Xurramova Mohidil Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 -Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Normurodova Nigora Abdusattorovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Usmanova Umida Aybekovna, pedagogika fanlari doktori (DSc); Boboyorov Shuxrat Suvonqulovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori  (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari moslashuvchan tafakkur, tez o‘zgaruvchi sharoitlar  va tashabbuskorlikning uzlyuksiz o‘sishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik kompitentligini o‘z-o‘zida tarbiyalashning ratsionalligini refleksiv ko‘nikmalar mazmuniga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish modeli virtual ta’lim va guruhli muhokama vositalaridan foydalanish natijadorligini oshirish, mentorlik va individual maslahatlar xizmatini intensivlashtirish hamda ta’limiy maqsadlarga mos konkurslar,  taqdimotlar, kollaborativ o‘rganishlar tashkil etish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasi ijodiy yondashuvni faollashtirish, verbal va noverbal vositalarning integrativ xususiyatlarini pedagogik yaxlitlash hamda subekt-subekt munosabatlari qayta aloqasini barqaror ta’minlashga qaratilgan faol mikromuhit yaratish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarni rivojlantirish samaradorligi ta’lim maqsadlarining produktiv natijadorligini ta’minlovchi pedagogik infratuzilmani ta’minlash hamda  didaktik imkoniyatlarini o‘z-o‘zini faollashtirish, nazorat qilish va boshqarishning tuzilmaviy mazmuniga ratsional moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida: 
bo‘lajak o‘qituvchining pedagogik tayyorgarligi moslashuvchan tafakkurga ega, tez o‘zgaruvchi sharoitlarga moslashadigan va tashabbuskorlikning uzlyuksiz o‘sishini ta’minlashga qaratilgan pedagogik qobiliyatlarni o‘z-o‘zida tarbiyalashning ratsionalligini refleksiv ko‘nikmalari mazmuniga kiritish asosida takomillashtirishga doir takliflar asosida “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 3-maydagi 11-05-2681/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarni o‘rnini ko‘rsatishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘zini muntazam tahlil qilish, o‘zligini anglash va kamol toptirish, o‘zini va boshqalarni tushunishga ehtiyojni uzlyuksiz rivojlantirib borish metodlari integratsiyasiga amal qilishning didaktik sharoitlarini barqarorlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Pedagogik mahorat”  nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 3-maydagi 11-05-2681/04 raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlash imkoni oshirilgan; 
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish samaradorligi refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishning boshqarish imkoniyatini jadallashtirish, verbal va noverbal vositalarning moslashuvchanligi, qat’iy hukm chiqarmaslikka bo‘lgan qobiliyatlarga asoslangan o‘quv vaziyatidagi tolerantlik hatti-harakatning subekt-subekt munosabatlariga ta’sirini aniqlash asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar asosida “Pedagogik mahorat” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 3-maydagi 11-05-2681/04 raqamli ma’lumotnomasi).  Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish jarayonini boshqarishda kasbiy refleksiyaning imkoniyatini o‘rganish samaradorligi ortgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirishda baholash mezonlari refleksiv-ijodiy, funksional-metodik, axborot-tezaurusli me’zonlari va dastlabki, o‘rta, yuqori, maksimal darajalari hamda refleksiv ko‘nikmalarning produktiv samaradorligini ta’minlovchi pedagogik sharoitlarga idientiv moslashtirish asosida takomillashtirishga  doir tavsiyalar “Pedagogik mahorat”  nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2025-yil 3-maydagi 11-05-2681/04 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak o‘qituvchilarni pedagogik mahoratini oshirish jarayonida refleksiv ko‘nikmalarini rivojlantirish pedagogik sharoitlarini takomillashtirish imkoni oshirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish