Talipdjanov Askar Imamdjanovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori malakali futbolchilarning oʻquv-mashgʻulot jarayonini boshqarishda pedagogik nazorat”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashgʻulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.DSc/Ped366.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.33/01.02.2022.Ped.146.01.
Ilmiy maslahatchi: Kerimov Fikrat Azizovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar Raxmatova Dilnoza Nigbaevna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor, Koshbaxtiev Ildar Axmedovich pedagogika fanlari doktori, professor, Korobeynikov Georgiy Valerevich biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori malakali futbolchilar uchun kompleks pedagogik nazorat tizimini yaratish va mashg‘ulot jarayonini boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yuqori malakali futbolchilar tayyorgarlik samaradorligini oshirish uchun kompleks pedagogik nazorat tadbirlarini (yuklamalarni kumulyativ mashg‘ulot samaradorligi va sportchining permanent holatini tahlil qilish kabi) o‘tkazish algoritmi bo‘yicha musobaqa va mashg‘ulot faoliyatini tezkor nazorat qilish hisobiga jismoniy tayyorgarlik darajasi va funksional holati dinamikasini boshqarish tizimi takomillashtirishgan;
yuqori malakali futbolchilarning musobaqa faoliyatini nazorat qilish uchun texnik-taktik harakatlarni baholashning miqdoriy mezonlarini bellashuv jarayonida o‘yinchilarning maydondagi ampluasi bo‘yicha minimal va maksimal hamda optimal harakatlar nisbatini belgilab berish hisobiga o‘yin natijadorlik ko‘rsatkichlari oshirilgan;
futbolchilarning mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini samarali rejalashtirish uchun pedagogik nazoratni yanada obektivlashtirishga qaratilgan o‘yinchilar ampluasi bo‘yicha 5 ta shiddat zonasida harakat faolligini sprint va maksimal imkoniyatlari bo‘yicha tezlik ko‘rsatkichlarini belgilab berish hisobiga himoyachi, yarim himoyachi va hujumchilar harakati integratsiyasi takomillashtirilgan;
yuqori malakali futbolchilar funksional tayyorgarligini nazorat qilish uchun o‘quv-mashg‘ulotlarida fiziologik va jismoniy yuklamalar parametrlari o‘rtasidagi nisbatlari hamda tezkor mashg‘ulot ta’sirining sifat ko‘rsatkichlari (YuQS, laktat, kvadrat, sakkizlik kabi testlar) ishonchliligi va axborotliligini ilmiy asoslab berish hisobiga foydali ish qobiliyatini namoyish etish jarayoni optimallashtirilgan;
futbolchilar tayyorgarligini modernizatsiyalash uchun tezkor va qoldiqli mashg‘ulot samaradorligi (mashgʻulot oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarilishi yoki toʻliq bajarilmasligini tahlil qilish kabi) asosida navbatdagi yuklamalarni korreksiyalagan holda parallel rejalashtirib qo‘llash hisobiga yangi mashg‘ulot yuklamalarini to‘g‘ri rejalashtirish hamda maqsadli boshqarish imkoniyatlari kengaytirilgan;
yuqori malakali futbolchilar yillik tayyorgarligini zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarish uchun jismoniy tayyorgarlik darajasi va dinamikasi bo‘yicha mavsumning boshi, o‘rtasi va oxirida funksional holatning barqarorlik dinamikasini saqlab qolishga qaratilgan modelni mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga yillik musobaqalarga maqsadli tayyorlash va o‘yin jarayonini natijaviy yakunlash imkoniyatlari kengaytirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yuqori malakali futbolchilarning mashg‘ulot jarayonini boshqarishda kompleks pedagogik nazorat bo‘yicha pedagogik tajribalar davomida olingan natijalar asosida:
yuqori malakali futbolchilar tayyorgarlik samaradorligini oshirish uchun kompleks pedagogik nazorat tadbirlarini (yuklamalarni kumulyativ mashg‘ulot samaradorligi va sportchining permanent holatini tahlil qilish kabi) o‘tkazish algoritmi bo‘yicha musobaqa va mashg‘ulot faoliyatini tezkor nazorat qilish boʻyicha taklif va tavsiyalar “Paxtakor” futbol klubi mashgʻulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-iyuldagi 03-16/7378-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilarning musobaqa va mashg‘ulot faoliyatini tez nazorat qilish, jismoniy yuklamaning mashg‘ulot ta’sirini baholash, yuklamalarning tashqi va ichki tomonlari nisbatlarini aniqlash, jismoniy tayyorgarlik darajasi va futbolchilarning joriy funksional holati dinamikasini kuzatishga imkon bergan;
yuqori malakali futbolchilar funksional tayyorgarligini nazorat qilish uchun o‘quv-mashg‘ulotlarida fiziologik va jismoniy yuklamalar parametrlari o‘rtasidagi nisbatlari hamda tezkor mashg‘ulot ta’sirining sifat ko‘rsatkichlari (YuQS, laktat, kvadrat, sakkizlik kabi testlar) ishonchliligi va axborotliligini ilmiy asoslash boʻyicha taklif va tavsiyalar O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi futbolchilari mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-iyuldagi 03-16/7378-sonli ma’lumotnoma). Natijada, 34,6%, futbolchida jismoniy yuklamalarga bo‘lgan reaksiya yaxshilangan; 48,7% futbolchida yurak-qon tomir, vegetativ va nafas olish tizimlarining tiklanish ko‘rsatkichlari yaxshilangan, 46,9% futbolchida YuQS daqiqada 170 zarbadan yuqori zonada ishlashga bo‘lgan yuqori darajadagi tayyorgarlik aniqlangan;
yuqori malakali futbolchilarning musobaqa faoliyatini nazorat qilish uchun texnik-taktik harakatlarni baholashning miqdoriy mezonlarini bellashuv jarayonida o‘yinchilarning maydondagi ampluasi bo‘yicha minimal va maksimal hamda optimal harakatlar nisbatini belgilab berish boʻyicha taklif va tavsiyalar “Bunyodkor” (Toshkent sh.) futbol klubi mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-iyuldagi 03-16/7378-sonli ma’lumotnoma). Natijada, o‘yinchilarda sport mahorati darajasining 11,4% ga oshishiga yordam bergan, shuningdek, jamoaning tayyorgarlik jarayonini optimallashtirishga imkon yaratgan;
futbolchilar tayyorgarligini modernizatsiyalash uchun tezkor va qoldiqli mashg‘ulot samaradorligi (mashgʻulot oldiga qoʻyilgan vazifalarni bajarilishi yoki toʻliq bajarilmasligini tahlil qilish kabi) asosida navbatdagi yuklamalarni korreksiyalagan holda parallel rejalashtirib qo‘llash boʻyicha taklif va tavsiyalar “Bunyodkor” jamoasi futbolchilarining mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-iyuldagi 03-16/7378-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, futbolchilar organizmining funksional holati to‘g‘risida obektiv ma’lumotlar olishga, mashg‘ulot yuklamalarining rejalashtirilishiga o‘z vaqtida tuzatishlar kiritishga imkon yaratgan va mashg‘ulot jarayonini boshqarish samaradorligi 19,3% ga, texnik-taktik harakatlar hajmi 13,9% ga, texnik usullarni bajarish samaradorligi 9,6% ga oshgan;
futbolchilarning mashg‘ulot va musobaqa jarayonlarini samarali rejalashtirish uchun pedagogik nazoratni yanada obektivlashtirishga qaratilgan o‘yinchilar ampluasi bo‘yicha 5 ta shiddat zonasida harakat faolligini sprint va maksimal imkoniyatlari bo‘yicha tezlik ko‘rsatkichlarini belgilab berish boʻyicha taklif va tavsiyalar “Bunyodkor” (Toshkent sh.) futbol klubi malakali futbolchilarining mashg‘ulot jarayoniga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-iyuldagi 03-16/7378-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, quyidagi yo‘nalishdagi yuklamalar hajmini oshirishga muvaffaq bo‘lingan: anaerob-alaktat - 6,8% ga, anaerob-glikolitik - 7,3% ga, anabolik - 10,7% ga oshgan;
yuqori malakali futbolchilar yillik tayyorgarligini zamonaviy asosda tashkil etish va boshqarish uchun jismoniy tayyorgarlik darajasi va dinamikasi bo‘yicha mavsumning boshi, o‘rtasi va oxirida funksional holatning barqarorlik dinamikasini saqlab qolishga qaratilgan modelni mashg‘ulotlarga kiritish boʻyicha taklif va tavsiyalar “Paxtakor” futbol klubi mashg‘ulot jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 23-iyuldagi 03-16/7378-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, anaerob-glikolitik qobiliyatlar 12,4% ga, anaerob-alaktat qobiliyatlar 8,2% ga, submaksimal tezlik zonasida harakatlanish ko‘rsatkichlari 22,3% va maksimal tezlik zonasida harakatlanishlar 6,4% ga oʻsgan, katta yuklamalardan so‘ng funksional tizimlarning tiklanishi 24 soatgacha qisqargan, oyoqlar mushaklarining tiklanishi 36 soatgacha kamaygan.