Erimbetov Bayrambay Karlibaevich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarligida pedagogik nazorat qilishning nazariy-uslubiy asoslari”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped130.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Ishtaev Javlon Movlonboevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent, Korobeynikov Georgiy Valerevich biologiya fanlari doktori, professor, Yusupov Zafar Zoirovichlar pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarligida pedagogik nazorat qilishning nazariy-uslubiy asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
kurashchilarning tayyorgarligini modernizatsiyalash uchun yoshi va tayyorgarlik darajasiga qarab musobaqa bellashuvlarida yuqori malakali sportchilarning dastlabki tayyorgarlik davomiyligi, vazn toifasi hamda sport razryadlarini inobatga olgan holda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida kompleks pedagogik nazorat dasturini ishlab chiqish hisobiga, shug‘ullanuvchilarning musobaqalarga tayyorlik holatini obektiv baholash, optimal sport formasini shakllantirish va ularning musobaqalarda yuqori natijalar ko‘rsatishini ta’minlash imkoniyati kengaytirilgan;
kurash sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning musobaqa faoliyatini nazorat qilish uchun tayyorgarlik bosqichlarini (boshlang‘ich, chuqurlashtirilgan, sport takomillashuvi hamda oliy sport mahorati) inobatga olgan holda kurashchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik tizimi kurash texnikasi asoslarini o‘zlashtirish (ushlab olishlar, harakatlanish, kurashning oddiy usullari, oddiy hujum harakatlari)larni ishlab chiqish hisobiga mashg‘ulot yuklamalarini maqsadli boshqarish samaradorligi oshirilgan;  
yosh kurashchilarni sportga jalb qilish, ularni izchil tayyorlash va yuqori sport yutuqlariga erishish uchun sport tayyorgarligi tizimini bosqichma-bosqich shakllantirishda sport tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv-trenerovka jarayonida maxsus-ruhiy tayyorgarlik hamda texnik-taktik tayyorgarlik tizimini takomillashtirishda kurash texnikasini egallashni chuqurlashtirish, himoya, hujum va qarshi hujum harakatlarini egllash metodikasini optimallashtirish hisobiga shug‘ullanuvchilarning musobaqaoldi texnik-taktik harakatlarini maqsadli baholash imkoniyati kengaytirilgan;
kurashchilarning jismoniy sifatlarini yoshga mos holda rivojlantirish uchun kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida harakat funksiyasi bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun sezish (afferant) fazalari yosh davrlariga nisbatan taktik hujum, himoya va qarshi hujum bazaviy harakatlarini takomillashtirish asosida kurashchining shox usullar to‘plamini shakllantirishda diffirensial ravishda ajratib mashg‘ulotlarda qo‘llash hisobiga sportchining tezkorlik, muvozanat, koordinatsiya, chidamlilik kabi muhim jismoniy sifatlarini rivojlantirish imkaniyati oshirilgan;
kurashchilarni maqsadli tayyorlash uchun biologik va funksional yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, mashg‘ulot yuklamalari, jismoniy tayyorgarlik va musobaqa faoliyatini nazorat qilish talablarini inobatga olgan holda shug‘ullanuvchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida jismoniy sifatlar va vazn-bo‘yi rivojlanishining sensitiv (sezgir) davri asosida yuklamalarni inobatga olish asosida shakllantirish hisobiga tayyorgarlik bosqichlarini majmuaviy integral baholash shkalasi takomillashtirilgan;
yosh kurashchilar uchun ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining boshlang‘ich tayyorgarlik va o‘quv-mashg‘ulot bosqichi bo‘yicha tuzilgan o‘quv rejalariga tayangan holda texnik-taktik tayyorgarlik darajasini tizimli monitoring qiluvchi shox usullarini taktik hujum, himoya va qarshi hujum harakatlari samadorligini oshirish asosida kombinatsiyalar to‘plamini o‘quv rejasini ishlab chiqib mashg‘ulotlar jarayoniga integratsiya qilish hisobiga musobaqaoldi tayyorgarlik turlarini chuqur va obektiv baholash imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talabalari jismoniy tarbiyasining tabaqalashtirilgan modulli texnologiyasini ishlab chiqish bo’yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:  
kurashchilarning tayyorgarligini modernizatsiyalash uchun yoshi va tayyorgarlik darajasiga qarab musobaqa bellashuvlarida yuqori malakali sportchilarning dastlabki tayyorgarlik davomiyligi, vazn toifasi hamda sport razryadlarini inobatga olgan holda ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida kompleks pedagogik nazorat dasturini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston kurash federatsiyasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12932-son ma’lumotnomasi). Natijada, trener, yetakchi mutaxassis (olim) va sportchilarning o‘zaro hamkorlik ko‘nikmalari 16,2% ga oshishiga erishilgan; 
kurash sport turi bilan shug‘ullanuvchilarning musobaqa faoliyatini nazorat qilish uchun tayyorgarlik bosqichlarini (boshlang‘ich, chuqurlashtirilgan, sport takomillashuvi hamda oliy sport mahorati) inobatga olgan holda kurashchilarni ko‘p yillik tayyorgarlik tizimini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Sport mahoratini oshirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 
438-son buyrug‘iga asosan 579243-son guvohnoma). Natijada, sport turlarining dolzarb yoʻnalishlari doirasida ilmiy maktablarni tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilgan; 
yosh kurashchilarni sportga jalb qilish, ularni izchil tayyorlash va yuqori sport yutuqlariga erishish uchun sport tayyorgarligi tizimini bosqichma-bosqich shakllantirishda sport tayyorgarligi bo‘yicha o‘quv-trenerovka jarayonida maxsus-ruhiy tayyorgarlik hamda texnik-taktik tayyorgarlik tizimini optimallashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12932-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston kurash bo‘yicha asosiy terma jamoasida ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida yaqin bog‘liqlik aniqlandi korrelyasiya koeffisenti 0,86 % ga oshdi;
kurashchilarning jismoniy sifatlarini yoshga mos holda rivojlantirish uchun kurashchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida harakat funksiyasi bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun sezish (afferant) fazalari yosh davrlariga nisbatan taktik hujum, himoya va qarshi hujum bazaviy harakatlarini takomillashtirish asosida kurashchining shox usullar to‘plamini shakllantirishda diffirensial ravishda ajratib mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha  taklif va tavsiyalar “Sport mahoratini oshirish” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-sentyabrdagi 438-son buyrug‘i asosida berilgan 579243-son guvohnoma). Natijada, sport faoliyati kurash yoʻnalishi talabalarining jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash jarayonlarining dolzarb muammolari, ushbu sohada malakali mutaxassislarga qo‘yiladigan zamonaviy talablar hamda zamonaviy mutaxassislarni tayyorlashning ilmiy-nazariy tendensiyalari bo‘yicha bilimlari 17,2% ga oshgan;
kurashchilarni maqsadli tayyorlash uchun biologik va funksional yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, mashg‘ulot yuklamalari, jismoniy tayyorgarlik va musobaqa faoliyatini nazorat qilish talablarini inobatga olgan holda shug‘ullanuvchilarning ko‘p yillik tayyorgarlik bosqichlarida jismoniy sifatlar va vazn-bo‘yi rivojlanishining sensitiv (sezgir) davri asosida yuklamalarni inobatga olish asosida shakllantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Kurash o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi 
Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12932-son ma’lumotnomasi). Natijada, kurashchilarning biologik va funksional yosh xususiyatlari hamda sezgir davrlari hisobga olingan holda mashg‘ulotlar tashkil etilishi jismoniy tayyorgarlik sifati va sport natijalarining 11,7% oshishiga olib kelgan;
yosh kurashchilar uchun ko‘p yillik tayyorgarlik jarayonining boshlang‘ich tayyorgarlik va o‘quv-mashg‘ulot bosqichi bo‘yicha tuzilgan o‘quv rejalariga tayangan holda texnik-taktik tayyorgarlik darajasini tizimli monitoring qiluvchi shox usullarini taktik hujum, himoya va qarshi hujum harakatlari samadorligini oshirish asosida kombinatsiyalar to‘plamini o‘quv rejasini ishlab chiqib mashg‘ulotlar jarayoniga integratsiya qilish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha Nukus oliy sport mahorati maktabi o‘quv mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 16-dekabrdagi 03-16/12932-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston asosiy terma jamoasi kurashchilarning jismoniy sifatlari kuch sifati 12,7% ga, chidamlilik sifati 13,6% ga, tezkorlik sifati 15,2% ga oshishiga erishilgan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                