Abdukadirova Nilufar Abdaxatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): 
“Xizmat ko‘rsatish sohasida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish” 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti.           
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3207
Ilmiy rahbar: iqtisodiyot fanlari nomzodi, dosent  Sharipov To‘lqin Saidaxmedovich
 Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, DSc.03/25.12.2024.I.18.01
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori,  professor Ergashev Raxmatillo Xidirovich;  iqtisodiyot fanlari doktori,  professor Matyakubov Umidjon Raximovich. 
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: ilmiy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 
umumiy ovqatlanish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xizmat ko‘rsatish sohasi va innovatsion faoliyat xususiyatlariga ko‘ra umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida innovatsion faoliyat samaradorligi tushunchasining mohiyati xizmat ko‘rsatish jarayonida mijozlarning ham ovqatlanishi, ham dam olishi nuqtai nazaridan ehtiyojni birdek qondirishi darajasi asosida takomillashtirilgan;
umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatiga kiritiladigan innovatsiyalarning sinergetik samarasini oshirishda, jumladan innovatsiyalarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bo‘yicha oldindan echimlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutgan holda to‘rt bosqichli va besh guruh samaradorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra innovatsion jarayonni tashkillashtirishning T4B  modeli taklif etilgan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarga kiritilgan innovatsiyalar umumiy samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvi, jumladan operatsion, investision va moliyaviy faoliyatga bir vaqtning o‘zida innovatsiyalarni kiritishning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra takomillashtirilgan;
umumiy ovqatlanish tarmog‘i va korxonalari faoliyat natijaviyligiga funksional bog‘liq bo‘lmagan omillar asosida makro darajada umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan yaratiladigan qo‘shilgan qiymat hajmining 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Umumiy ovqatlanish korxonalarida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish bo‘yicha  olingan ilmiy natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish sohasi va innovatsion faoliyat xususiyatlariga ko‘ra umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida innovatsion faoliyat samaradorligi tushunchasining mohiyati xizmat ko‘rsatish jarayonida mijozlarning ham ovqatlanishi, ham dam olishi nuqtai nazaridan ehtiyojni birdek qondirishi darajasi asosida takomillashtirish taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bo‘yicha 2024 yil 27 noyabrdagi 4-sonli buyruq asosida 253-27/11 raqamli guvohnoma asosida chop etilgan “Innovatsion infrasstruktra” fani mazmuniga singdirilgan hamda O‘zbekiston savdo-sanoat  palatasi tomonidan “umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida innovatsion faoliyat samaradorligi tushunchasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston savdo-sanoat  palatasi tomonidan 2025-yil 25-yanvardagi 06-10-33-901-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-1122-sonli ma’lumotnomalari). Taklif uslubiy jihatdan umumiy ovqatlanish xizmatlari sohasida innovatsion faoliyat samaradorligi tushunchasi aniqlik darajasining ortishiga ko‘ra tahlil va qaror qabul qilish sifatini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
umumiy ovqatlanish korxonalari faoliyatiga kiritiladigan innovatsiyalarning sinergetik samarasini oshirishda, jumladan innovatsiyalarga ko‘ra vujudga kelishi mumkin bo‘lgan muommolar bo‘yicha oldindan echimlarni ishlab chiqishni ko‘zda tutgan holda to‘rt bosqichli va besh guruh samaradorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra innovatsion jarayonni tashkillashti-rishning T4B  modeli bo‘yicha taklif Samarqand iqtisodiyot va servis instituti bo‘yicha 2024 yil 27 noyabrdagi 4-sonli buyruq asosida 253-27/11 raqamli guvohnoma asosida chop etilgan “Innovatsion infrastruktura” fani mazmuniga singdirilgan hamda “Feruza Milliy Taomlari” MChJ va “Galla Osiyo Taomlari” MChJ faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston savdo-sanoat  palatasi tomonidan 2025-yil 25-yanvardagi 06-10-33-901-sonli, O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarma-sining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-1122 sonli, “Feruza Milliy Taomlari” MChJ”ning 2024-yil 25-sentyabrdagi 14/10-01- sonli hamda “Galla Osiyo Taomlari” MChJning 2024-yil 11-oktyabprdagi 04-87/25-sonli ma’lumotnomalari). Taklif xizmat ko‘rsatish korxonalariga innovatsiyalarni olib kirishda korxonani tayyorlashdan boshlanib natijalarni tizimli hamda uzlyuksiz tahlil qilish imkoniyatini, natijalarni uzlyuksiz kuzatib borish imkoniyatini kengaytirish hamda mas'uliyati cheklangan jamiyatlarning xarajatlarini 5%gacha qisqarishiga, innovatsion faoliyat natijalari bo‘yicha axborotlarni yig‘ish hamda qayta ishlash xarajatlarini 7%gacha qisqarishiga erishilgan bo‘lsa, innovatsiyalar bilan bog‘liq boshqaruv qarorlarining samaradorligini 4%ga o‘sishiga erishilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarga kiritilgan innovatsiyalar umumiy samaradorligini baholashning uslubiy yondashuvi, jumladan operatsion, investision va moliyaviy faoliyatga bir vaqtning o‘zida innovatsiyalarni kiritishning maqsadga muvofiqligiga ko‘ra  takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat  palatasi tomonidan umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalarga kiritilgan innovatsiyalar umumiy samaradorligini baholash mexanizmlarini ishlab chiqishda hamda “Start Servis Max” MChJ va “Oqdaryo Ideal” MChJning biznes-rejalarini asoslashda foydalanilgan  (O‘zbekiston Savdo-sanoat  palatasining 2025-yil 25-yanvardagi 06-10-33-901-sonli, Savdo-sanoat  palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-1122-sonli,, “Start Servis Max” MChJning 2024-yil 15- avgustdagi 189-sonli, “Oqdaryo Ideal” MChJning 2024-yil 11-sentyabrdagi 06-01/03-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur taklif umumiy ovqatlanish korxonalari innovatsion samaradorlik darajasini baholash aniqligini oshirishga, innovatsiyalarni tanlashdagi xatoliklar darajasini 1,5%gacha qisqarishiga, tanlangan innovatsiyalarning rentabelligini 2,0%gacha o‘sishiga va innovatsion jozibadorligini 0,8%gacha o‘sishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
umumiy ovqatlanish tarmog‘i va korxonalari faoliyat natijaviyligiga funksional bog‘liq bo‘lmagan omillar asosida makro darajada umumiy ovqatlanish xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan yaratiladigan qo‘shilgan qiymat hajmining 2030-yilgacha mo‘ljallangan prognoz ko‘rsat-kichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat  palatasi tomonidan umumiy ovqatlanish tarmog‘ini rivojlvntirishning 2030 yilgacha strategiyasini ishlab chiqishda hamda “Feruza Milliy Taomlari” MChJ va “Oqdaryo Ideal” MChJ biznes-rejalarini asoslashda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat  palatasining 2025-yil 25-yanvardagi 06-10-33-901-sonli, Savdo-sanoat  palatasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasining 2024-yil 13-noyabrdagi 01-1122-sonli, “Feruza Milliy Taomlari” MChJ 25-sentyabr 2024-yil 25-sentyabrdagi 14/10-01-sonli, “Oqdaryo Ideal” MChJning 2024-yil 25-sentyabrdagi 14/10-01-sonli ma’lumotnomalari). Taklif umumiy ovqatlanish korxonalari samaradorlik darajalarini o‘rtacha 1,5%gacha o‘sishiga, xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish