Sheripov Umarbek Atajanovichning
fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Xorazm vohasi sug‘orilish ishlari va unda sug‘orish inshootlarining roli (XIX asr oxiri – XXI asr boshlari) mavzusidagi 07.00.01 – O‘zbekison tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:. B2024.2.DSc/Tar451
Ilmiy maslahatchisining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdullaev Utkir Ismailovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.Tar.55.05 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Xolikulov Axmadjon Boymaxammatovich tarix fanlari doktori, professor;
Xayitov Shodmon Axmadovich, tarix fanlari doktori, professor; Komilov Oybek Komilovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. XIX asr oxiri – XXI asr boshlarida Xorazm vohasi sug‘orilish ishlari va unda sug‘orish inshootlarining rolini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rossiya imperiyasining o‘lkada paxta ekish uchun yangi qishloq xo‘jalik zonasi tashkil etish urinishlar ortidan Farg‘ona, Toshkent viloyati, Mirzacho‘l hududlariga rus dehqonlarini ko‘chirishi va asosan ushbu hududlarga Sirdaryodan yangi kanallar tortib kelishga e’tiborni qaratishi, Xiva xonligida mustamlaka davri davomida birorta katta kanal va ariq qazilmagani, bu esa suv xo‘jaligi ishlarini qoloq ahvolda qolib ketishiga sabab bo‘lganligi ochib berilgan;
Xorazmda sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki yillarda dehqonlarning hashari bilan yirik kanal va ariqlarni reja asosida tozalashni yoʻlga qo‘yish orqali suv ta’minoti yaxshilashga intilgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligining jamoalashtirish boshlanishi natijasida suv bilan bog‘liq muammolar yana kuchayganligi, Polvon kanali o‘zanini kengaytirish yoʻli bilan Toshsoqa magistral kanali va uning bosh inshooti – to‘g‘onini qurilishiga olib kelganligi aniqlangan;
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng irrigatsiya va melioratsiya sohasida yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilishni o‘rniga Xorazmda Eshvoy cho‘li, Qoraqum barxanlari-yu, Amudaryo qayirlari va atrofidagi to‘qaylar jadal o‘zlashtirilishi ortidan suv resurslaridan noo‘rin foydalanish, yangi o‘zlashtirilgan erlarni tinimsiz sug‘orish natijasida er osti sizot suvlarining ko‘tarilishi minglab gektar maydonlarning sho‘rlanish darajasini ko‘tarib, hosildorlik ko‘rsatkichlarini tushirib yuborishiga olib kelganligi asoslangan;
Amudaryoning vaqt-vaqti bilan o‘z o‘zanini o‘zgartirib xavfli suv toshqinlarini yuzaga keltirishi ortidan dambalar, tosh, temir-beton to‘siqlar o‘rnatilishi, Tuyamo‘yin suv ombori va gidroinshootining qurilishi suv toshqinlar va qurg‘oqchilik xavfi tugatilishi, vaqtinchalik ekin maydonlariga va aholiga kafolatlangan ichimlik suvi etkazib berishga imkon bergan bo‘lsa-da, keyinchalik Orol dengizining qurishi va Amudaryo deltasidagi hayot salbiy tomonga tubdan o‘zgarishiga olib kelganligi dalillangan;
Xorazm viloyatida 2000-yillar boshida melioratsiya muammolarini hal qilish uchun xorijdan elektrlashtirilgan zemsnaryadlar olib kelinishi, kollektor-drenaj tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash va rekonstruksiya ishlari tufayli ekinlarning parvarish davrida er osti suvlarining joylashishini pasayishiga va kuchli sho‘rlangan er maydonlarini hajmini kamaytirishga qisman erishilgan bo‘lsa-da, erlarni sug‘orish va meliorativ holatini yaxshilash, insonlar uchun chuchuk suv etkazib berish muammosini to‘la hal qilish, atrof-muhitning ekologik holatini saqlash va imkoniyat darajasida optimal holatga keltirish zarurligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: XIX asr oxiri – XXI asr boshlarida Xorazm vohasi sug‘orilish ishlari va unda sug‘orish inshootlarining faoliyati tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
Rossiya imperiyasining o‘lkada paxta ekish uchun yangi qishloq xo‘jalik zonasi tashkil etish urinishlar ortidan Farg‘ona. Toshkent viloyati, Mirzacho‘l hududlariga rus dehqonlarini ko‘chirishi va asosan ushbu hududlarga Sirdaryodan yangi kanallar tortib kelishga e’tiborni qaratishi Xiva xonligida mustamlaka davri davomida birorta katta kanal va ariq qazilmagani, bu esa suv xo‘jaligi ishlarini qoloq ahvolda qolib ketishiga sabab bo‘lganligi aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari muzeyi manbalarini boyitishda foydalanilayotganligi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2024-yil 23-oktyabrdagi 10/2239-son ma’lumotnomasi). Natijada Rossiya imperiyasining Xiva xonligida faqat paxta xom-ashyosi va boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlariga talabning kuchayishi, lekin sug‘orish inshootlari va kanallar qurilishiga e’tibor berilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Xorazmda sovet hokimiyati o‘rnatilgan dastlabki yillarda dehqonlarning hashari bilan yirik kanal va ariqlarni reja asosida tozalashni yoʻlga qo‘yish orqali suv ta’minoti yaxshilashga intilgan bo‘lsa-da, qishloq xo‘jaligini jamoalashtirish boshlanishi natijasida suv bilan bog‘liq muammolar yana kuchayishi Polvon kanali o‘zanini kengaytirish yoʻli bilan Toshsoqa magistral kanali va uning bosh inshooti – to‘g‘onini qurilishiga olib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muassasasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalida 2024- yilning sentyabr oyida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilganligi. (“O‘zbekiston Teleradiokanali” Davlat Muassasasining 2024-yil 21-oktyabrdagi 01-30-1125–son ma’lumotnomasi) Natijada teletomoshabinlar Xorazm vohasida dehqonchilik madaniyati taraqqiyoti va qishloq xo‘jaligining rivojlanishida sug‘orish inshootlari va sug‘orish tizimlarining roli to‘g‘risida, ayniqsa tomoshabinlarda o‘tmishdagi milliy qadriyatlar va tariximizga qiziqish, mehr-oqibat va madaniy yondoshish kuchaydi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng irrigatsiya va melioratsiya sohasida yig‘ilib qolgan muammolarni hal qilishni o‘rniga Xorazmda Eshvoy cho‘li, Qoraqum barxanlari-yu, Amudaryo qayirlari va atrofidagi to‘qaylar jadal o‘zlashtirilishi ortidan suv resurslaridan noo‘rin foydalanish, yangi o‘zlashtirilgan erlarni tinimsiz sug‘orish natijasida er osti sizot suvlarining ko‘tarilishi minglab gektar maydonlarning sho‘rlanish darajasini ko‘tarib, hosildorlik ko‘rsatkichlarini tushirib yuborishiga olib kelganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston Tadbirkorlik va Fermerlikni qo‘llab quvvatlash markazi tomonidan fermerlarga qishloq xo‘jaligida irrigatsiya va melioratsiya bilan bog‘liq turli seminar va o‘quv kurslarini tashkil etishda foydalanib kelinayotganligi. (O‘zbekiston Tadbirkorlik va Fermerlikni qo‘llab quvvatlash markazining 2024-yil 22-oktyabrdagi 07/29-con dalolatnomasi) Natijada qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi fermer va tadbirkorlar suv resurslaridan noo‘rin foydalanishning salbiy oqibatlari, er osti sizot suvlarining ko‘tarilishi minglab gektar maydonlarning sho‘rlanishiga olib kelishi va unga qarshi qo‘llaniladigan meliorativ tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ldilar.
Xorazm viloyatida 2000-yillar boshida melioratsiya muammolarini hal qilish uchun xorijdan elektrlashtirilgan zemsnaryadlar olib kelinishi, kollektor-drenaj tarmoqlarida ta’mirlash-tiklash va rekonstruksiya ishlari tuayli ekinlarning parvarish davrida er osti suvlarining joylashishini pasayishiga va kuchli sho‘rlangan er maydonlarini hajmini kamaytirishga qisman erishilgan bo‘lsa-da, erlarni sug‘orish va meliorativ holatini yaxshilash, insonlar uchun chuchuk suv etkazib berish muammosini to‘la hal qilish, atrof-muhitning ekologik holatini saqlash va imkoniyat darajasida optimal holatga keltirish zarurligi to‘g‘risidagi ma’lumotlardan O‘zbekiston maxallalari uyushmasi tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlariga qaratilgan rejasini bajarishda foydalanib kelinayotganligi. (O‘zbekiston maxallalari uyushmasining 2024-yil 24-oktyabrdagi 02-02-02/1100-sonli dalolatnoma) Natijada aholi o‘rtasida ona tabiatga muxabbat ruhini shakllantirish, suvdan tejab foydalanish va tabiiy atrof-muhitning ekologik holatini saqlash kabi tasavvurlarning kengayishiga imkon berdi.