Atakulov To‘xtamurod Umarovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meliorativ holati yomonlashgan erlar monitoringini yuritish metodologiyasini takomillashtirish”, 06.01.10- Er tuzish, kadastr va er monitoringi (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Qx352
Ilmiy maslahatchi: Turaev Ruhiddin Amirqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «O‘zdaverloyiha» davlat-ilmiy loyihalash instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/07.06.2024.Qx.13.03. (Bir martalik IK)
Rasmiy opponentlar: Avezbaev Sadulla, texnika fanlari doktori, professor; Safarov Eshkabul Yuldashevich, texnika fanlari doktori, professor; Isashev Anvar, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikaning meliorativ holati yomonlashgan erlar monitoringini yuritish metodologiyasini takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor, meliorativ holati yomonlashgan er maydonlarini zamonaviy uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida sifat va miqdoriy jihatdan aniqlash metodi takomillashtirilgan;
«Er axborot tizimi» YAT nomli ochiq portalni takomillashtirish asosida Python dasturlash tili yordamida «Meliorativ monitoring geoaxborot tizimi» dasturiy ta’minoti ishlab chiqilgan;
meliorativ holati yomonlashgan erlar yo‘qlama rejasi > uchuvchisiz uchish qurilmalari ma’lumotlari > Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari > ArcGIS dasturi > «Meliorativ monitoring geoaxborot tizimi» dasturi ketma-ketligi mexanizmi asosida meliorativ holati yomonlashgan er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish usuli takomillashtirilgan;
meliorativ holati yomonlashgan erlarni kompleks baholash va ularning monitoringini takomillashtirish orqali oborotdan chiqib ketgan erlarni qayta foydalanishga kiritish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash tizimi ishlab chiqilgan;
er tuzish loyihalari asosida foydalanishga kiritilgan er maydonlarida hududning ixtisoslashganligidan kelib chiqib ekin turlarini joylashtirish usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Meliorativ holati yomonlashgan erlar monitoringini yuritish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ilmiy natijalar asosida:
Meliorativ holati yomonlashgan erlar monitoringini boshqarish tizimi va uni sifat va miqdoriy jihatdan yuritish metodi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Sirdaryo, Samarqand va Toshkent viloyatlarining qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 2 maydagi 05/03-04-204-son ma’lumotnomasi). Natijada, joriy qilingan mazkur tizim va metod respublikaning meliorativ holati yomonlashgan erlari monitoringini yuritishda, er munosabatlarini tartibga solishda, ulardan samarali va oqilona foydalanishda ilmiy-amaliy va uslubiy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda, xususan ishlab chiqarishga tavsiyanoma tayyorlanib chop etilgan.
Meliorativ holati yomonlashgan erlarda monitoring yuritish imkonini beradigan mexanizm «Meliorativ monitoring geoaxborot tizimi» nomli dasturiy ta’minot ishlab chiqilgan va «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash institutining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyati hududiy bo‘linmalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 2 maydagi 05/03-04-204-son ma’lumotnomasi). Natijada, meliorativ holati yomon erlarni tahlil qilishda dasturiy ta’minotning ahamiyati har bir qishloq xo‘jaligi va ekologik monitoring tizimining samaradorligini oshirishda, erlarning meliorativ holatini to‘g‘ri baholash va tahlil qilish uchun zamonaviy dasturiy ta’minotlardan foydalanishda, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash hamda unga qarshi chora-tadbirlar ishlab chiqish jarayonini tezlashtirish imkoniyati yaratilgan. 
Meliorativ holati yomonlashgan hududlarda ekin turlarini joylashtirish va ushbu maydonlarning me’yoriy qiymatini aniqlash usuli Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazmi, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarining qishloq xo‘jaligi boshqarmalarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025 yil 2 maydagi 05/03-04-204-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydalanishdan chiqib ketgan erlarni foydalanishga kiritish bo‘yicha olib borilgan amaliy ishlar natijasida o‘tgan 2018-2024 yillar mobaynida 690 ming gektardan ortiq erlar foydalanishga kiritilgan. Qishloq xo‘jaligida irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari asosida foydalanishga kiritilgan er maydonlari hisobiga, 2024 yilda er tuzish loyihalari asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 050 ga, Samarqand viloyatida 13 444 ga, Sirdaryo viloyatida 2 908 ga, Toshkent viloyati 14 160 ga va Xorazm viloyatida 2 224 ga erlarga qishloq xo‘jalik ekinlari sabzavot, poliz, kartoshka, dukkakli ekinlar, moyli ekinlar, dorivor ekinlar, ozuqa ekinlar, bug‘doy, paxta, sholi, bog‘, uzum, tut joylashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish