Eshqo‘ziev Oxunjon Oybek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida investisiya samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03 – “Sanoat iqtisodiyoti”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1768
Ilmiy rahbar: Amonboev Mahammadsiddik, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti:
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xidirov Temur Qahramon o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Sanoat korxonalarida investisiya samaradorligini oshirish yuzasidan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoat korxonalarida investisiya faoliyati samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning investisiya loyihalari va moliyaviy resurslarini joylashtirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va foyda darajasini ko‘tarish qobiliyatini, korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va uzoq muddatli rivojlanishini kafolatlash jihatidan takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarida investisiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash mexanizmi korxonaning investisiya xavfsizligi ehtimolligini baholashning alternativ modeli asosida uzoq muddatli investisiyalarga bo‘lgan talab va ularni maqbul joylashtirish imkoniyatlarini aniqlash tartibini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarining investisiya xavfsizligini ta’minlash ehtimolligini aniqlashda ehtimollik qiymatining “ishonchli” (96% ≤ p ≤ 100%), “qoniqarli” (90% ≤ p ≤ 95%), “kritik holat” (0% ≤ p < 90%) chegaralaridagi korxonalar sifatida baholash orqali alternativ variantlar asosida erishilgan natijalarni taqqoslab qaror qabul qilish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda sanoat korxonalarining investisiya faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni ekonometrik modellashtirish asosida sanoat mahsulotlari hajmining 2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida investisiya samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “sanoat korxonalarida investisiya faoliyati samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni korxonaning investisiya loyihalari va moliyaviy resurslarini joylashtirish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish va foyda darajasini oshirish qobiliyatini, korxonaning raqobatbardoshligini oshirish, iqtisodiy barqarorligini ta’minlash va uzoq muddatli rivojlanishini kafolatlash jihatidan takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Korxona iqtisodiyoti” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2022-yil 19-dekabrdagi 390-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “sanoat korxonalarida investisiya faoliyati samaradorligi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan; 
sanoat korxonalarida investisiyaning iqtisodiy samaradorligini baholash mexanizmi korxonaning investisiya xavfsizligi ehtimolligini baholashning alternativ modeli asosida uzoq muddatli investisiyalarga bo‘lgan talab va ularni maqbul joylashtirish imkoniyatlarini aniqlash taomilini qo‘llash orqali takomillashtirish yuzasidan bergan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 – 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son “2023 – 2025-yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-avgustdagi 08/25-1-17758-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sanoat korxonalarida investisiyalarning samaradorligini obektiv baholash tamoyillari, vositalari va usullari o‘zaro aloqadorlikda harakatlanish tizimining yaxlitligi ta’minlangan, ayrim vositalar va usullarning takomillashuviga, shu bilan birga milliy iqtisodiyotning ijobiy o‘zagarishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishiga erishilgan.
Sanoat korxonalarining ’investisiya xavfsizligini ta’minlash ehtimolligini aniqlashda ehtimollik qiymati “ishonchli” (96% ≤ p ≤ 100%), “qoniqarli” (90% ≤ p ≤ 95%), “kritik holat” (0% ≤ p < 90%) chegaralaridagi korxonalar sifatida baholash orqali alternativ variantlar asosida erishilgan natijalarni taqqoslab qaror qabul qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son “2023 – 2025-yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentyabrdagi 592-son “Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash tog‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-avgustdagi 08/25-1-17758-sonli ma’lumotnomasi) Natijada joriy davr va istiqbolda sanoat korxonalari investisiyaviy faoliyatining iqtisodiy xavfsizligini prognoz qilish uchun vosita sifatida xizmat qilgan.
O‘zbekistonda sanoat korxonalarining investisiya faoliyatiga ta’sir etuvchi omillarni ekonometrik tahlil qilish asosida sanoat mahsulotlari hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyatida foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-maydagi PQ-146-son “2023 – 2025-yillarda Jizzax viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-sentyabrdagi 592-son “Yirik investisiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash tog‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2024-yil 24-avgustdagi 08/25-1-17758-sonli ma’lumotnomasi) Natijada sanoat mahsulotlari hajmi, investisiyalar hajmi va ishchilar umumiy sonining o‘sish surʼati kuzatilgan. Shuningdek, 2030-yilgacha bo‘lgan davrda Jizzax viloyatida sanoat mahsulotlari hajmi mos ravishda sanoat korxonalariga kiritilgan investisiyalar hajmi bilan ishchilarning umumiy soniga bevosita aloqador korrelyasiyasining zichligi maqbul variantda bo‘lishi borasida ijobiy xulosaga kelingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish