Ishankulov Izzatilla Nurillaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʻi nomi): «Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3814.
Ilmiy rahbar: Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Xolbekov Rasul Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Alikulov Abdimumin Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot-texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish boʻyicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar hisob siyosatiga 0831-“Yangi turdagi mahsulot yaratish bilan bogʼliq ishlanma xarajatlar” va 9431-“Yangi turdagi mahsulot yaratish bilan bogʼliq tadqiqot xarajatlar” ishchi schyotlarni kiritish taklif etilgan;
tadqiqot xarajatlarining samaradorligini baholashda “Tadqiqot xarajatlari”, “Tadqiqot xarajatlarining samaradorlik koeffitsientini” koʼrsatkichlarini kiritish asosida ichki audit faoliyati samaradorligini oshirish asoslangan;
moliyaviy hisobot elementlarini oshirib yoki kamaytirib koʼrsatilganligini tekshirish tahliliy amallarini kiritish asosida nomoddiy aktivlar boʼyicha moliyaviy hisobot auditi takomillashtirilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar hisob siyosatiga “Tadqiqot xarajatlarini byudjetlashtirish” hamda “Ishlanma xarajatlarini byudjetlashtirish” hisob registrlarini kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida nomoddiy aktivlar hisobi va auditini takomillashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar asosida:
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar hisob siyosatiga 0831-“Yangi turdagi mahsulot yaratish bilan bogʼliq ishlanma xarajatlar” va 9431-“Yangi turdagi mahsulot yaratish bilan bogʼliq tadqiqot xarajatlar” ishchi schyotlarni kiritish boʻyicha taklifi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil14-oktyabrdagi 08/102-sonli hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining2024-yil 27-sentyabrdagi 27-03-35/1661-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni hisob siyosatiga joriy etilishi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlarda ilmiy-tadqiqot ishlarida yuzaga kelayotgan xarajatlar hisobini to‘g‘ri tashkil etish, foydalanuvchilarni ishonchli ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
tadqiqot xarajatlarining samaradorligini baholashda “Tadqiqot xarajatlari”, “Tadqiqot xarajatlarining samaradorlik koeffitsienti” koʼrsatkichlarini kiritish asosida ichki audit faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tegishli buyruqlari asosida joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 14-oktyabrdagi 08/102-sonli hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 27-03-35/1661-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etilishi orqali ichki audit jarayonlarida olib borilayotgan tadqiqot ishlarini samaradorligini to‘g‘ri baholash va optimal moliyalashtirish qarorlarni qabul qilishga erishilgan;
moliyaviy hisobot elementlarini oshirib yoki kamaytirib koʼrsatilganligini tekshirish tahliliy amallarini kiritish asosida nomoddiy aktivlar boʼyicha moliyaviy hisobot auditini takomillashtirish bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tegishli buyruqlari asosida joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 14-oktyabrdagi 08/102-sonli hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 27-03-35/1661-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi orqali moliyaviy hisobot auditida nomoddiy aktivlarning hisobi ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri va haqqoniy aks ettirilganligini aniqlashga hamda foydalanuvchilar manfaatlariga mos boʻlgan auditorlik xulosasi shakllantirilishiga erishilgan;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar hisob siyosatiga “Tadqiqot xarajatlarini byudjetlashtirish” hamda “Ishlanma xarajatlarini byudjetlashtirish” hisob registrlarini kiritish taklifi bo‘yicha taklifi “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyati hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan joriy etilgan (“O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining 2024-yil 14-oktyabrdagi 08/102-sonli hamda “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 27-03-35/1661-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklifni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat olib boruvchi tashkilotlar hisob siyosatiga joriy etilishi tadqiqot va ishlanma xarjatlari bo‘yicha aniq va batafsil analitik ma’lumotlar shakllanishiga va bu orqali samarali byudjetlashtirish qarorlarini qabul qilishga ko‘maklashgan.