Axmedov Zafarjon Azamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llari (Samarqand viloyati misolida)», 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4920.
Ilmiy rahbar: Karabaev Sanjar Abdusamatovich PhD, dotsent 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarkand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024. I.18.01 
Rasmiy opponentlar: Urazov Komil Bahramovich i.f.d., professor, Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Axrorov Farxod Baxriddinovich i.f.d., professor, Toshkent iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti
II. Tadqiqotning maqsadi xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“tibbiy xizmatlar” tushunchasining mazmuni xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlarining o‘rni, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlari, tibbiy xizmatlarining shakllanishi, rivojlanishi va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda takomillastirilgan;
xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi, ularning tasnifi, aniqlanish va tahlil qilish yo‘llari, tibbiy xizmatlar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilishning takomillashgan usullari ishlab chiqildi; 
xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishda kadrlar salohiyatidan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari, hamda tibbiy personalni boshqarish prinsiplari va usullarini takomillashtirish yo‘llari, xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishda mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “MICE tibbiyot xizmatlari”ni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi takomillashtirilgan;
O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar sohasini rivojlantirish asosida YaIMda tibbiy xizmatlar ulushi hajmini oshirishning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. 
xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlarni rivojlantirish va samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar asosida:
xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlarining o‘rni, ular tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarning turlari, tibbiy xizmatlarining shakllanishi, rivojlanishi va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi omillar va ularning o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olingan holda takomillastirilgan “tibbiy xizmatlar” tushunchasining mazmuni “Biznesni tadqiq etish usullari” nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 4-sonli qarori, ro‘yxatga olish raqami 109-10/11). Mazkur tushunchaning mazmunan takomillashtirilishi tibbiyot sohasida “tibbiy xizmatlar” kategoriyasining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini kengroq tushunish orqali xususiy shifoxonalarda faoliyat samaradorligini oshirishda yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlarni shakllantirish imkonini bergan;
xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi, ularning tasnifi, aniqlanish va tahlil qilish yo‘llari, tibbiy xizmatlar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi omillarni tahlil qilishning takomillashgan usullari ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 05-28/10851- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini baholashda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini kengaytirgan holda ushbu jarayonni to‘liq baholash imkonini yaratgan;
xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishda kadrlar salohiyatidan foydalanishning asosiy yo‘nalishlari hamda tibbiy personalni boshqarish prinsiplari va usullarini takomillashtirish yo‘llari, xususiy shifoxonalarda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirishda mavjud muammolarini bartaraf etishga qaratilgan “MICE tibbiyot xizmatlari”ni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi taklif etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 05-28/10851- sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish natijasida xususiy shifoxonalar faoliyat samaradorligining oshishiga erishilgan;
O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar sohasini rivojlantirish asosida YaIMda tibbiy xizmatlar ulushi hajmini oshirishning 2025–2030-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligining 2025-yil 15-maydagi 05-28/10851-sonli ma’lumotnomasi). Prognozning amalga oshirilishi natijasida O‘zbekistonda tibbiy xizmatlar 2030-yilda 15194,5 mlrd so‘mni tashkil etishi hamda 1,5 barobarga oshishi bashorat qilingan. 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                