Xudaykulov Zafar Beknazarovichning
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida engil atletika vositalaridan foydalangan holda talaba-yoshlarni salomatligini mustahkamlash”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped3258.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy rahbar: Olimov Muxsinbek Sotivoldievich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori, professor, Rahmanov Rauf Rasulovich pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlarini engil atletika vositalaridan foydalanish asosida salomatligini mustahkamlovchi harakat faolligini oshirishga qaratilgan metodika bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
talaba-yoshlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda maxsus egiluvchanligini oshirishga qaratilgan bo‘g‘imlar harakatchanligini kichik, o‘rta va katta amplitudada bajariladigan oyoq, qo‘l va bel mushaklarini rivojlantiruvchi (elastlik xususiyatlarini umurtqa pag‘onasini harakatchanligini takomillashtirish kabi) mashqlarni qo‘llash hisobiga kunlik sog‘lom turmush tarzi va harakat faolligini oshirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talaba-yoshlarni jismoniy rivojlanishi va funksional holatini yaxshilash uchun ko‘krak qafasi, qo‘llar va elka bo‘g‘imlarini bukuvchi va yozuvchi mushaklarini cho‘zish mashqlarini o‘quv mashg‘ulotlar jarayonida moslashtirilgan engil atletika harakatlari (yugurish, sakrash, to‘p bilan mashqlar), maydon bo‘ylab aylanib harakatlanishda (cho‘zilish, kuch, tezlik, koordinatsiya kabi) maxsus mashqlarni qo‘llash hisobiga uzoq muddat ishchanlik qobiliyatini saqlab turish imkoniyatlari kengaytirilgan;
talaba-yoshlarni haftalik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida tezkorlik, tezkor-kuch, maxsus chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda oyoqni bukib-yozuvchi pereferik mushaklarini turli sakrash mashqlari yordamida va qisqa masofalarni takroriy, o‘zgaruvchan bajarish hisobiga ularni maxsus tayyorgarlik darajasi takomillashtirilgan;
talaba-yoshlar turmush tarzini modernzatsiyalash uchun sog‘lomlashtiruvchi yurish va yugurish haftalik mashg‘ulotlar rejasini ularni individual xususiyatidan kelib chiqib ishlab chiqish va ertalabki sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar tarkibiga kiritish hisobiga ularda kunlik sog‘lom turmush tarzi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalari talaba yoshlarini jismoniy tarbiya hamda sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlariga qiziqishi va ehtiyojini shakllantirish hamda talabalarning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
talaba-yoshlarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda maxsus egiluvchanligini oshirishga qaratilgan bo‘g‘imlar harakatchanligini kichik, o‘rta va katta amplitudada bajariladigan oyoq, qo‘l va bel mushaklarini rivojlantiruvchi (elastlik xususiyatlarini umurtqa pag‘onasini harakatchanligini takomillashtirish kabi) mashqlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent davlat texnika universiteti talaba-yoshlarini darsdan tashqari mashg‘ulot jarayonlariga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2024-yil 14-dekabrdagi 03-16/12863-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning jismoniy tarbiya va sportga qiziqish darajasini 11,2% ga oshishga erishilgan;
talaba-yoshlarni jismoniy rivojlanishi va funksional holatini yaxshilash uchun ko‘krak qafasi, qo‘llar va elka bo‘g‘imlarini bukuvchi va yozuvchi mushaklarini cho‘zish mashqlarini o‘quv mashg‘ulotlar jarayonida moslashtirilgan engil atletika harakatlari (yugurish, sakrash, to‘p bilan mashqlar), maydon bo‘ylab aylanib harakatlanishda (cho‘zilish, kuch, tezlik, koordinatsiya kabi) maxsus mashqlarni qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch davlat universiteti jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2024-yil 14-dekabrdagi 03-16/12863-son dalolatnomasi). Natijada, talabalar harakat faolligining umumiy hajmi 11,3% ga yaxshilanishga erishilgan;
talaba-yoshlarni haftalik tayyorgarlik mashg‘ulotlarida tezkorlik, tezkor-kuch, maxsus chidamlilik sifatlarini rivojlantirishda oyoqni bukib-yozuvchi pereferik mushaklarini turli sakrash mashqlari yordamida va qisqa masofalarni takroriy, o‘zgaruvchan bajarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filal darsdan keyingi jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2024-yil 14-dekabrdagi 03-16/12863-son dalolatnomasi). Natijada, talabalarning umumiy jismoniy tayyorgarligi umumiy hisobda 10,5% ga yaxshilanishga erishilgan;
talaba-yoshlar turmush tarzini modernzatsiyalash uchun sog‘lomlashtiruvchi yurish va yugurish haftalik mashg‘ulotlar rejasini ularni individual xususiyatidan kelib chiqib ishlab chiqish va ertalabki sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlar tarkibiga kiritish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Urganch davlat universiteti sog‘lomlashtiruvchi mashg‘ulotlarga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligining 2024-yil 14-dekabrdagi 03-16/12863-son dalolatnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasasi talabalarining jismoniy sifatlari 12,3% ga oshgan.