Mirzaeva Gulbaxor Soxibovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va ingliz badiiy matnlaridagi lingvokulturemalarning semantik tadqiqi hamda tarjima muammolari”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.1.PhD/Fil5720
Ilmiy rahbar: Ganieva Dildoraxon Azizovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02. 
Rasmiy opponentlar: Sodiqov Zohidjon Yaqubjanovich, filologiya fanlari doktori, professor; Marufova Zulfiya Nabievna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz badiiy matnlarida uchraydigan lingvokulturemalarning leksik-semantik va milliy-madaniy xususiyatlarini aniqlash hamda ularning tarjima jarayonida qo‘llanish usullarini tadqiq etishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘zbek va ingliz badiiy matnlaridagi lingvokulturemalarning leksik-semantik xususiyatlari ilk marta o‘zbek millatiga xos, turkiyzabon xalqlarga xos, bir necha madaniyatlar uchun umumiy bo‘lgan universal lingvokulturemalarga ajratilgan holda chog‘ishtirma aspektda tahlil qilinib, denotativ realiyalar qo‘llanishidagi ijtimoiy-tarixiy jihatdan umumiy, milliy koloritni ifodalashdagi farqli jihatlari aniqlangan;                                 
turli lingvomadaniy muhitlarda ekstralingvistik omillar natijasida Qovoq, Bo‘taloq, Vavagʻ; Hulk, Windjammer, Woodenhead kabi lakuna hodisasiga uchragan badiiy obrazlarga qo‘shimcha ma’no yuklovchi konnotativ realiyalar madaniy-semantik bo‘shliq hosil qilishi semantik-assotsiativ jihatdan misollar asosida dalillangan;        o‘zbek va ingliz tillaridagi universal lingvokulturemalar tarjimasi bilan bog‘liq  xususiyatlar aniqlanib, lingvokulturemalarning badiiy matnlarda tarjima adekvatligi lisoniy va nolisoniy omillarga bog‘liq bo‘lib, milliy kolorit saqlanishida tarjimonning asosiy to‘rt xil: transliteratsiya, transkripsiya, adaptatsiya, kalkalash usullarini qo‘llash mahorati, shu bilan birga, uslubiy imkoniyatlar va cheklovlar aniqlangan;            
har ikki tildagi badiiy matnlar tarkibida chog‘ishtirilayotgan lingvokulturologik xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi murakkab sintaktik butunliklar aniqlanib, bunday birliklarning tarjima bilan bog‘liq sintagmatik, pragmatik, tarixiy-genetik, madaniy-estetik jihatlari ilmiy dalillangan.                                             
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va ingliz badiiy matnlaridagi lingvokulturemalarning semantik tadqiqi hamda tarjima muammolari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:                            o‘zbek va ingliz badiiy matnlaridagi lingvokulturemalarning leksik-semantik xususiyatlari ilk marta o‘zbek millatiga xos, turkiyzabon xalqlarga xos, bir necha madaniyatlar uchun umumiy bo‘lgan universal lingvokulturemalarga ajratilgan holda chog‘ishtirma aspektda tahlil qilinib, denotativ realiyalar qo‘llanishidagi ijtimoiy-tarixiy jihatdan umumiy, milliy koloritni ifodalashdagi farqli jihatlari aniqlanganligi; turli lingvomadaniy muhitlarda ekstralingvistik omillar natijasida Qovoq, Bo‘taloq, Vavag‘; Hulk, Windjammer, Woodenhead kabi lakuna hodisasiga uchragan badiiy obrazlarga qo‘shimcha ma’no yuklovchi konnotativ realiyalar madaniy-semantik bo‘shliq hosil qilishi semantik-assotsiativ jihatdan misollar asosida dalillanganligiga doir ilmiy natija va xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasida amalga oshirilgan “O‘zbek milliy raqs san’atini targ‘ib etishga bag‘ishlangan veb-sayt va multimedia mahsulotlari (elektron lug‘atlar) to‘plami yaratish” mavzusidagi F3-2019081663 raqamli fundamental loyihani bajarishda, xususan, “O‘zbek folklor san’ati terminlarining qisqacha o‘zbekcha-inglizcha-nemischa izohli lug‘ati”ni yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining 2024-yil 14-avgustdagi 1-04/116-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari mukammallashtirilgan va ilmiy-amaliy dalillar bilan boyitilgan;    
o‘zbek va ingliz tillaridagi universal lingvokulturemalar tarjimasi bilan bog‘liq  xususiyatlar aniqlanib, lingvokulturemalarning badiiy matnlarda tarjima adekvatligi lisoniy va nolisoniy omillarga bog‘liq bo‘lib, milliy kolorit saqlanishida tarjimonning asosiy to‘rt xil: transliteratsiya, transkripsiya, adaptatsiya, kalkalash usullarini qo‘llash mahorati, shu bilan birga, uslubiy imkoniyatlar va cheklovlar aniqlanganligiga doir xulosalardan Amerika Qo‘shma Shtatlarining O‘zbekistondagi elchixonasining 2021-2023-yillarda faoliyat olib borgan “Mindonobod Satellite Access Microscholarship Program” S-UZ800-21-GR-3126 xalqaro amaliy loyihasi doirasida foydalanilgan (Farg‘ona tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi 62-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2025-yil 13-yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ilmiy jihatdan boyitilib, undagi madiniyatlararo muloqot, til va madaniyat munosabatlariga doir nazariy, amaliy asoslar takomillashtirilgan;        har ikki tildagi badiiy matnlar tarkibida chog‘ishtirilayotgan lingvokulturologik xususiyatlarni o‘zida aks ettiruvchi murakkab sintaktik butunliklar aniqlanib, bunday birliklarning tarjima bilan bog‘liq sintagmatik, pragmatik, tarixiy-genetik, madaniy-estetik jihatlari ilmiy dalillanganligiga oid xulosalardan 2022-2023-yillarda O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanalining “Bedorlik”, “Ijod zavqi”, “Ta’lim va taraqqiyot”, “Millat va ma’naviyat” eshittirishlari ssenariysini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 30-avgustdagi 903-son ma’lumotnomasi). Natijada teleko‘rsatuvlar uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni takomillashgan va eshittirishlarda taqdim etilgan mazkur ilmiy natijalar tomoshabinlarning milliy-madaniy jihatdan so‘zlarga e’tiborli bo‘lishida va ularni o‘rinli qo‘llashida muhim ahamiyat kasb etgan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                