Abdurahmanov Murodjon Sayitqulovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “9-10 yoshli karatechilarda bo‘g‘imlar egiluvchanligini tarbiyalash metodikasi va uni elektron o‘lchov uskunasi yordamida baholash”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped5235.
Ilmiy rahbar: Qaypov Nietbay Aytbaevich pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Po‘latov Laziz Azamat o‘g‘li pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi 9-10 yoshli karatechilarda bo‘g‘imlar egiluvchanligini tarbiyalash metodikasi va uni elektron o‘lchov uskunasi yordamida baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yosh karatechilarni bo‘g‘imlararo egiluvchanligini aniqlash uchun ishlab chiqilgan EO‘U-M komputerlashtirilgan elektron o‘lchov uskunasidan foydalanib natijalarni katta tezlik va aniqlikda asosiy bo‘g‘imlarning egish va yozish amplitudasini aniqlash va baholash hisobiga zarbalar diapozoni va kuchiga bo‘lgan ta’siri optimallashtirilgan;
9-10 yoshli karatechilarda tana qismlarini bukish va yozish harakatlari bilan amalga oshiriladigan mashqlarni faol yondashuv asosida ertalab to‘liq, har mashg‘ulot boshida va yakunida qisqartirilgan holda dinamik tartibda mashg‘ulot  metodikasiga kiritish hisobiga bo‘g‘imlararo egiluvchanlik rivojlantirilgan;
9-10 yoshli karatechilarda bo‘g‘imlararo egiluvchanlikni rivojlanish sur’atini oshirish uchun ularni erta yoshlikdan qo‘llashda faol mashqlar asosida karateda yetakchi bo‘lgan turli holatlarda “shpagat” ushlashda qayd etiladigan egiluvchanlikni obektiv baholashga moslashtirilgan bo‘g‘imlarni egish va yozishga burchak gradusini aniqlashga qaratilgan testlar blokini ishlab chiqish hisobiga oyoqlarni ko‘ndalang cho‘zib tos-son va gilam oraliq yuzasini operativ baholash imkoniyatlari oshirilgan;
9-10 yoshli karatechilarda egiluvchanlik sifatini tarbiyalash uchun “faol-sust” mashqlar yordamida bo‘g‘imlararo harakatlarni simmetrik nisbatda shakllantirishga qaratilgan harakat amplutudasini keng diapazonda zarba berishni shiddatli qo‘llash (tos-son tizza-bo‘g‘imlar egilish graduslar barqarorligi va zahirasini aniqlash) hisobiga karatechilarni jismoniy tayyorgarligini oshirish moduli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 9-10 yoshli karatechilarda bo‘g‘imlararo egiluvchanlikni tarbiyalash metodiasi va uni zamonaviy elektron uskunalar yordamida aniqlash va baholashga qaratilgan vositalarni qo‘llash bo‘yicha tadqiqotlar davomida olingan ilmiy natijalar asosida:
yosh karatechilarni bo‘g‘imlararo egiluvchanligini aniqlash uchun ishlab chiqilgan EO‘U-M komputerlashtirilgan elektron o‘lchov uskunasidan foydalanib natijalarni katta tezlik va aniqlikda asosiy bo‘g‘imlarning egish va yozish amplitudasini aniqlash va baholash bo‘yicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining karate mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 4/420-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu yosh guruhiga mansub karatechilarda bo‘g‘imlararo egiluvchanlik 19,89% gacha o‘sishiga erishilgan.
9-10 yoshli karatechilarda tana qismlarini bukish va yozish harakatlari bilan amalga oshiriladigan mashqlarni faol yondashuv asosida ertalab to‘liq, har mashg‘ulot boshida va yakunida qisqartirilgan holda dinamik tartibda mashg‘ulot  metodikasi kiritish bo‘yicha  taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-son sport maktabi karate mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 4/420-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur yosh karatechilar gavdani oldinga egish 21,36% gacha yaxshilanishga erishilgan.
9-10 yoshli karatechilarda bo‘g‘imlararo egiluvchanlikni rivojlanish sur’atini oshirish uchun ularni erta yoshlikdan qo‘llashda faol mashqlar asosida karateda yetakchi bo‘lgan turli holatlarda “shpagat” ushlashda qayd etiladigan egiluvchanlikni obektiv baholashga moslashtirilgan bo‘g‘imlarni egish va yozishga burchak gradusini aniqlashga qaratilgan testlar blokini ishlab chiqish bo‘yicha taklif va tavsiyalar Nukus shahar Respublika sportning yakka kurash turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sport maktabi karate mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 4/420-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘g‘imlararo egiluvchanlikning umumiy o‘sish sur’ati yosh karatechilarda 9,97% gacha oshgan.
9-10 yoshli karatechilarda egiluvchanlik sifatini tarbiyalash uchun “faol-sust” mashqlar yordamida bo‘g‘imlararo harakatlarni simmetrik nisbatda shakllantirishga qaratilgan harakat amplutudasini keng diapazonda zarba berishni shiddatli qo‘llash bo‘yicha  taklif va tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar 1-son sport maktabi karate mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan  (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-fevraldagi 4/420-son ma’lumotnomasi). Natijada, chap oyoqni oldinga cho‘zib, “shpagat” ushlash bo‘yicha 11,98% gacha, o‘ng oyoqni oldinga cho‘zib “shpagat” ushlash 15,93% gacha, yaxshilanishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish