Jumamuratov Renat Esenbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmogʼi nomi): «Kompyuter texnologiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish (Qoraqalpogʼiston Respublikasi maktablari misolida)» 13.00.02 - “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi (kimyo) bo‘yicha Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3547
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kaipbergenov Atabek Tulepbergenovich, texnika fanlari doktori (DSc)., professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.20.03 raqamli bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Pazilova Meruert Ermekbaevna pedagogika fanlari doktori., professor
Nurimbetov Baxtiyar Chimbergenovich kimyo fanlari nomzodi., dotsent
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitish metodikasini kompyuter texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
kimyo fanini o‘qitishning metodik tayyorgarligini didaktik ta’minotini faol axborot almashinishda elektron ta’lim resurslar ishlab chiqilgan va masofaviy ta’lim imkoniyatlariga moslashtirilgan, kimiyoviy davriy jadvalini tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
maktab ta’limini raqamlashtirish sharoitida o‘qitish metodikasini moslashtirish, individuallashtirish va tabaqalashtirish tamoyillariga asoslangan kompyuter vositalaridan foydalangan holda o‘qitishning modelini ishlab chiqish orqali kimyo ta’limi mazmunini integratsiyalashning nazariy-metodologik asoslari takomillashtirilgan;
kutools dasturi asosida kompyuter texnologiyalari orqali kimyo fanini o‘qitishda asinxron bog‘lanish orqali takomillashtirilgan va kimyo fanini o‘qitishga doir metodik qo‘llanma yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitishda masaofaviy ta’lim vositalari orqali innovatsion yondashuv asosida «Oprosnik 2», «Adonis», «Super test», «EquPixy» dasturlari negizida kimyo fanini o‘qitish usullari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompyuter texnologiyalari asosida kimyo fanini o‘qitishning metodik tayyorgarligini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
maktablarda kompyuter texnologiyalari asosida kimyo fani o‘quvchilarning tayyorgarligini metodik va didaktik materiallardan foydalanib, kompetentlikni rivojlantiruvchi xususiyatini oshirish yo‘llari modeli, faol axborot almashinishda elektron resurslar ishlab chiqilgan va masofaviy ta’lim imkoniyatlariga moslashtirilgan, o‘quv materiallarini tizimlashtirish ko‘nikmalari bo‘yicha «Ulıwma hám organikalıq emes ximiya» Qoraqalpoq tilidagi o‘quv qo‘llanmasin yaratishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovaciya vazirligining 2024 yil 25 iyundagi 218-sonli buyrug‘i asosida ro‘yxatga olish raqami 218-036) Natijada ta’lim tizimida kompyuter texnologiyalari orqali o‘qitishning metodik shart - sharoitlari takomillashtirilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kompyuter texnologiyalari asosida kimyo fanini o‘qitishning metodik tayyorgarligini oshirish orqali, faol axborot almashinishda D.I.Mendeleevning davriy jadvalin o‘quvchilar mustaqil o‘rganishi uchun qoraqalpoq tilida ishlab chiqilgan va masofaviy ta’lim imkoniyatlariga moslashtirilgan, o‘quv materiallarini tizimlashtirish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalardan 7-10-sinflar uchun “Kimyo” darsligini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi 2024-yil 23-avgustdagi 02-27-636-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Kompyuter texnologiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida kimyo fanini o‘qitishning metodik tayyorgarligini takomillashtirishning nazariy-amaliy asoslarini tahlil qilishga sharoit yaratilgan:
umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kutools kompyuter texnologiyalari asosida kimyo fanini o‘qitishda asinxron bog‘lanish orqali, masaofaviy aloqalar orqali innovatsion yondashiv asosida «Oprosnik 2», «Adonis», «Super test», «EquPixy», D.I.Mendeleev davriy jadvalining qoraqalpoq tilidagi dasturlari ishlab chiqilgan va o‘quvchilarning kompetentligin rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalardan DGU № 26552 elektron ta’lim resursin yaratishda foydalanilgan va O‘zbekiston Respublikasining Dasturiy mahsulotlar davlat reyisterida ro‘yxatdan o‘tkazilgan 09.08.2023 yil. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi Respublika ta’lim markazining № 97 sonli ma’lumotnomasi). Natijada kimyoviy elementlarning interaktiv davriy jadvali axborot tizimi interfeysi sayiti yaratilgan https://ximetod.uz va kimyo o‘qituvchilarining o‘quvchilarni o‘qitishdagi metodik tizimi takomillashtirilgan:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablarida kimyo fanini o‘qitishning metodik jarayonlari, axborot ta’lim vositalari orqali interfaol va integrativ ta’lim texnologiyasini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar va «Kompyuter texnologiyalari asosida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida kimyo fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish» (Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktablari misolida)” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi natijalaridan, 2021-2023 yillarga 4-04/2021 PZ - «Yuqori darajali suv o‘simliklaridan foydalangan holda chiqindilarni biotexnologik tozalash bo‘yicha tadqiqotlar» nomli innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan. Natijada ilmiy - nazariy ma’lumotlardan keng foydalanish, o‘quv - metodik ta’minot, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarini yangi metodika asosida takomillashtirilgan.