Berdambetova Aygul Paraxatovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Inson kognitiv o‘ziga xosliklarni gavdalantiruvchi lingvomadaniy xususiyatlar (ingliz va qoraqalpoq tillari misolida)», 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Fil4850.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Kdirbaeva Gulzira Kurbanbaevna, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Nukus davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori, professor; Musaev Abish Abilgazievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va qoraqalpoq tillari misolida inson kognitiv xususiyatlarini ifodalovchi lingvomadaniy o‘ziga xosliklarni ochib berishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:    
paremiologik birliklar tarkibidagi binar oppozisiyalar va ularning konseptual tizimdagi roli, “aqlli-ahmoq”, “bilimli-bilimsiz” kabi binar oppozisiyalarning paremiologik tizimda aks etishi orqali, milliy mentalitet va kognitiv faoliyatning aks etishiga asos yaratilgan;
konseptual tizim va lingvomadaniy tadqiqotlar, milliy konseptlarni lingvomadaniyatshunoslik aspektida o‘rganish orqali til va madaniyatning o‘zaro ta’sir mexanizmlari, bir-birini to‘ldirishi (“aql” va “intellekt” konseptlarining universal va milliy xususiyatlari asosida) aniqlangan;
kognitiv harakatlarning leksik-semantik xususiyatlarini gavdalantiruvchi “intellekt” konseptining ingliz va qoraqalpoq tillaridagi nominatsiyalarining til birliklari orqali verballashuvi frazeologik va semantik tahlil asosida ochib berilgan;
frazeologik tizimda kognitiv harakatlarning tavsifi, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi aqliy faoliyatga oid frazeologik birliklarning strukturaviy va semantik taqqoslanishi orqali inson intellektual faoliyatining turli bosqichlari isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi ingliz va qoraqalpoq tillari misolida inson kognitiv xususiyatlarini ifodalovchi lingvomadaniy o‘ziga xosliklar asosida olingan nazariy va amaliy takliflar asosida:
konseptual tizim va lingvomadaniy tadqiqotlar, milliy konseptlarni lingvomadaniyatshunoslik aspektida o‘rganish orqali til va madaniyatning o‘zaro ta’sir mexanizmlari, bir-birini to‘ldirishi (“aql” va “intellekt” konseptlarining universal va milliy xususiyatlari asosida) haqidagi tadqiqotlarning natijalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda bajarilgan “FA-F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorini va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar ilmiy-tadqiqot institutining 2025-yil 26-martdagi 164/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘rganilayotgan tillarning tili va madaniyati haqidagi ma’lumotlar kengaytirilgan;
kognitiv harakatlarning leksik-semantik xususiyatlarini gavdalantiruvchi “intellekt” konseptining ingliz va qoraqalpoq tillaridagi nominatsiyalarining til birliklari orqali verballashuvi frazeologik va semantik tahliliga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan muhim manba sifatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamentining 2025-yilning 7-aprelidagi 11-06/5-04/365-son ma’lumotnomasi). Natijada, “intellekt” konseptining verballashuv xususiyatlari ochib berildi va bu natijalar lingvistik faoliyatda ko‘p qo‘llanilgan;
paremiologik birliklar tarkibidagi binar oppozisiyalar va ularning konseptual tizimdagi roli, “aqlli-ahmoq”, “bilimli-bilimsiz” kabi binar oppozisiyalarning paremiologik tizimda aks etishi orqali, milliy mentalitet va kognitiv faoliyatning aks etishi haqidagi ilmiy yangilik Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyi eksponatlari tavsifida keng qo‘llanilgan (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq adabiyoti tarixi davlat muzeyining 2025-yil 19-martdagi 01-02/03-59-son ma’lumotnomasi). Natijada, muzeyning yangi binosi ekspozisiyasida qo‘yiladigan eksponatlar etiketkalarini ingliz tiliga tarjima qilishda ushbu tadqiqot materiallaridan foydalanilgan;
frazeologik tizimda kognitiv harakatlarning tavsifi, ingliz va qoraqalpoq tillaridagi aqliy faoliyatga oid frazeologik birliklarning strukturaviy va semantik taqqoslanishi orqali inson intellektual faoliyatining turli bosqichlari haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha xulosalar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining xududiy Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining “Miyras”, “Tilge itibar elge itibar” ko‘rsatuvlari va Qoraqalpog‘iston radiokanalining “Kúsh bilimde” eshittirishlarida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Teleradiokompaniyasining 2025-yil 2-maydagi 05-22/263-son ma’lumotnomasi). Natijada, kognitiv harakatlarning tavsifi, aqliy faoliyatga oid frazeologik birliklarning strukturaviy va semantik taqqoslanishi orqali inson intellektual faoliyati haqidagi ma’lumotlarini kommunikatsiya jarayonida to‘g‘ri foydalanishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish