Raxmonov Omadjon Mamasidiq o‘g‘lining 
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Virtual texnologiyalar vositasida talabalarni kasbiy  kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.02  Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5135
Ilmiy rahbar: Xasanov Sharobidin Azamovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti va Andijon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Andijon davlat texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2020.T.124.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan bir martalik Ilmiy kengash.  
Rasmiy opponentlar: Kazieva Turg‘unoy Tursunboevna, pedagogika fanlari doktori, professor, Xanbabaev Hakimojon Ikramovich pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi. Talabalarning kasbiy kompetentligini virtual texnologiyalar vositasida takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini aniqlash, ularning nazariy asoslarini ishlab chiqish hamda mazkur jarayonning samaradorligini ta’minlovchi pedagogik model va texnologiyalarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat: 
talabalarda kasbiy kompetentlikni virtual texnologiyalari vositasida takomillashtirishning qayta ta’sir etish (interaktiv) darajasi mutanosibligini ta’minlash uchun kasbiy tarbiya (kognitiv-maqsadli, faoliyatga doir va refleksiv) komponentlari didaktik talablar (anglash, uqtirish, o‘zlashtirish)ni joriy qilish asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikni virtual texnologiyalari vositasida takomillashtirishning kasbiy kompetensiya komponentlari (bilim, ko‘nikma, malaka, ijodkorlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatsevarlik) tarbiyaviy jarayon dinamikasiga tarbiya metodlari (debat, fasilitatsiya)ni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikni virtual texnologiyalari vositasida takomillashtirish jarayonining samaradorligi kasbiy mahorat (o‘quv mashg‘ulotini loyihalash, pedagogik jarayonni boshqarish, pedagogik texnikaga ega bo‘lish), deentologik sifatlar kabi akmeologik motivatsiya texnologiyalarini joriy qilish orqali takomillashtirilgan;
talabalarda kasbiy kompetentlikni axborot texnologiyalari vositasida takomillashtirishning an’anaviy tizimi (avtoritar uslubda pedagogik tadbirlarni uyushtirish)dan farq qiluvchi “Intensiv tarbiya-taraqqiyot garovi” nomli yangi texnologik kouching dasturini tatbiq etish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida virtual texnologiyalar vositasida bo‘lajak o‘qituvchilarga kasbiy kompetentlik mazmunini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
talabalarda kasbiy kompetentlikni virtual texnologiyalari vositasida takomillashtirish jarayonining pedagogik-psixologik xususiyatlariga qayta ta’sir etish darajasi mutanosibligini ta’minlashga qaratilgan takliflardan “Ta’limda axborot texnologiyalar” nomli o‘quv qo‘llanmani shakllantirishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2023-yil 29-maydagi 232-son ma’lumotnomasi). Natijada OTM talabalarini kasbiy sifatga oid axborot texnologiyalarining nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash usullari boyitilgan;
Oliy ta’lim talabalarida axborot texnologiyalariga oid fanlar bo‘yicha tashkil etishga, mashg‘ulotlarni kuzatish va tahlil qilish qilishga yo‘naltirilgan tavsiyalardan 2020-2021, 2021-2022-o‘quv yillari mobaynida, Andijon, Farg‘ona, hamda Guliston davlat universitetlarida talabalarga “Ta’limda axborot texnologiyalari” fani doirasida virtual texnologiyalarini ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali ta’lim samaradorligini oshirishning ahamiyati va uni takomillashtirish, rivojlantirish hamda kelajak avlod va yoshlarni axborot kompetentligini shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni vujudga keltirishda amaliy yordam ko‘rsatishni samarali modelini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Andijon davlat universiteti, Farg‘ona davlat universiteti, Guliston davlat universitetlarining 2022-2023-yillardagi ma’lumotnomasi). Natijada Oliy ta’lim talabalarining Axborot texnologiyalariga oid materiallardan foydalanish orqali, axborot kompetentligini shakllantirish va muhim yo‘nalish sifatida ta’lim tizimida samarali o‘rganilishi imkoniyatlarini yoritish, mashg‘ulotlarni mazmunli tanlashda tarixiy, milliy, mahalliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olish yuzasidan bilim, ko‘nikma va malakalari sezilarli darajada oshgan;
talabalarda virtual kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan adaptiv metodlar raqamli ta’lim imkoniyatlari virtual texnologiyalari yordamida talaba yoshlarni kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali o‘z kasbiga munosib kadrlar tayyorlash va bu bilan kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli oqibatlarni oldini olishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan “O‘zaro ulangan, moslashuvchan va aqlli svetofor boshqarish tizimlarini ishlab chiqish” nomli innovatsion tadqiqot loyihani bajarishda ilmiy-amaliy loyiha sifatida foydalanilgan (Andijon davlat universitetida 2022-2023-yillarda bajarilgan 2022/7 raqamli ma’lumotnomasi). Natijada taklif va tavsiyalar asosida “Ta’limda axborot texnologiyalar” fanlari o‘quv dasturi takomillashtirilgan, nazariy va amaliy jihatiga ko‘ra mazmunan boyitilgan.
talabalarni virtual texnologiyalardan foydalangan holda kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish orqali o‘z kasbiga munosib tayyorlash va bu orqali kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammoli oqibatlarning oldini olish, shuningdek, raqamli texnologiyalarni ta’lim tizimiga kiritish zaruriyatini aniqlash maqsadi belgilandi. Ushbu tadqiqot natijalari fan va amaliyotni, jumladan, iqtisodiyot tarmoqlarini, ijtimoiy sohani rivojlantirishda, raqamli ta’lim va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish bilan bog‘liq ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirishda, shuningdek, fan va amaliyotni takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalardan “Ausbildung und Arbeit Plus GmbH” ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan (Ausbildung und Arbeit Plus GmbH Germaniya ta’limni rivojlantirish markazining 2023-yil 12-apreldagi 29/28207-sonli sertifikati). Natijada ta’lim tizimining nazariy asoslarini mustahkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini shakllantirishga qaratilgan ta’lim va ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishga xizmat qilgan.
 
                                 
                                 
                                 
                                 
                                