Urunbaeva Ziroat Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bir qator almashingan 3,4-digidro va 1,2,3,4-tetragidroizoxinolinlarning sintezi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K484.
Ilmiy rahbar: Vinogradova Valentina Ivanovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Chirchiq davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Turgunov Erxon, kimyo fanlari doktori, professor; Jurakulov Sherzod Niyatkabulovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: gomoveratrilamin va bir qator kislotalar asosida amidlar hamda izoxinolinlarning yangi hosilalarini sintez usullarini ishlab chiqish, ularning tuzilishini fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor almashingan aromatik karbon kislotalar asosida 1,2-digidroizoxinolinlar sintezi mikroto‘lqinli nurlanish sharoitida o‘tkazilib, jarayonda an’anaviy ko‘p bosqichli sintez yo‘lidan bir reaktorli (one-pot) usuli samarali ekanligi asoslangan;
gomoveratrilamin va bir qator karbon kislotalar asosida yangi amidlar hamda izoxinolin hosilalarini sintez qilish usullari maqbullashtirilgan;
itakon kislotaning gomoveratrilamin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita amidlanish reaksiyalari amalga oshirilib, oksopirrolidinkarboksiamid hosil bo‘lish dinamikasi aniqlangan;
oksopirrol halqasini saqlovchi amidning halqalanish reaksiyalari asosida 1,2-digidroizoxinolin va pirroloizoxinolin halqalarini o‘z ichiga izoxinolinlar sintez qilingan va ularning xususiy kattaliklari aniqlangan, tozaligi xromatografik, tuzulishi spektroskopik, elektron tuzulishi kvant-kimyoviy usullarida isbotlangan;
sintez qilingan izoxinolin hosilalarining sitotoksik faolliklari o‘rganilgan va ularning biologik ta’sir xususiyatlari va potensial farmakologik faolligi yuqori ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bir qator almashingan 3,4-digidro va 1,2,3,4-tetragidroizoxinolinlarning sintezi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
izoxinolinlarning yangi hosilalarini sintez qilish metodikasidan VA-FA-F-6-009 raqamli “Tabiiy birikmalar va ularning sintetik hosilalarining sitotoksik, antibakterial, zamburug‘ga qarshi va antioksidant faolliklarini o‘rganish” mavzusidagi amaliy loyihada izoxinolinlarning transformatsiyalanmagan normal teri hujayralari – fibroblastlarga nisbatan kam toksiklikka ega bo‘lgan bachadon bo‘yni saratoni (HeLa) va qizil o‘ngach saratoni (HEp-2) hujayralari ingibitorini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Fanlar akademiyasining 2024 yil 7 oktyabrdagi 4/1255-2218-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, olingan moddalar orasidan bachadon bo‘yni saratoni (HeLa) va qizil o‘ngach saratoni (HEp-2) hujayralariga nisbatan ingibitorligini aniqlash imkonini bergan;
sintez qilingan 1- (1-xloretil) -6,7-dimetoksi-1,2,3,4-tetragidroizoxinolin, gomoveratrilaminning ratsemat sut kislotasi bilan kondensatlanish va sikllanish reaksiyasi natijasida olingan moddaning kimyoviy tuzilishi, rentgen tuzilish tahlili asosida aniqlangan va kristall strukturasi xalqaro Kembridj markazining struktur ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centre 2024 yil 3 dekabrdagi https://www.ccdc.cam, CCDC:800579-son ma’lumotnomasi). Natijada, turli xil xossaga ega bo‘lgan yangi moddalarni maqsadli sintez qilish imkoniyatini bergan;
sintez qilingan N,1-bis- (3,4-dimetoksifeniletil) -1-oksopirrolidin-3-karboksiamid va N- (3,4-dimetoksifeniletil) -3-yodbenzamidlardan “Samarqand-England Eko-Medikal” MChJda in vitro sharoitida antibakterial vosita sifatida foydalanilgan (Samarqand viloyati Hokimligining 2024 yil 21 avgustdagi 07-07/139-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, patogen mikroorganizm Escherchia coli (gramm (-) bakteriya) ga nisbattan 90 mm li sinov maydonida faolikka ega ekanligini aniqlangan va shu turdagi mikroorganizmlarni zararsizlantirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish