Raximova Laylo Muminbaevnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Og‘zaki diskursning funksional-formal va lingvokulturologik xususiyatlari (o‘zbek va ingliz tillari misolida)”, 10.00.06 – «Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik» (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4197.
Ilmiy rahbarining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Norbaeva Shukurjon Xayitbaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.04.2022.Fil.20.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Alniyazov Aytmurat Ismailovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jumamuratova Ramiza Adilmuratovna, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va ingliz tillaridagi og‘zaki diskursning funksional-formal hamda lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek va ingliz diskurs turlari yaralishidagi muloqot tendensiyalarining kognitiv-kommunikativ tartibli tizimi, til birliklari va nutq faoliyatining kognitiv-kommunikativ mexanizmlari, muloqot kontekstida yangi mazmun va ma’no yaratish imkoniyatlarining mazmunli muloqotni tashkil etishi nazariy manbalar asosida aniqlangan;
inson tafakkuri faoliyati mahsuli bo‘lgan rang-barang nutqiy tuzilmalar ishtirokidagi turli maqsadlarga yoʻnaltirilgan og‘zaki diskursning muayyan lingvistik va ekstralingvitik omillar ta’sirida shakllanishi o‘zbek va ingliz lingvomadaniy hamda diskurs pragmatikasi, nutqning ijtimoiy, madaniy va kommunikativ jihatlari nuqtayi nazaridan asoslangan;
og‘zaki diskursda xoslanuvchi lisoniy birliklarning pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari, nutq va matnni lingvistik birliklar va ularning kontekstual o‘zaro ta’siri asosida tizimli ravishda o‘rganishni o‘z ichiga olgan diskursning lisoniy modellashuv jarayoni, ularning lingvistik xususiyatlariga aloqador nazariy ma’lumotlar o‘zbek va ingliz tillaridagi materiallar misolida ochib berilgan;
o‘zbek va ingliz og‘zaki diskursidagi lisoniy vositalar (sintaktik, leksik-semantik, paralingvistik), nutqiy uslublar muayyan ijtimoiy, madaniy va psixologik kontekstga mos qo‘llanilishi, insonlarning turli maqsadlari va nutq niyatlariga erishishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Og‘zaki diskurs, uning funksional-formal va lingvokulturologik xususiyatlarini o‘rganish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va ingliz og‘zaki diskursidagi lisoniy vositalar (sintaktik, leksik-semantik, paralingvistik), nutqiy uslublar muayyan ijtimoiy, madaniy va psixologik kontekstga mos qo‘llanilishi, insonlarning turli maqsadlari va nutq niyatlariga erishishida asosiy omil bo‘lib xizmat qilishiga oid fikrlardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limi, Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida 2017-2020-yillarda bajarilgan FA-F-1-005 raqamli “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasini amalga oshirish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpogʻiston bo‘limining 2025-yil 30-yanvardagi 46/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy ahamiyati yanada ortgan;
inson tafakkuri faoliyati mahsuli bo‘lgan rang-barang nutqiy tuzilmalar ishtirokidagi turli maqsadlarga yoʻnaltirilgan og‘zaki diskursning muayyan lingvistik va ekstralingvitik omillar ta’sirida shakllanishi o‘zbek va ingliz lingvomadaniy hamda diskurs pragmatikasi, nutqning ijtimoiy, madaniy va kommunikativ jihatlari nuqtayi nazaridan asoslanganligiga doir tadqiqot natijalaridan Xalqaro «Oltin meros» xayriya jamoat fondi Xorazm viloyati bo‘limi fondidagi manbalarni sharhlashda foydalanilgan (Xalqaro “Oltin meros” xayriya jamoat fondining 2025-yil 9-apreldagi №38-67-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lim fondida saqlanayotgan qadimgi Xorazm va zardushtiylik dini tarixiga oid eksponatlar yanada yangi ma’lumotlar bilan boyigan;
o‘zbek va ingliz diskurs turlari yaralishidagi muloqot tendensiyalarining kognitiv-kommunikativ tartib=li tizimi, til birliklari va nutq faoliyatining kognitiv-kommunikativ mexanizmlari, muloqot kontekstida yangi mazmun va ma’no yaratish imkoniyatlarining mazmunli muloqotni tashkil etishiga hamda og‘zaki diskursda xoslanuvchi lisoniy birliklarning pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlari, nutq va matnni lingvistik birliklar va ularning kontekstual o‘zaro ta’siri asosida tizimli ravishda o‘rganishni o‘z ichiga olgan diskursning lisoniy modellashuv jarayoni, ularning lingvistik xususiyatlariga aloqador nazariy ma’lumotlar o‘zbek va ingliz tillaridagi materiallar misolida ochib berilishiga oid nazariy xulosalardan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan 2025-yilda efirga uzatilgan “Tilimizni o‘rganamiz” eshittirishi hamda “Assalom O‘zbekiston” teledasturlarda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Xorazm viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 3-apreldagi 312-son ma’lumotnomasi). Natijada og‘zaki diskursning nutqiy faoliyat jarayonida ijtimoiy-madaniy kontekst, kommunikativ vaziyat va til ishlatilishidagi muhim ma’lumotlarni qamrab oluvchi tushuncha sifatidagi ahamiyati keng ommaga etib borishi osonlashgan, xalqimiz ko‘plab ilmiy ma’lumotlardan bahramand bo‘lishiga erishilgan.