Murodova Dilnoza Chorievnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini mikromoliyalashning metodologik asoslarini takomillashtirish», 08.00.07–Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt289.

Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.

Rasmiy opponentlar: Qo‘zieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xashimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini mikromoliyalashning hozirgi holatini tadqiq etish va uni takomillashtirishga oid taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tijorat banklarining zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydasining ma’lum qismini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga mikrokreditlar berishga yo‘naltirish orqali mazkur sub’ektlarga beriladigan mikrokreditlar foiz stavkalarining barqarorligini ta’minlashning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan;

tijorat banklari tomonidan sug‘urta kompaniyalarining likvidliligini baholash orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sug‘urta polisi asosida beriladigan mikrokreditlar miqdorini ko‘paytirish taklif qilingan;

tijorat banklarining resurs bazasini jamg‘arma depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish yo‘li bilan mustahkamlash orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga beriladigan mikrokreditlar hajmini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;

tijorat banklari tomonidan barqaror pul oqimiga ega bo‘lgan va to‘lovga qobillik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini alohida guruhga yo‘naltirilgan holda, ularni garovsiz mikrokreditlashni yo‘lga qo‘yish tizimi ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini mikromoliyalashning metodologik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

tijorat banklarining zaxira kapitali va taqsimlanmagan foydasining ma’lum qismini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga mikrokreditlar berishga yo‘naltirish orqali mazkur sub’ektlarga beriladigan mikrokreditlar foiz stavkalarining barqarorligini ta’minlash bo‘yicha berilgan takliflari  “Agrobank” ATB tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2018 yil 30 maydagi 23-2-18/780-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish  orqali “Agrobank” ATB tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 2017 yilda ajratilgan mikrokreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasini o‘zgarmasdan, 12% darajasida bo‘lishi ta’minlangan;

tijorat banklari tomonidan sug‘urta kompaniyalarining likvidliligini baholash orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sug‘urta polisi asosida beriladigan mikrokreditlar miqdorini ko‘paytirish takliflari “Agrobank” ATB  tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“Agrobank” ATBning 2018 yil 30 maydagi 23-2-18/780-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etish orqali “Agrobank” ATB tomonidan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sug‘urta polisi asosida berilgan mikrokreditlar miqdori 2017 yilada 2016 yilga nisbatan 17,8 mln. so‘mga ko‘payishiga xizmat qilgan;

tijorat banklarining resurs bazasini jamg‘arma depozitlarning brutto depozitlar hajmidagi salmog‘ini oshirish yo‘li bilan mustahkamlash orqali qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga beriladigan mikrokreditlar hajmini oshirish bo‘yicha berilgan takliflari “Agrobank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Agrobank” ATBning 2018 yil 30 maydagi 23-2-18/780-son ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotda qo‘llanilishi natijasida jamg‘arma depozitlarning “Agrobank” ATB jami depozitlarining hajmidagi salmog‘ini 2017 yilada 2016 yilga nisbatan 14,6 foizga oshirilishi mazkur davrda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga berilgan mikrokreditlar hajmini 5,0 barobarga oshishiga erishilgan;

tijorat banklari tomonidan barqaror pul oqimiga ega bo‘lgan va to‘lovga qobillik ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini alohida guruhga yo‘naltirilgan holda, ularni garovsiz mikrokreditlashni yo‘lga qo‘yish tizimini  takomillashtirish takliflari “Agrobank” ATB tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“Agrobank” ATBning 2018 yil 30 maydagi 23-2-18/780-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini mikromoliyalashga bo‘lgan talablarini qondirish imkoniyatini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish