Dadaboeva Odinaxon Arabdjanovna 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Dzyudochi qizlarni tayyorlashning o‘quv-mashg‘ulot bosqichida ushlash uchun kurashish ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘liqlikda shakllantirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped3718. 
Ilmiy rahbar: Eliphanov Salman Baysultanovich pedagogika fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti. 
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01. 
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuhratulla Inoyatovich, biologiya fanlari doktori, professor, Yusupov Zafar Zoirovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va  amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quv-mashg‘ulot bosqichida dzyudochi qizlarning ushlab olish uchun kurashish ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘liqlikda shakllantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
yosh dzyudochi qizlarning mashg‘ulot jarayoni va musobaqa faoliyatida harakatlanishning barcha ushlash turlari uchun ishlab chiqilgan klassifikatsiyani (qoʻl barmoqlari va boʻgʻimlarni hujum va himoyalanishga bog‘liqligi tartibida zarur darajadagi kuchlanishlar boʻyicha texnik harakatlarni bajarish kabi) tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga ushlash texnikasi  tizimlashtirilgan;
yosh dzyudochi qizlarning texnik-taktik harakatlarini samarali amalga oshirish uchun barcha ushlash turlarini tizimlashtirilishida barmoq va bilak kuchlarini rivojlantiruvchi trenajyor va maxsus mashqlar kompleksini (uzlyuksiz-standart, oraliq, o‘zgaruvchan-oraliq, aylanma mashg‘ulot, o‘yin va musobaqa mashqlaridan iborat kompleks yondashish kabi) mashg‘ulot jarayoniga kiritish hisobiga kurashish ko‘nikmalarini o‘zaro bog‘liqlikda shakllantirish metodikasi takomillashtirilgan;   
yosh dzyudochi qizlarning mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida raqib kimonosidan ushlab olish texnikasini kompleks rivojlantirish uchun boshlang‘ich, bazaviy shakllantiruvchi, kurashish ko‘nikmasini, umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida integratsion qoʻllashga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish hisobiga texnik va taktik harakatlarni aniq bajarish imkoniyatlari kengaytirilgan; 
yosh dzyudochi qizlarni musobaqaga tayyorlashning o‘quv-mashg‘ulot bosqichida ushlab olish texnikasini kurashish ko‘nikmalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda shakllantirish, ilmiy-nazariy, amaliy va shaxsiy-faoliyatli, korreksion hamda natijaviy bloklar asosida ishlab chiqilgan modelni (bellashuvlarda eng maqbul usullarni tezkor tanlash va uni faol bajarish orqali raqib ustidan ustunlikka erishish yoki raqibga ogohlantirish olib berish kabi) tayyorgarlik jarayoniga kiritish hisobiga tayyorgarlik ko‘rsatkichlari yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh dzyudochi qizlarning ushlab olish uchun kurashish ko‘nikmalarini jismoniy va texnik tayyorgarlik bilan o‘zaro bog‘liqlikda shakllantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yosh dzyudochi qizlarning mashg‘ulot jarayoni va musobaqa faoliyatida harakatlanishning barcha ushlash turlari uchun ishlab chiqilgan klassifikatsiyani (qoʻl barmoqlari va boʻgʻimlarni hujum va himoyalanishga bog‘liqligi tartibida zarur darajadagi kuchlanishlar boʻyicha texnik harakatlarni bajarish kabi) tayyorgarlik jarayoniga kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati, “Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi” tasarrufidagi “Samuray dzyudo klubi”da o‘quv-mashg‘ulot bosqichida shug‘ullanuvchi 14-16 yoshli dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh dzyudochi qizlarning ushlash texnikasi samaradorligi 14% ga, umumiy jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari 11,6% ga oshgan, funksional holati bo‘yicha ko‘rsatkichlar o‘rtacha 11 % ga yaxshilangan;
yosh dzyudochi qizlarning texnik-taktik harakatlarini samarali amalga oshirish uchun barcha ushlash turlarini tizimlashtirilishida barmoq va bilak kuchlarini rivojlantiruvchi trenajyor va maxsus mashqlar kompleksini (uzlyuksiz-standart, oraliq, o‘zgaruvchan-oraliq, aylanma mashg‘ulot, o‘yin va musobaqa mashqlaridan iborat kompleks yondashish kabi) mashg‘ulot jarayoniga kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati, “Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi” tasarrufidagi “Samuray dzyudo klubi”da o‘quv-mashg‘ulot bosqichida shug‘ullanuvchi 14-16 yoshli dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, yosh dzyudochi qizlarning kuch sifatlari o‘rtacha 11% ga, maxsus jismoniy tayyorgarligi ko‘rsatkichlari esa 12% ga oshgan; 
yosh dzyudochi qizlarning mashg‘ulot va musobaqa faoliyatida raqib kimonosidan ushlab olish texnikasini kompleks rivojlantirish uchun boshlang‘ich, bazaviy shakllantiruvchi, kurashish ko‘nikmasini, umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida integratsion qoʻllashga qaratilgan mashg‘ulotlar jarayoniga kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati, “Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi” tasarrufidagi “Samuray dzyudo klubi”da o‘quv-mashg‘ulot bosqichida shug‘ullanuvchi 14-16 yoshli dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, dzyudochi qizlarning kuch sifatlari 9,7% ga, musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari o‘rtacha 7,6% ga, barmoq va bilak kuchi ko‘rsatkichlari 9,9% ga oshgan;
yosh dzyudochi qizlarni musobaqaga tayyorlashning o‘quv-mashg‘ulot bosqichida ushlab olish texnikasini kurashish ko‘nikmalari bilan o‘zaro bog‘liqlikda shakllantirish, ilmiy-nazariy, amaliy va shaxsiy-faoliyatli, korreksion hamda natijaviy bloklar asosida ishlab chiqilgan modelni (bellashuvlarda eng maqbul usullarni tezkor tanlash va uni faol bajarish orqali raqib ustidan ustunlikka erishish yoki raqibga ogohlantirish olib berish kabi) tayyorgarlik jarayoniga kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar Toshkent viloyati, “Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi” tasarrufidagi “Samuray dzyudo klubi”da o‘quv-mashg‘ulot bosqichida shug‘ullanuvchi 14-16 yoshli dzyudochi qizlarning o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 6-noyabrdagi 03-16/11201-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quv-mashg‘ulot bosqichi 14-16 yoshli dzyudochi qizlarining maxsus jismoniy tayyorgarlik ko‘rsatkichlari 8,7% ga o‘sgan, musobaqa faoliyati ko‘rsatkichlari samaradorligi 11,8% ga yaxshilangan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                