Ruzieva Gulinoz Fatilloevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikatsiyalash asosida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4676.
Ilmiy rahbar: Qodirov Azizjon Anvarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Xidirova Gavhar Rustamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: milliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikatsiyalash asosida iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«milliy hunarmandchilik» iqtisodiy kategoriyasi ta’rifi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va diversifikatsiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish orqali takomillashtirilgan; 
milliy hunarmandchilik mahsulotlari diversifikatsiyalash jarayonlarini joriy etishga moyilligi darajasiga ko‘ra past (PLl≈0-0,34), o‘rta (PLm≈0,35-0,64) va yuqori (PLh≈0,65-1,0) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda har bir tegishli guruh bo‘yicha o‘zgarishlarni baholash ko‘rsatkichlarini kiritish asosida xizmatlar ko‘rsatish sohasi samaradorligini baholashni takomillashtirish taklifi asoslangan;
mamlakatda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Do it yourself! (Buni o‘zing bajar!)” platformasi asosida milliy hunarmandlar faoliyati samaradorligini oshirish strategiyalari ishlab chiqilgan; 
milliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikatsiyalash orqali iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning 2028 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda milliy hunarmandchilik mahsulotlari diversifikatsiyalash orqali xizmatlar ko‘rsatish sohasini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
“milliy hunarmandchilik” iqtisodiy kategoriyasi ta’rifi milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va diversifikatsiyalashning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish orqali takomillashtirilgan ta’rifi taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ-135-son “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 5-z ilovasining “Chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 4-fevraldagi №BX-01-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida, milliy qadriyatlar va madaniy merosning saqlanishi va ommalashuvi ta’minlaishi bilan birga, hunarmandchilik sohasi turizm bilan chambarchas integratsiyalashib, hududiy iqtisodiyotni rivojlantirishning barqaror manbalaridan biriga aylantirish imkoniyati vujudga keldi, respublikaning turli hududlarida milliy hunarmandchilik mahsulot va xizmatlarini shakllantirish maqsadida foydalanilgan;
milliy hunarmandchilik mahsulotlari diversifikatsiyalash jarayonlarini joriy etishga moyilligi darajasiga ko‘ra past (PLl≈0-0,34), o‘rta (PLm≈0,35-0,64) va yuqori (PLh≈0,65-1,0) darajali guruhlarga tabaqalashtirish hamda har bir tegishli guruh bo‘yicha o‘zgarishlarni baholash ko‘rsatkichlarini kiritish asosida xizmatlar ko‘rsatish sohasi samaradorligini baholashni takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 12-yanvardagi PF-9-son “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonining 16-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 4-fevraldagi №BX-01-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, milliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikatsiyalash darajasi aniq baholanib, hududlarda xizmatlar ko‘rsatish sohasining rivojlanish dinamikasini tizimli monitoring qilinib, diversifikatsiyalash darajalariga ko‘ra guruhlangan hududlar bo‘yicha resurslarni oqilona taqsimlash, investision muhitni yaxshilash va turizm hamda hunarmandchilik o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirish orqali iqtisodiy o‘sishning yangi nuqtalarini shakllantirilgan;
mamlakatda xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha “Do it yourself! (Buni o‘zing bajar!)” platformasi asosida milliy hunarmandlar faoliyati samaradorligini oshirish strategiyalari ishlab chiqish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirib soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-162-sonli qarorida va 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-son qarorining 5-b ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 4-fevraldagi №BX-01-33-son ma’lumotnomasi). Natijada, hunarmandchilik subektlari uchun o‘z mahsulotlarini raqamli bozorlarda bevosita realizatsiya qilish, xizmatlarni mustaqil tarzda tashkil etish, ishlab chiqarish hajmini bosqichma-bosqich kengaytirish, savdo xarajatlarini optimallashtirish, yangi iste’molchilar segmentiga chiqish va eksport salohiyatini oshirish orqali iqtisodiy daromadni barqaror ravishda ko‘paytirish imkoniyatlari yaratildi; 
milliy hunarmandchilik mahsulotlarini diversifikatsiyalash orqali xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirishning 2028 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ 135-sonli qarorining chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2025-yil 4-fevraldagi №BX-01-33-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Buxoro viloyatida faoliyat yurituvchi hunarmandchilik subektlari sonining ko‘payishi hisobiga bandlik darajasini 35,4 foizga oshirish, ya’ni qo‘shimcha ravishda 12 mingdan 15 minggacha yangi ish o‘rinlari yaratish imkonini beradigan maqsadli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                