Berdiev Sherzodbek Ikram o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Sanoat oqava suvlari va texnik suvlarni tozalash uchun permutit olish va amalda qo‘llash, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4341.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Erkabaev Furqat Ilyasovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Sabirov Bahtiyor To‘xtaevich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim, Alimov Zikrilla Bobamuratovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: H-permutit adsorbenti olish, adsorbent yordamida sanoat oqava suvlarini tozalash va ulardan turli sohalarda qayta foydalanishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
H-permutit olish jarayonida AlCl3 qo‘llanilganda Na-permutit hosil bo‘lishi kamaygan, bunda Na+ ionlarini Cl- ionlari bog‘lab, eritmaga o‘tgan va cho‘kmada H-permutit adsorbenti hosil bo‘lishi isbotlangan;
sintez jarayonida xom ashyo komponentlari Na2SiO3·9H2O va AlCl3 larning nisbatlari - 6:1 bo‘lganda xlor ionlari natriy ionlari bilan ekvivalent miqdorda birikib, eritmaga o‘tisi, cho‘kmada H-permutit hosil bo‘lishi aniqlandi;
jarayon davomida hosil bo‘lgan H-permutit yordamida oqava suvlarni tozalashda kation almashinishi hisobiga oqavadagi metall ionlarini tanlab yutishi, fosfat, nitrat kabi oziqa moddalar tozalangan suv tarkibida saqlanib qolishi isbotlangan;
H-permutit adsorbentini olish uchun xom ashyo komponentlari tanlangan, ularning maqbul nisbatlari va jarayonning optimal parametrlari aniqlanib, sintez qilish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalari oqava suvlarini qayta ishlash bo‘yicha “Canoat oqava suvlari va texnik suvlarni tozalash uchun permutit olish va amalda qo‘llash” mavzusidagi dissertatsiya ishida olingan natijalar asosida:
mahalliy reagentlar asosida sanoat oqava suvlarini tozalash uchun H-permutit adsorbenti olish texnologiyasi ishlab chiqilgan va “Karakalpak Texnologiya Montaj Servis” MChJ ishlab chiqarish korxonasi sharoitida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya Vazirligining 2023 yil 8 sentyabrdagi 01/18-688 sonli ma’lumotnomasi). Natijada ozuqa elementlariga boy sug‘orish suvlari va texnologik suvlar olishda qo‘llaniladigan adsorbent ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan;
sanoat oqava suvlarini H-permutit asosida tozalash texnologiyasi “ARALMEXANIZASIYa” MChJ ishlab chiqarish korxonasi sharoitida amaliyotga joriy qilingan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya Vazirligining 2023 yil 8 sentyabrdagi 01/18-688 sonli ma’lumotnomasi dalolatnomasi). Natijada korxona texnik suvlari qayta ishlanib, o‘rnatilgan talablarga javob beradigan sug‘orish suvlari va texnik suv bilan ta’minlash imkonini bergan, shuningdek yiliga 48 000 m3 ichimlik suvi tejalishiga olib kelgan.