Karimov Muzaffar Abdumalik o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Oliy ta’lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.13 – “Menejment” ixtisoslik.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.DSc/Iqt515.
Ilmiy rahbar: Askarov Nodirbek Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.60.03.
Rasmiy opponentlar: Xankeldieva Guzal Sherovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aripov Oybek Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Abdulloev Asliddin Junaydullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-uslubiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari boshqaruviga nufuzli mingtalikka etaklovchi “innovatsion boshqaruv+innovatsion ta’lim” yondashuvi asosidagi innovatsion boshqaruvning samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi joriy etilgan;
oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida optimallashgan kompleks chora-tadbirlar rejasi asosidagi “OTMning innovatsion rivojlanish va monitoring uzviyligi “Rm+Id+Mi” (Rm – road map + Id – innovative development + Mi –monitoring integrity) modeli” asoslangan;
“Dual ta’lim”ni amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama shartnomaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish va korxonalar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlovchi “U3E&U” (University to enterprises & university) mexanizmlarini joriy etilishi asoslangan;
to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish choralarini optimallashtirish maqsadida “Innovatsion to‘lov-kontrakt shartnoma” asosida ishlab chiqilgan innovatsion to‘lov mexanizmi (Cash back Shartnoma (CA1/sum=(Ky.u.m/4)* CA1./%))ni taklif etib, OTMlarga to‘lov-kontrakt tushumlarini muddatida va muddatidan avval tushirilishi moddiy-motivatsion mexanizm asosida takomillashtirilgan;
innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olingan mablag‘lari hajmining 2029-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim tizimida innovatsion boshqaruvning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oliy ta’lim muassasalari boshqaruviga nufuzli mingtalikka etaklovchi “innovatsion boshqaruv+innovatsion ta’lim” yondashuvi asosidagi innovatsion boshqaruvning samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmi joriy etilgan taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga joriy etilgan (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” ning 2025-yil 19-martdagi 02/01-01-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida OTM innovatsion boshqaruv faoliyatida YuQORI ILMIY SALOHIYaT + RAQOBATBARDOSh KADR + INNOVASION NATIJA + SAMARALI BOShQARUV + TAShKILIY SAMARA + IQTISODIY SAMARA + UNIVERSITET 4:0 = NUFUZLI MINGTALIK natijadorligiga erishish imkoniyatlari yaxshilangan;
oliy ta’lim muassasalari tashkiliy-boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ularning moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash maqsadida optimallashgan kompleks chora-tadbirlar rejasi asosidagi “OTMning innovatsion rivojlanish va monitoring uzviyligi “Rm+Id+Mi” (Rm – road map + Id – innovative development + Mi –monitoring integrity) modeli” asoslangan taklifidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga joriy etilgan (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” ning 2025-yil 19-martdagi 02/01-01-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida “ALFRAGANUS UNIVERSITY” NOTMning o‘quv va kalendar yili uchun ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar rejalari innovatsion ijro mexanizmi va uning doimiy monitoringi ta’minlanishiga erishilgan. Natijada, “ALFRAGANUS UNIVERSITY” NOTMda “innovatsion ijro mexanizmi”ni strategik maqsadlar tarkibiga kiritilish zarurligi asoslangan;
“Dual ta’lim”ni amalga oshirish bo‘yicha uch tomonlama shartnomaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish va korxonalar o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlovchi “U3E&U” (University to enterprises & university) mexanizmlarini joriy etilishi asoslangan taklifidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga joriy etilgan (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” ning 2025-yil 19-martdagi 02/01-01-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida OTMlarda “Dual ta’lim”ning optimallashgan mexanizmi amaldagi natijadorligi shakllanadi. Ushbu amaliyotda “nazariya-amaliyot” va “nazariya-amaliyot-nazariya” kabi me’zonlar asosida samarali dual ta’lim tashkil etilishiga erishiladi;
to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish choralarini optimallashtirish maqsadida “Innovatsion to‘lov-kontrakt shartnoma” asosida ishlab chiqilgan innovatsion to‘lov mexanizmi (Cash back Shartnoma (CA1/sum=(Ky.u.m/4)* CA1./%))ni taklif etib, OTMlarga to‘lov-kontrakt tushumlarini muddatida va muddatidan avval tushirilishi moddiy-motivatsion mexanizm asosida takomillashtirilgan taklifidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga joriy etilgan (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi” ning 2025-yil 19-martdagi 02/01-01-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida OTMlarda “Dual ta’lim”ning optimallashgan mexanizmi amaldagi natijadorligi shakllanadi. Ushbu amaliyotda “nazariya-amaliyot” va “nazariya-amaliyot-nazariya” kabi me’zonlar asosida samarali dual ta’lim tashkil etilishiga erishiladianizmlarini joriy etish taklif etilgan;
innovatsion faoliyatni keng joriy etish, ilmiy tadqiqotlarni va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash natijasida yaratiladigan yangi innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirishdan olingan mablag‘lari hajmining 2029-yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan taklifidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalariga joriy etilgan (“Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi”ning 2025-yil 19-martdagi 02/01-01-97-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi tahlil qilinayotgan OTMlar ilmiy-tadqiqot faoliyatini tijoratlashtirishdan tushayotgan tushumlar hajmini rejalashtirish jarayonini tashkil etishni hamda yo‘naltirilayotgan mablag‘lar hajmini to‘g‘ri taqsimlagan holda ilmiy-tadqiqot faoliyatini samaradorligini optimallashtirish imkonini beradi.