Bekmanova Gulbaxar Begdullaevna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya darslarini innovatsiya texnologiyalari asosida takomillashtirish (kimyo fani misolida)»
13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (kimyo) ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3526
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Karlıbaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.20.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Aytimbetov Maxset Zinatdinovich pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dotsent
Allaniyazov Davran Orazimbetovich texnika fanlari doktori (DSc),katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Urganch Davlat Universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Oliy ta'lim muassasalarida kimyo fanidan laboratoriya ishlarini tashkil etishda reaktivlar va uskunalarning etishmasligi real tajribalarni o‘tkazishga to‘sqinlik qilmoqda. Bu muammo innovatsion texnologiyalar asosida takomillash va ta'limga virtual laboratoriyalar joriy qilish. Ishlab chiqqan virtual laboratoriya dasturi orqali talabalar real laboratoriya o‘rniga virtual muhitda tajribalar o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘lish. Ushbu dastur yagona dars siklini yaratish, ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan samarali metodikani nazariy jihatdan asoslab, amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Oliy ta’lim muassasalarida kimyo laboratoriya mashg‘ulotlari raqamli texnologiyalar – virtual laboratoriyalar, AR/VR platformalari va multimedia ETR vositalari asosida takomillashtirilib, matn, illyustratsiya, video va tovushli resurslardan samarali foydalanish yo‘lga qo‘yilgan;
kimyo fanini o‘qitishda va laboratoriya mashg‘ulotlarini mediata’lim asosida olib borish metodikasi sifatida interaktiv dialog va muloqot yondashuvlari ishlab chiqilib, ushbu metodika zamonaviy texnologiyalar, xususan, "Virtual Kimyo laboratoriyasi" ilovasining Windows platformasida C# va WinForms asosida integratsiyasi orqali talabalarning kognitiv, reflektiv va amaliy ko‘nikmalarini takomillashtirilgan va yaratilgan;
kimyo laboratoriyalarida Dalton va individual yondashuv asosida raqamli muhit konsepsiyasi ishlab chiqilib, talabalarning ilmiy tafakkuri va tahliliy ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan innovatsion mezonlar takomillashtirilgan;
fanini o‘qitishda virtual laboratoriya va veb-forumlar yordamida talabalarning mustaqil tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, Problem Based Learning yondashuvi va raqamli texnologiyalar integratsiyasining samaradorligi baholandi va innovatsion topshiriqlar shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari asosida:
Oliy ta’lim muassasalarida laboratoriya mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijasida kimyo fanining laboratoriya darslariga multimedia elektron ta’lim resurslarini (ETR) integratsiya qilish metodikasi ishlab chiqildi. Jumladan, matnli axborot, grafik tasvirlar, audio va video materiallar asosida yaratilgan “Aminokislotalar. Peptidler hám beloklar” nomli elektron o‘quv qo‘llanma orqali talabalarning amaliy bilim va ko‘nikmalari chuqurlashtirildi. (Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil 07-maydagi 149-sonli bo‘yrig‘i, 857318 raqamli guvohnoma). Ushbu yondashuv natijasida talabalarda oqsillar, nuklein kislotalar va kofermentlarning almashinuvdagi roli, shuningdek, vitaminlar tarkibidagi ishtiroki laboratoriya mashg‘ulotlari orqali samarali o‘zlashtirilgan.
Kimyo fanini o‘qitishda va laboratoriya mashg‘ulotlarini mediata’lim asosida olib borish metodikasi va interaktiv dialog, interaktiv muloqot, interaktiv o‘qitish usullar ishlab chiqishda “YoA5-XT-1-31884-raqamli “Innovatsion texnologiyalar sharoitida fizika o‘qituvchisini metodik tayyorgarligini shakllantirish usullari” mavzusi asosida foydalanilgan. (Nukus davlat pedagogika instituti 2024-yil ma’lumotnomasi). (TDPU 11-05-h125/04-sonli dalolatnoma) Natijada dars jarayonida interaktiv usullarni foydalanishning metodik tayyorgarligini uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilgan.
Kimyo laboratoriya mashg‘ulatlarida dalton-rejasi, laborotoriya rejasi, individualizatsiyalangan ta’lim tizimi asosida axborot texnologiyalarini qo‘llash mexanizmini takomillashtirishda YoA-1-22. “Fanlarni o‘qitishda innovatsion pedagogik texnologiyalarning modernizatsiyalashgan tiziminiishlab chiqish” (2015-2017 yy.), nomli grant doirasida foydalangan. (TDPU 16-iyun 2024-yil.). (TDPU 11-05-h125/04-sonli dalolatnoma). Natijada dars jarayonida vertual laborotoriya, veb-forumlar asosida axborot texnologiyalaridan foydalanishning metodik tayyorgarligini uyg‘unlashtirish imkoniyati yaratilgan.