Soatov Elmurod Maxmarayimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda kurash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish”, 13.00.04-Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sogʻlomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi hamda 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4397.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Chirchiq davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbarlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Xolmurodov Laziz Zarifboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Mardanov Shukurullo Kuldashevich pedagogika fanlari doktori, professor, Xamidjonov Abdulaziz Usubjon o‘g‘li pedagogika fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talabalarida kurashning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  
talaba-kurashchilarning himoya va xujum usullarini rivojlantirish uchun texnik harakat shakllanganlik darajalari bo‘yicha baholash mezonlaridan tashkil topgan texnikani tizimli rivojlanlanganligi hamda tezkor qaror qabul qilish kabi jismoniy beqaror holat modellarini (muvozanat saqlash va organizm jismoniy holati bo‘yicha) yakka va jamoaviy harakatlariga shaxsiy differensiallikda qo‘llash hisobiga musobaqalarga maqsadli tayyorlash imkoniyatlari kengaytirilgan;   
talaba-kurashchilar bilan olib boriladigan mashgʻulotlarni takomillashtirish uchun kurashning maxsus usullarini integral yondashuv usuli yordamida konseptual asosni o‘z ichiga olgan tarkibiy, jarayonli, baholash va natija kabi komponentlarini umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi bo‘yicha moslashtiruvchi modelini ishlab chiqish hisobiga musobaqadan oldingi nazorat sinovlari va natijalar dinamikasi yaxshilangan;  
talaba-kurashchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun jismoniy, psixologik va fiziologik holati bo‘yicha qat’iyatlilik hamda irodaviylik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan kongnitiv, motivatsion, faoliyatli va shaxsiy tayyorgarlik komponentlarini ixtisoslikka xos nazariy va amaliy tayyorgarlikni integratsiya qilgan holda mashgʻulotlarga kiritish hisobiga usullarni texnik jihatdan to‘gʻri bajarish imkoniyatlari oshirilgan;   
talabalarning kurash bo‘yicha maxsus tayyorgarligini oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish modelini sog‘lom-turmush tarzini oiladan ta’limga, ta’limdan musobaqagacha munosabatida barqarorlashtiruvchi yakka va jamoaviy ish turlarini kurashning ommabop elementlari kombinatsiyasini valeologik maqsadlarni (aqliy, psixologik va somatik qobiliyatlar kabi) darajalari bo‘yicha mashgʻulotlarga kiritish hisobiga texnik harakatlarni amaliy o‘zlashtirish darajasi optimallashtirilgan.   
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Talabalarda kurash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
talaba-kurashchilarning himoya va xujum usullarini rivojlantirish uchun texnik harakat shakllanganlik darajalari bo‘yicha baholash mezonlaridan tashkil topgan texnikani tizimli rivojlanlanganligi hamda tezkor qaror qabul qilish kabi jismoniy beqaror holat modellarini (muvozanat saqlash va organizm jismoniy holati bo‘yicha) yakka va jamoaviy harakatlariga shaxsiy differensiallikda qo‘llash uslubiyati “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi “(Milliy kurash)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘iga asosan № 232-418 raqamli guvohnoma). Natijada, musobaqaga tayyorlash samaradorligi 12,5 % ga oshgan;
talaba-kurashchilar bilan olib boriladigan mashgʻulotlarni takomillashtirish uchun kurashning maxsus usullarini integral yondashuv usuli yordamida konseptual asosni o‘z ichiga olgan tarkibiy, jarayonli, baholash va natija kabi komponentlarini umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi bo‘yicha moslashtiruvchi modelni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Milliy universiteti talaba-kurashchilarining mashgʻulotlariga tatbiq etilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1-fevraldagi № 11-05-705/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, musobaqadan oldingi nazorat sinovlari va natijalar dinamikasi 11,2 % ga yaxshilangan;
talaba-kurashchilarning amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun jismoniy, psixologik va fiziologik holati bo‘yicha qat’iyatlilik hamda irodaviylik sifatlarini shakllantirishga qaratilgan kongnitiv, motivatsion, faoliyatli va shaxsiy tayyorgarlik komponentlarini ixtisoslikka xos nazariy va amaliy tayyorgarlikni integratsiya qilgan holda mashgʻulotlarga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Kurash turlari va uni o‘qitish metodikasi “(Milliy kurash)” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son buyrug‘iga asosan № 232-418 raqamli guvohnoma). Natijada, usuldan usulga o‘tish samaradorligi 9,7 % ga yaxshilangan;
talabalarning kurash bo‘yicha maxsus tayyorgarligini oshirish uchun amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish modelini sog‘lom-turmush tarzini oiladan ta’limga, ta’limdan musobaqagacha munosabatida barqarorlashtiruvchi yakka va jamoaviy ish turlarini kurashning ommabop elementlari kombinatsiyasini valeologik maqsadlarni (aqliy, psixologik va somatik qobiliyatlar kabi) darajalari bo‘yicha mashgʻulotlarga kiritishga doir taklif va tavsiyalar Qarshi va Termiz davlat universitetlari talaba-kurashchilari mashgʻulotlariga tatbiq qilingan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 1-fevraldagi № 11-05-705/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnik harakatlarni amaliy o‘zlashtirish darajasi 10,4 % ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish