To‘raev Abdurahim Nortojievichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditni tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish», 08.00.08–Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Iqt76.
Ilmiy maslahatchi: Karimov Akrom Abbasovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.27.06.2017.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Dusmuratov Radjapbay Davlatbaevich, iqtisodiyot fanlari doktori professor; Aliqulov Abdimo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmatini tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlashni hujjatlashtirish hamda ichki auditorlarni imtihondan o‘tkazish tartibi takomillashtirilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmati faoliyatining “ichki audit rejasi” hamda “ichki audit dasturi” ishchi hujjatlari tarkibiy tuzilishi takomillashtirilgan;
xalqaro ichki audit standartlarining kafolat dasturi asosida ichki auditning sifatini nazorat qilish va uning samaradorligini ta’minlash asoslab berilgan;
ichki audit xizmati ish natijalari bo‘yicha tahliliy, yakuniy va tasdiqlaydigan hujjatlarni qamrab oluvchi yig‘ma hisobotning namunaviy shakli ishlab chiqilgan;
ichki audit tekshiruvi dalillaridan foydalanish orqali tashqi auditni o‘tkazish muddati va xarajatlarini kamaytirilishi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmatini tashkil etish va uning uslubiyotini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlashni hujjatlashtirish hamda ichki auditorlarni imtihondan o‘tkazish tartibi bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2018 yil 29 martdagi 66-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi buyrug‘ini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni joriy qilish orqali xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmati xodimlarini sertifikatlashni hujjatlashtirish tizimi va ularni imtihondan o‘tkazish talablarining tartibi qulay bo‘lishiga erishilgan;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki audit xizmatining ishchi hujjatlari tarkibini takomillashtirish bo‘yicha berilgan takliflari “Sherobod paxta tozalash” AJ, Toshkentdonmahsulotlari AJ, “Qurilishmashlizing” AJda foydalanilgan. (“O‘zpaxtasanoat” AJning 2017 yil 26 oktyabrdagi 01-15/3195-son, “Toshkentdonmahsulotlari” AJning 2017 yil 23 noyabrdagi 5/1262-son, “Qurilishmashlizing” AJning 2017 yil 6 noyabrdagi 01/07-562-son ma’lumotnomalari) Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llanilishi natijasida “Sherobod paxta tozalash” AJda ichki audit o‘tkazish muddati 2016 yilda 8%ga, Toshkentdonmahsulotlari” AJda 2016 yilda 12,5%ga, “Qurilishmashlizing” AJda 2017 yil 9 oyi mobaynida 25,5%ga kamayishga erishilgan;
xalqaro ichki audit standartlarini joriy qilish bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Auditorlar palatasi tomonidan amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ichki auditorlik tekshiruvlari sifati va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ichki audit xizmati ish natijalari bo‘yicha tahliliy, yakuniy va tasdiqlaydigan hujjatlarni qamrab oluvchi yig‘ma hisobotning namunaviy shakli O‘zbekiston Auditorlar palatasi, “Sherobod paxta tozalash” AJ, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son, “O‘zpaxtasanoat” AJning 2017 yil 26 oktyabrdagi 01-15/3195-son, O‘zbekiston Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasining 2017 yil 20 dekabrdagi 129-son, “O‘zneftgazqazibchiqarish” AJning 2018 yil 26 iyundagi 10-5/699j-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi ichki audit xizmati hisobotlarini shakl jihatdan birxillashtirishga asos bo‘lib xizmat qilgan;
Tashqi audit faoliyatida ichki audit xizmati ma’lumotlari va natijalaridan foydalanish taklifi O‘zbekiston Auditorlar palatasi, “Sherobod paxta tozalash” AJ, “Qurilishmashlizing” AJ, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2017 yil 2 noyabrdagi 136-son, “O‘zpaxtasanoat” AJning 2017 yil 26 oktyabrdagi 01-15/3195-son, “Qurilishmashlizing” AJning 2017 yil 6 noyabrdagi 01/07-562-son, “Toshkentdonmahsulotlari” AJning 2017 yil 23 noyabrdagi 5/1262-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llanilishi natijasida tashqi audit o‘tkazish uchun sarflanadigan xarajatlar “Sherobod paxta tozalash” AJda 10%ga, “Qurilishmashlizing” AJda 9,5%ga, “Toshkentdonmahsulotlari” AJda 9%ga kamayishiga erishilgan.