari mualliflari va moliyalashtirish sub’ektlari o‘rtasida maqsad va manfaatlarning kesishgan nuqtalarini aniqlash hamda moliyalashtirish mexanizmini shakllantirish borasidagi samaradorligi yuqori bo‘lgan startap loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashda yaratilishdan joriy etishgacha bo‘lgan bosqichlarni o‘z ichiga qamrab olgan startap ekotizimi yaratish nazariyasi asosida takomillashtirish bo‘yicha nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 31 maydagi 169-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda startap ekotizimi yaratish nazariyasi asosida takomillashtirilgan “milliy innovatsion ekotizim” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
startaplarni to‘liq, qisman yoki davlat-xususiy sheriklik asosida moliyalashtirish natijasida istiqbolda foyda keltirish muddatiga ko‘ra qisqa, o‘rta va uzoq davrlarga ajratish asosida imtiyozlar berish orqali startap loyihalarining samaradorlik darajalari va natijaviylik davrlarini aniqlash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlar o‘rtasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishni targ‘ib etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining 2023 yil 7 apreldagi № 04-13/292-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida startap loyihalarining samaradorlik darajalari va natijaviylik davrlarini aniqlash imkoni yaratilgan;
innovatsion loyihaning vaqt birligi, kichik va o‘rta hajmi, tez o‘suvchanligi, startap xususiyatlariga ko‘ra tanlov shartlari belgilanib, faoliyat davriyligi (3 yil ≤ FD ≤10 yil), yillik daromad (100 mln. so‘m ≤ YD ≤ 500 mln. so‘m), o‘sish tezligi (yillik 20%dan ortiq, davomiyligi 2 yildan kam bo‘lmagan) ko‘rsatkichlar asosida ishlab chiqarish tarmog‘i, axborot va kommunikatsiya, moliyaviy va sug‘urta, ilmiy texnik faoliyat turlarining samarali rivojlanish imkoniyatlari bo‘yicha taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 11 martdagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori asosida yoshlar o‘rtasida innovatsion loyihalarni amalga oshirishni targ‘ib etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy kengashining 2023 yil 7 apreldagi № 04-13/292-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida innovatsion loyihaning faoliyat davriyligi, yillik daromad, o‘sish tezligi ko‘rsatkichlari asosida ishlab chiqarish tarmog‘i, axborot va kommunikatsiya, moliyaviy va sug‘urta, ilmiy texnik faoliyat turlarining samarali rivojlanishini ta’minlash imkoni yaratilgan;  
O‘zbekistonda erta va kech rivojlanish bosqichida bo‘lgan startaplar uchun muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ehtimoli tahlili bo‘yicha logit modeli asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan oliy o‘quv yurtlari “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etilgan “Innovatsion iqtisodiyot” o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023 yil 31 maydagi 169-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda erta va kech rivojlanish bosqichida bo‘lgan startaplar uchun muvaffaqiyatsizlikka uchrashi ehtimoli tahlili bo‘yicha logit modeli asosida moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning prognoz ko‘rsatkichlari asosida baholash imkoni yaratilgan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                