Raximov Gayrat Buvaxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8273.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Madraximova Feruza Ruzimbaevna, pedagogika fanlari doktori,dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.01. 2020. Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Voxidova Norposhshaxon Habibullaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Raxmatova Feruza Abulqosimovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalar vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari vatanparvar shaxsni shakllantirish mazmunini qiyosiy tasniflash, gumanistik g‘oyalarga asoslangan shaxsiy sifatlarni ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash, madaniy qadriyatlarga sodiqlik va ongli munosabatni tarkib toptirish, milliy mentalitetining o‘ziga xos tarbiyaviy xususiyatlariga ustuvorlik berish hamda umumbashariy an’analar bilan frontal yaxlitligini ta’minlash asosida aniqlangan;
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish modeli vatanparvarlikni madaniy hodisa sifatida o‘quv jarayonida pedagogik zaruratini asoslash, faol qadriyatli munosabatlar barqarorligini izchil ta’minlash, yosh avlodni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlarni ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda o‘z-o‘zini anglash jarayonlarida ustuvor xususiyatini hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalar vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasi xalq merosi durdonalarining ta’limiy-tarbiyaviy funksiyalarini ierarxik aniqlashtirish va imkoniyatlarini pragmatik tasniflash, innovatsion, refleksiv metodlar va STEAM texnologiyalarinining tadbiqiy asoslarini variativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirilgan;
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalar vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish samaradorligi fuqarolik burch pozisiyasini shakllantirishga qaratilgan bosqichlar mazmunini real tarixiy voqealar asosidagi vaziyatlarga modifikatsiyalash, ijtimoiy-madaniy talqin qilish, hamda kognitiv va hissiy jihatlarni aniq aks ettiruvchi mezonlarni baholash ko‘rsatkichlariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalar vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari vatanparvar shaxsni shakllantirish mazmunini qiyosiy tasniflash, gumanistik g‘oyalarga asoslangan shaxsiy sifatlarni ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash, madaniy qadriyatlarga sodiqlik va ongli munosabatni tarkib toptirish, milliy mentalitetining o‘ziga xos tarbiyaviy xususiyatlari ustuvorlik berish, hamda umumbashariy an’analar bilan frontal yaxlitligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga oid takliflar (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3063/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Avloniyning didaktik merosini o‘rganish uning ta’lim jarayonida vatanparvarlik tarbiyasini rivojlantirishga hissa qo‘shadigan asosiy g‘oya va yondashuvlarini aniqlangan. 
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalarning vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish modeli vatanparvarlikni madaniy hodisa sifatida o‘quv jarayonida pedagogik zaruratini asoslash, faol qadriyatli munosabatlar barqarorligini izchil ta’minlash, yosh avlodni tarbiyalashga oid pedagogik qarashlarni ta’lim mazmuniga maqsadli integratsiyalash hamda o‘z-o‘zini anglash jarayonlarida ustuvor xususiyatini hisobga olish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3063/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Avloniy tomonidan yaratilgan didaktik tamoyil va metodlar asosida Oliy ta’lim muassasalari talabalarida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirishning uslubiy funksional modelini ishlab chiqilgan.
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalar vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasi xalq merosi durdonalarining ta’limiy-tarbiyaviy funksiyalarini ierarxik aniqlashtirish va imkoniyatlarini pragmatik tasniflash, aksiologik, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va integrativ, uzlyuksizlik tamoyilining amaliy natijadorligiga erishish, refleksiv metodlar va STEAM texnologiyalarinining tadbiqiy asoslarini variativ muvofiqlashtirish asosida takomillashtirishga oid ma’lumotlar (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3063/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Avloniyning didaktik merosi tamoyillariga asoslangan talabalarda vatanparvarlik tuyg‘usi darajasini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlarini ishlab chiqilgan.
Abdulla Avloniyning pedagogik merosi asosida talabalar vatanparvarlik tuyg‘usini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish samaradorligi fuqarolik burch pozisiyasini shakllantirishga qaratilgan bosqichlar mazmunini real tarixiy voqealar asosidagi vaziyatlarga modifikatsiyalash, ijtimoiy-madaniy talqin qilish, kognitiv, hamda hissiy jihatlarni aniq aks ettiruvchi mezonlarni baholash ko‘rsatkichlariga muvofiqligini ta’minlash asosida takomillashtirilgan metodik tavsiyalar (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetining 2025-yil 13-maydagi 11-05-3063/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Zamonaviy ta’lim muammolari sharoitida talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda Abdulla Avloniyning pedagogik g‘oyalaridan foydalanish bo‘yicha professor-o‘qituvchi va Oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun tavsiyalar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish