G‘ulamov Obidjon G‘ayratovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy-madaniy omillarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni” 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal 1137
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti PhD.03/30.04.2021.F.76.06.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Berdaliev Nizomiddin Sheralievich siyosiy fanlar nomzodi, dotsent
Rasmiy opponentlar: falsafa fanlari doktori, professor Nazarov Nasiriddin Ataqulovich, falsafa fanlari nomzodi, dotsent Mamatov Obidxon Vaqqosovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston jamiyatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ijtimoiy-madaniy omillarning o‘rnini ochib berish, bunda ijtimoiy- madaniy omillardan unumli foydalanish bo‘yicha nazariy jihatdan asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yoshlar ma’naviyati, ijtimoiy, madaniy omillar kabi tushunchalar metodologik jihatdan ochib berilib, bugungi kun realliklari asosida paradigmali voqelikka aylangan ijtimoiy taraqqiyotning kvintessensiyasida ma’naviy omillar ustuvorligi, ya’ni ma’naviyat va moddiy hayotning o‘zaro bog‘liqligi konseptosferasi nazariy jihatdan asoslangan; 
barkamol avlodni shakllantirish konsepsiyasining ijtimoiy ahamiyati, uning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni masalalariga e’tibor qaratilib, strategik ahamiyatdagi vazifalar echimi bevosita ta’lim va tarbiyaning klaster, ya’ni o‘quv mashg‘ulotlari, ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishning bog‘liqligini ta’minlash hamda kreativ yondashuvlar, ya’ni milliy qadriyatlarimiz, jadid taraqqiyparvarlarining ta’lim-tarbiya sohasidagi g‘oyalari, shuningdek dunyoviy ta’lim va tarbiyaning ijobiy jihatlarini uyg‘unlashtirishning muhimligi masalalari ochib berilgan;
tasviriy san’at asarlari xalq madaniy hayotining in’ikosi sifatida tarixiylik, an’anaviylik va zamonaviylik talqinidagi milliy mental xususiyatlarni ifodalovchi rangtasvirlar Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilishi, ularda vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashga hissa qo‘shishi kabi ijtimoiy mas’uliyatlarni oshirishga xizmat qilishiga asoslangan;
uchinchi Renessans asoslari mustahkamlanayotgan bugungi kunda madaniy ta’sirlarning muhim jihati bo‘lgan amaliy san’atda xalqimizga xos qahramonlik, g‘ayrat-shijoat, matonat va bag‘rikenglik ifodalanganligi yoshlarning ma’naviy yuksalishiga ijobiy ta’sir etib, ular dunyoqarashida mardlik, jasorat va matonat kabi qadriyatlarimiz bilan bog‘liqlikdagi pozitiv jihatlarning o‘sishiga xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ijtimoiy-madaniy omillarning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ijtimoiy-siyosiy takliflar asosida:
yoshlar ma’naviyati, ijtimoiy, madaniy omillar kabi tushunchalarning nazariy-metodologik jihatlari, barkamol avlodni shakllantirish konsepsiyasining ahamiyati, uning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni masalalari, yoshlar barkamolligiga doir konsepsiyalardagi vazifalar echimi, yoshlar ta’limi va tarbiyasini optimallashtirish vositalari ekanligi kabi konseptual ilmiy yangilik va xulosalaridan Respublika ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar instituti faoliyatida, xususan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining bir nechta yo‘nalishlarida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Markazning 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar institutining 2024-yil 13-apreldagi № 134-sonli Dalolatnomasi). Natijada, Yangi O‘zbekiston jamiyatida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishda ijtimoiy-madaniy omillarning o‘rnini ochib berishga xizmat qilgan;
yoshlar ma’naviyati tushunchasining dissertatsiyadagi tahlilidan kelib chiqqan holda barkamol avlodni shakllantirish konsepsiyasi va ijtimoiy hayotdagi amaliy ahamiyati, uning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishdagi o‘rni, yoshlar barkamolligini ta’minlashga doir vazifalar echimi bevosita yoshlar ta’limi va tarbiyasini optimallashtirish vositalari ekanligi kabi fikr, g‘oyalar, ilgari surilgan taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024-yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturidagi VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilgan faoliyatda, jumladan partiya tizimidagi xodimlarning ijtimoiy-ma’naviy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, o‘quv-uslubiy hamda mafkuraviy targ‘ibot ishlarida keng foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 27-martdagi №02/02-23-sonli Dalolatnomasi). Natijada, partiyaning dasturiy vazifalarini jamiyat a’zolari orasida joriy etib, milliy taraqqiyotni ta’minlashga yo‘naltirilgan ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
tasviriy san’at asarlaridagi tarixiylik, an’anaviylik va zamonaviylik talqinidagi milliy mental xususiyatlarni ifodalovchi rangtasvirlar Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga doir taklif va tavsiyalaridan Respublika ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar instituti faoliyatida, xususan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining bir nechta yo‘nalishlarida belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar targ‘iboti, Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Markazning 2022-2023-yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-madaniy tadqiqotlar institutining 2024-yil 13-apreldagi №134-sonli Dalolatnomasi). Natijada, yoshlarda vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashga doir mas’uliyatlarini oshirishga xizmat qilgan;
uchinchi Renessans asoslari mustahkamlanayotgan bugungi kunda madaniy ta’sirlarning muhim jihati sifatida amaliy san’atda hamda tasviriy san’at asarlaridagi tarixiylik, an’anaviylik va zamonaviylik talqinidagi milliy mental xususiyatlarni ifodalovchi tasvirlar va mujassamalar Yangi O‘zbekiston sharoitida yoshlar ma’naviyatini yuksaltirib, ularda vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq osoyishtaligini ta’minlashga hissa qo‘shish lozimligi kabi mas’uliyatlarni oshirishga xizmat qilishi konkret natijalar talqini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-fevraldagi “Madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining “Madaniyat va ma’rifat telekanali faoliyatini targ‘ib etishda dissertatsiya materiallaridan keng foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyaning “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2024-yilning 18-apreldagi №01-09/91-sonli Ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar dunyoqarashida milliy qadriyatlarimiz targ‘ibi bilan bog‘liqlikdagi pozitiv jihatlarning yuksalishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish