Raxmatullaeva Firuza Mubinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Globallashuv sharoitida O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni takomillashtirish”, 08.00.12– Mintaqaviy iqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.DSc/Iqt326.
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdurashid Madjitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05
Rasmiy opponentlar: Aimbetov Nagmet Kallievich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Egamberdiev Farmonqul Tursunqulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: globallashuv sharoitida O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni takomillashtirishga qaratilgan  taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hududlar iqtisodiyotining hududiy-tarmoq tuzilmasini baholashga oid metodik yondashuvlar tarkibiy o‘zgarishlar va tezlik indeksidan foydalanish orqali aniqlashtirilib, bunda tarkibiy o‘zgarishlar intensivligini past (2,0-3,9), o‘rtacha (4,0-5,9) va yuqori darajadagi (6,0-7,9) guruhlarga tabaqalash taklifi asoslangan;
hududlarni raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish hamda “o‘sish nuqta”larini aniqlashda ixtisoslashuv darajasi (mahalliylashtirish koeffisienti, Jefferson indeksi) va agrosanoat ishlab chiqarishlarini klaster usulida joylashtirish imkoniyatlarini baholash indiktolrlarini (Duda-Hart va Calinski-Harabasz mezonlari) hisobga olgan holda ularni istiqbolli zonalarga ajratishni joriy etish  taklifi asoslangan;
tarmoq ustuvorliklarini hisobga olgan holda mahalliy tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishni ishlab chiqish asosida mintaqa iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha hududiy rivojlanish strategiylarini ishlab chiqish asoslanib, monitoring va uning samaradorligini baholash mexanizmi takomillashtirilgan;
tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi dastaklar sifatida rivojlangan davlatlar (Evropa Ittifoqi) bozorlariga mahsulotlarni olib chiqish bo‘yicha eksport-ishlab chiqarish hududini shakllantirish (Vobkent tumanida), interaktiv axborot-tahliliy elektron xaritasini ishlab chiqish (Qorako‘l tumanida), “Strategik tashabbuslar markazi” (Romitan tumanida) va Buxoro davlat texnika universiteti (BDTU) negizida  innovatsion-ta’lim klasterini tashkil etish asoslangan;
Buxoro viloyati iqtisodiyotini o‘rta muddatli istiqbolga qadar (2028-yilga qadar) rivojlantirishning prognoz parametrlari tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillarni baholash asosida ishlab chiqilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasi mintaqalari iqtisodiyotida tarkibiy o‘zgarishlarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
hududlar iqtisodiyotining hududiy-tarmoq tuzilmasini baholashga oid metodik yondashuvlar tarkibiy o‘zgarishlar va tezlik indeksidan foydalanish orqali aniqlashtirilib, bunda tarkibiy o‘zgarishlar intensivligini past (2,0-3,9), o‘rtacha (4,0-5,9) va yuqori darajadagi (6,0-7,9) guruhlarga tabaqalash taklifidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-sentyabrdagi 794-sonli “Buxoro viloyatini 2019-2023 yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  qarori 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 5-fevraldagi 142-01-05-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 26 martdagi 04-07-27-3365-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqotda keltirilgan ushbu yondashuvdan foydalanish natijasida hududlar iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarni keng qamrovli baholashga erishildi. Ushbu taklifni amaliyotga joriy etish natijasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmi takomillashtirildi. 
    hududlarni raqobat ustunliklaridan samarali foydalanish hamda “o‘sish nuqta”larini aniqlash asosida tumanlarni ixtisoslashuv darajasi va agrosanoat ishlab chiqarishlarini klaster usulida joylashtirish imkoniyatlarini baholash indikatolrlarini qo‘llash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2019-yil 21-sentyabrdagi “2019-2023-yillarda Buxoro viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  794-son Qarori 1-bandi a) punkti 2-qatorni ishlab chiqishda, Buxoro viloyati hokimimning 2024 yil 5 sentyabrdagi 1/2727-14 son xatiga muvofiq «Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini tayyorlashda foydalanilgan. (Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 5-fevraldagi 142-01-05-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 26 martdagi 04-07-27-3365-sonli ma’lumotnomasi) Tadqiqot ishi natijasida Buxoro viloyati shahar va tumanlarining ixtisoslashuvi, “o‘sish nuqtalari” va “drayver sohalari” ishlab chiqilgan; 
tarmoq ustuvorliklarini hisobga olgan holda mahalliy tadbirkorlik tashabbuslarini rag‘batlantirishni ishlab chiqish asosida mintaqa iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgarishlarni boshqarish bo‘yicha hududiy rivojlanish strategiylarini ishlab chiqish asoslanib, monitoring va uning samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish taklifidan “Raqobat strategiyasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-sonli buyrug‘i, ro‘yxatga olish raqami 6438463 sonli guvohnoma va Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 5-fevraldagi 142-01-05-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot ishi natijalari “Raqobat strategiyasi” fani mazmunini takomillashtirish va o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan;
    tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi dastaklar sifatida rivojlangan davlatlar (Evropa Ittifoqi) bozorlariga mahsulotlarni olib chiqish bo‘yicha eksport-ishlab chiqarish hududini shakllantirish (Vobkent tumanida) taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023- yil 11-sentyabrdagi PF-158-son “O‘zbekiston-2030” strategiyasi to‘g‘risida” Farmonining 1-ilovasidagi 55-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 5-fevraldagi 142-01-05-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 26 martdagi 04-07-27-3365-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amalda qo‘llash natijasida “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” g‘oyasi asosida milliy brendlarni xorijiy bozorlarga olib chiqadigan eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga erishildi;
Buxoro viloyati iqtisodiyotini o‘rta muddatli istiqbolga qadar (2028-yilga qadar) rivojlantirishning  tarkibiy o‘zgarishlarga ta’sir qiluvchi omillarni baholash asosida ishlab chiqilgan prognoz koʻrsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi “2022-2026-yillarda Buxoro viloyatini kompleks rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish to‘g‘risida”gi 415-son Qarorining 1-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Buxoro viloyati hokimligining 2025-yil 5-fevraldagi 142-01-05-sonli ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2025-yil 26 martdagi 04-07-27-3365-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni qo‘llash natijasida YaHM 2028-yilga kelib 127156,6 mlrd. so‘mga etishi, sanoat va xizmatlar ulushining sezilarli darajada oshishi kutilmoqda, bu esa iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini aks ettiradi. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish