Ergasheva Aziza Farmonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yo‘llari (Buxoro viloyati misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Iqt2745
Ilmiy rahbar: Oripov Maxmud Ashurovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Azizjon Anvarovich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent, Amonboev Muhammadsiddiq iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yo‘llariga oid taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hunarmandchilikni rivojlantirishda hududiy rivojlanish drayverlari (mahalliy hunarmadlik anʼanalari, yuqori sifatli xom-ashyo mahsuloti, ustoz-shogird anʼanalari, tarixiy imidj), mahsulotlarini ishlab chiqarish va joriy qilishda raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarning joriy qilinganligi, milliy kontent ulushi omillariga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini baholash uslubiyoti tarkibiy qism ulushi (S_i), o‘rtacha daromad hajmi (X), kutilayotgan bozor yo‘nalishi (E), mehnat unumdorligi (MP) va ivestision samaradorlik (ROI) ko‘rsatkichlarining integral omillariga asoslanuvchi yondoshuv asosida takomillashtirilgan;
hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni samarali tashkil etishda ishlab chiqaruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi hamkorlik va aloqa zanjirida sifat va o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslanuvchi “maqsad – vazifalar – vositalar – natija” algoritmidan iborat tizim taklif etilgan;
hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali Buxoro viloyatida hunarmandchilik mahsulotlari eksport hajmini oshirishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish yo‘llari bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy natijalar asosida:
hunarmandchilikni rivojlantirishda hududiy rivojlanish drayverlari (mahalliy hunarmadlik anʼanalari, yuqori sifatli xom-ashyo mahsuloti, ustoz-shogird anʼanalari, tarixiy imidj), mahsulotlarini ishlab chiqarish va joriy qilishda raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarning joriy qilinganligi, milliy kontent ulushi omillariga ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligi asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining 2025-yil 11-martdagi 01-17/308 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, Buxoro viloyatining hunarmandchilik bozorida xizmat ko‘rsatish sohasiga ta’sir etuvchi omillar dastaklarining rag‘batlantiruvchi funksiyasi asosida zamonaviy sharoitda hududning o‘z resurslaridan oqilona foydalanish va ichki salohiyatni oshirishga imkon yaratgan;
hunarmandchilik mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini baholash uslubiyoti tarkibiy qism ulushi (S_i), o‘rtacha daromad hajmi (X), kutilayotgan bozor yo‘nalishi (E), mehnat unumdorligi (MP) va ivestision samaradorlik (ROI) ko‘rsatkichlarining integral omillariga asoslanuvchi yondoshuv asosida takomillashtirilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining 2025-yil 11-martdagi 01-17/308 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilish mehnat unumdorligini 5-7 foizga oshirish evaziga hunarmandchilik sohasida kiritilgan sarmoyaning qaytish darajasi yuqori bo‘lish imkoniyatini yaratgan.
hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni samarali tashkil etishda ishlab chiqaruvchilar va ularga xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi hamkorlik va aloqa zanjirida sifat va o‘zaro ishonch tamoyillariga asoslanuvchi “maqsad – vazifalar – vositalar – natija” algoritmidan iborat tizim taklif etilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining 2025-yil 11-martdagi 01-17/308 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat ko‘rsatish sohasini barqaror rivojlantirish va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirishning qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratilgan.
hunarmandchilik mahsulotlari bozorida xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish orqali Buxoro viloyatida hunarmandchilik mahsulotlari eksport hajmini oshirishning 2030 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi «Hunarmand» uyushmasining 2025-yil 11-martdagi 01-17/308 sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga borib, hunarmandchilik mahsulotlari eksportini 60 foizga oshirish imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish