Bekturganova Zulfiya Kazievna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Muammoli o‘qitishda kimyo va biologiya o‘rtasidagi fanlararo aloqalarni amalga oshirishni takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston maktablari misolida)». 
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped4994
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.20.03 raqamli bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Abilova Gulbaxar Jalgasbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Janibekov Abdulaziz Adilxanovich, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat Universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Muammoli o‘qitishda kimyo va biologiya ortasidagi fanlararo aloqalar orqali o‘quvchilarning bilim olish ko‘nikmalarin takomillashtirish, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida muammoli o‘qitish yondashuvi asosida kimyo va biologiya fanlari o‘rtasidagi fanlararo aloqalarni amalga oshirishga qaratilgan metodologik asoslar ishlab chiqilgan, “Kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari, elementlar davriy jadvali, moddalar va kimyoviy reaksiyalar” kabi mavzular doirasida o‘quvchilarning chuqur tahliliy tafakkurini shakllantirish, tanqidiy yondashuvni rivojlantirish hamda umumintellektual kompetensiyalarni egallashiga xizmat qiluvchi integrativ-didaktik tizim asoslangan holda metodologiyaning strukturaviy-modulli tarkibi va ilmiy asoslari aniqlashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumta’lim maktablarida kimyo va biologiya fanlari o‘rtasida fanlararo uzviy bog‘liqlikni ta’minlovchi shart-sharoitlar, o‘qitish vositalari va metodik yondashuvlar asosida muammoli-integrativ klaster modelin ishlab chiqish orqali o‘quvchilarning kognitiv faolligi, divergent tafakkuri va ijodiy-analitik kompetensiyalari takomillashtirilgan;
kimyo va biologiya fanlarining uzviy integratsiyasi asosida muammoli o‘qitish yondashuvining funksional mexanizmlari ishlab chiqish orqali o‘quvchilarda izlanish ko‘nikmalari, mustaqil fikrlash, tanqidiy va innovatsion yondashuv asosidagi faoliyat turlarini shakllantirish imkonini beruvchi o‘quv jarayoni modellashtirilib, SCIENCE va STEAM konsepsiyalarining asosiy komponentlari - loyiha asosida ta’lim, eksperiment, vizualizatsiya va kommunikatsion hamkorlik elementlari integratsiyasi takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun kimyo va biologiya fanlari o‘rtasida yuzaga keladigan fanlararo bog‘liqlikni chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi muammoli o‘quv vaziyatlarini yaratish texnologiyasi asosida o‘quvchilarning intellektual, kognitiv va ijodiy faoliyatini baholash imkonini beruvchi mezonlar ishlab chiqildi va tajriba-sinov darslari asosida metodik tizim empirik jihatdan takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Muammoli o‘qitishda kimyo va biologiya fanlararo aloqalarni amalga oshirish orqali o‘quvchilar bilim, ko‘nikmalarin rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
muammoli o‘qitish sharoitida kimyo va biologiya fanlari o‘rtasidagi fanlararo aloqalarni amalga oshirish metodologiyasi “Kimyo fanining asosiy tushunchalari, qonunlari, elementlar davriy jadvali, moddalar va kimyoviy reaksiyalar” kabi mavzular orqali o‘quvchilarda kimyoviy bilimlarni chuqur singdirish, tahlil qilish, tanqidiy fikrlash hamda umumintellektual kompetensiyalarni shakllantirishga asoslangan tarkibiy tizim komponentlari va ilmiy asoslari aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 7-10 sinflar uchun «kimyo va biologiya» darsligin yaratishda foydalangan. (Respublika ta’lim markazining 2024-yil 31 iyuldagi 91 sonli dalolatnomasi). Natijada maktablarda kimyo va biologiya fanlarin fanlararo aloqalar orqali muammoli o‘qitish mazmunin ilg‘or tajribalar bilan boyitishga erishilgan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo va biologiya fanlari o‘rtasidagi fanlararo bog‘liqlik asosida o‘quvchilarning bilish faoliyatini ta’minlaydigan pedagogik shart-sharoitlar, o‘qitish usullari va ularning sinxron integratsiyasi negizida muammoli-integrativ klaster asosida o‘qitish tizimi orqali o‘quvchilarning kognitiv faolligi va divergent tafakkurini rivojlantirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan «Anorganikalıq ximiya» nomli qoraqalpoq tilidagi o‘quv qo‘llanmasin yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24 avgustdagi 603-sonli buyrug‘i). Natijada ta’lim tizimida muammoli vaziyatlarda kimyo va biologiya fanlararo aloqalar orqali o‘qitishning metodik shart-sharoitlari takomillashtirilgan;
kimyo va biologiya fanlari o‘rtasidagi fanlararo aloqalarni muammoli o‘qitish asosida amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish orqali o‘quvchilarda izlanuvchanlik, maqsadga intiluvchanlik kabi faoliyat turlari innovatsion yondashuv asosida shakllantirilgan SCIENCE va STEAM ta’lim komponentlari integratsiyasi orqali kommunikativ faoliyatga yo‘naltirishga va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo va biologiya fanlari o‘rtasidagi fanlararo aloqalar asosida muammoli vaziyatlarni yaratish o‘quvchilarning intellektual va kognitiv faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi mezonlariga doir taklif va tavsiyalardan «Ximiyanı oqıtıw metodikası» nomli o‘quv qo‘llanmasin yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 7 maydagi 149-sonli buyrug‘i). Natijada kimyo o‘qituvchilarining o‘quvchilarni o‘qitishdagi metodik tizimi takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish