Xodjibabaev Xusan Abdusalom o‘g‘lining  
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoya haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Toshkent shahar ekotizimidagi texnogen ifloslanishlarni manzarali daraxtlarga ta’sirini o‘rganish, 11.00.05 – Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rusurslardan oqilona foydalanish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Gr296.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
Ismailxadjaev Baxodirxodja Sharipxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.18/30.11.2022.T.153.01 raqamli Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: Turaboev Akmal Normo‘minovich, biologiya fanlari doktori, professor; Keldiyarova Gulmira texnika fanlari doktori,  dotsent.
Yetakchi tashkilot – Qarshi davlat texnika universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahrining markaziy ko‘chalarida transport vositalarining harakatlanish intensivlik ko‘rsatkichlari bilan atmosferaga chiqadigan zararli moddalarning sifati va miqdorini inobatga olgan holda manzarali daraxtlarga ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Toshkent shahri ko‘chalarida avtotransportdan atmosfera havosiga chiqadigan zaharli gazlarning joyning relefi va shamol yo‘nalishini hisobga olgan holda atrof-muhitga ta’siri baholashni hisoblash usuli takomillashtirilgan;
Toshkent shahar avtotransport chorrahalaridagi Sharq chinori daraxt barglari tarkibidagi pigmentlar miqdori Yangi Sergeli ko‘chasida bahor faslida 9,36 mg/g dan Botanika bog‘ida ushbu ko‘rsatgich 26,36 mg/g o‘zgargan avtotransport miqdorini bog‘liqligi aniqlangan;
Toshkent shahrida transport vositalari tomonidan avtomagistrallarda chiqariladigan zararli og‘ir metall moddalarning atmosfera ifloslanish ko‘rsatgichlari aniqlashda chorrahalardagi daraxatlarni turi va biomassasiga bog‘liqligi isbotlangan; 
Ilk bor GAT texnologiyasi asosida atmosferani ifloslantiruvchi tashlamalarning Toshkent shahri hududidagi oxirgi 3 yillik umumiy ifloslanish ma’lumotlarini inobatga olgan holda barg pigmentlari va og‘ir metallar miqdorini baholovchi bazasi va maydon bo‘yicha tarqalish xaritasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Toshkent shahar ekotizimidagi texnogen ifloslanishlarni manzarali daraxtlarga ta’sirini o‘rganishning ilmiy asoslari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Toshkent shahar atmosfera ifloslanish darajasi, tanlab olingan obektlarning tuproq namunalaridagi og‘ir metallar miqdor ko‘rsatgichlari hamda obektlardagi manzarali daraxt barglaridagi pigmentlar miqdori Arc-Gis texnologiyasi yordamida taqqoslash ishlari olib borilib Toshkent shaharining Sergile, Uchtepe tumalarlari hududiga joriy etilgan. (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 7-yanvardagi 03-03/1-03/3-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahrida avtotransport vositalaridan chiqadigan turli xil tashlanmalar atrof-muhitga birinchi navbatda havoning sifat ko‘rsatgichlariga hamda manzarali daraxt barglaridagi pigmentlar miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va bu ta’sir manzarali daraxt turiga bog‘liq holda hamda yilning mavsumiga qarab o‘zgarib turishi aniqlangan;
Toshkent shahridagi asosiy ekologik muammolardan biri transport vositalaridan chiqadigan zararli moddalarning atrof muhitga ta’siri va avtotransport vositalari serqatnov yo‘llar chetiga manzarali daraxtlarni tanlab ekish orqali atmosfera ifloslanishini oldini olish maqsadida “Avtotransport vositalaridan chiqadigan ifloslantiruvchi tashlanmalarning manzarali daraxtlarga ta’sirini baholash” nomli tavsiyanoma ishlab chiqilgan va Toshkent shahariga joriy etilgan. (Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 7-yanvardagi 03-03/1-03/3-138-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining Toshkent shahar va Toshkent viloyati boshqarmalarida hamda uning tizimida amaliyotda foydalanish orqali Toshkent shahrining ekologik holat yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish