Bekmuratova Nargiza Arislanbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4090.
Ilmiy rahbar: Tajieva Aliya Utebaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti DSc.03/30.04.2021.Fil.20.01.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Urumbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Uteshova Zernegul Xurmetullaevna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat chet tillari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:    
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda lokalizatsiya prinsipi asosida o‘quv muhitining psixologik konformligi, o‘qituvchi va talabaning kollaborativ interaksiyasi, mutaxassislikka orientirlangan autentik didaktik resurslardan foydalanish, integrativ rivojlantirish, geografik kognisiyani lingvistik kontekstda adaptatsiya qilish orqali aniqlashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda Content and Language Integrated Learning (CLIL) paradigmasi, kooperativ diskurs metodikasi, problematik-eksplorativ metodlar, autentik didaktik resurslarni (tekstual, auditiv, vizual materiallar) implementatsiya qilish, talabalarning kasbiy kommunikativ va leksik-grammatik profillarni, geografik kognitiv konstruksiyalarni lingvistik kontekstda optimallashtirish orqali takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan orientirlangan metodik ta’minot, spesifik tematik tekstlar, interfaol eksersizlar, kollaborativ va dyadik topshiriqlar, 4C (Content, Cognition, Communication, Culture) konseptual didaktik resurslarga ustuvorlik berish orqali talabalarning kasbiy diskursdagi leksik, pragmatik ko‘nikmalarni lingvistik kontekstda effektiv internalizatsiyalash orqali takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan didaktik modelda kasbiy kommunikativ diskursni optimallashtirish, tashkilotchilik va desiziv qobiliyatlarni amplifikatsiya qilish asosida maqsad blok (kasbiy kompetentlikni shakllantirishning strategik paradigmasi), strukturaviy blok (o‘qituvchi va talabaning interaktiv kollaboratsiyasi), texnologik blok (reproduktiv, produktiv, evristik va eksplorativ metodlar, autentik resurslar, multimedia instrumentariy) va natijaviy bloklar metodik kompetentligiga ustuvorlik berish orqali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarning kasbiy kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar:
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda lokalizatsiya prinsipi asosida o‘quv muhitining psixologik konformligi, o‘qituvchi va talabaning kollaborativ interaksiyasi, mutaxassislikka orientirlangan autentik didaktik resurslardan foydalanish, integrativ rivojlantirish, geografik kognisiyani lingvistik kontekstda adaptatsiya qilishga doir taklif va tavsiyalar “Up to English” oʻquv qoʻllanmasi mazmunıga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2021-yil 1-martdagi 110-son buyrug‘i asosida berilgan 110-218-son nashr ruxsatnomasi). Natiyjada bo‘lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentligini shakllantirishga kerakli o‘quv materiallari ishlab chiqildi;
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda Content and Language Integrated Learning (CLIL) paradigmasi, kooperativ diskurs metodikasi, problematik-eksplorativ metodlar, autentik didaktik resurslarni (tekstual, auditiv, vizual materiallar) implementatsiya qilish, talabalarning kasbiy kommunikativ va leksik-grammatik profillarni, geografik kognitiv konstruksiyalarni lingvistik kontekstda optimallashtirish bo‘yicha takliflardan A1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning muammolari” nomli amaliy loyihasini bajarishda foydalanildi (T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialining 2023-yil 9-sentyabrdagi 74-son ma’lumotnomasi). Natiyjada, kasbiy hulq-atvorni shakllantirish mezonlariga muvofiq ingliz tilining didaktik imkoniyatlarini kengaytirishga erishildi;
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish uchun qo‘llaniladigan orientirlangan metodik ta’minot, spesifik tematik tekstlar, interfaol eksersizlar, kollaborativ va dyadik topshiriqlar, 4C (Content, Cognition, Communication, Culture) konseptual didaktik resurslarga ustuvorlik berish orqali talabalarning kasbiy diskursdagi leksik, pragmatik ko‘nikmalarni lingvistik kontekstda effektiv internalizatsiyalash bo‘yicha takliflardan “IL-5721122061 - Geoinformatika metodini foydalangan holda Orol dengizi havzasining janubiy qismi radiatsiya, suv-tuz balansining mintaqaviy modelining fazoviy xilma-xilligini landshaft-ekologik taʼminlash” nomli amaliy ilmiy loyihasini bajarishda foydalanildi (Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining 2023-yil, 12-aprel kungi ma’lumotnomasi). Natiyjada xorijiy tillarni o‘rganishga qo‘yiladigan talablar bilan geografiya mutaxassislarining malaka talablarining kasbiy kompetentlikni rivojlantirish borasidagi integrativligi ta’minlandi;
ingliz tilini o‘qitishda bo‘lajak geografiya mutaxassislarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan didaktik modelda kasbiy kommunikativ diskursni optimallashtirish, tashkilotchilik va desiziv qobiliyatlarni amplifikatsiya qilish asosida maqsad blok (kasbiy kompetentlikni shakllantirishning strategik paradigmasi), strukturaviy blok (o‘qituvchi va talabaning interaktiv kollaboratsiyasi), texnologik blok (reproduktiv, produktiv, evristik va eksplorativ metodlar, autentik resurslar, multimedia instrumentariy) va natijaviy bloklar metodik kompetentligiga ustuvorlik berish bo‘yicha metodik tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutining Evropa Ittifoqi tomonidan Erasmus + dasturining 2016–2018-yillarga mo‘ljallangan 561624-ERR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024-yil 2-aprel kungi №690/02 son ma’lumotnomasi). Natiyjada ingliz tili va geografiya fanlarining integratsiyasi hisobiga bo‘lajak geografiya mutaxassislarining bilim, ko‘nikma va malakalarini uzlyuksiz nazoratga olib o‘qitish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish