Tirkashov Muxiddin Safarovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Integrativ tahliliy yondashuv asosida empirik tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5173
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Ilmiy rahbar: Nurullaeva Shaxlo Uktamovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Rasmiy opponentlar: Chorshanbiev Zafar Esonpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor. Shaxmurodova Diljahon Almardonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi integrativ tahliliy yondashuv asosida o‘quvchilarda empirik tushunchalarni shakllantirish metodikasini takomllashtirish va ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan  iborat 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ta’lim jarayoniga integrativ tahliliy yondashuvning aniq bilish obektiga yo‘naltirilgan pragmatik aspektlari axborotlarni to‘g‘ri tanlay olish, tizimli tahlil qilish, qayta ishlash, tizimlashtirishning optimal metodlarini tanlash imkonini beruvchi anglash komponentlariga ko‘ra aniqlashtirilgan;
empirik tushunchalarning assotsiativ, kolleksion, zanjirli, psevdo tushunchalar kabi turlarining mantiqiy mazmuni muhim va muhim bo‘lmagan xususiyatlarni verballashtirish orqali aniqlash, ma’no va bog‘lanishlarni anglash hamda adekvat mulohazalarning paydo bo‘lishi kabi bosqichlar asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarda empirik tushunchalarni shakllantirish jarayonining tizimli-funksional modeli motivatsion, tashkiliy va tajriba bosqichlarida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlarning pedagogik ta’minotini “Quvnoq tadqiqotchi” integratsion dasturi, eksperiment o‘tkazishga doir virtual va real ta’lim vositalari hamda metodik tavsiyalar bilan boyitish orqali takomillashtirilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda integrativ tahliliy yondashuv asosida empirik tushunchalarni shakllantirish metodikasi tabiiy fanlarni o‘qitish jarayoniga individuallik, tabiat bilan bog‘liqlik, tadqiqiylik tamoyillari asosida tayyorlangan topshiriqlar tizimini tatbiq etish hamda muammo echimiga diqqatning qaratilganligi, tadqiqot usullarini o‘zlashtirganligi, empirik tushuchalarning tarkib topganligi kabi mezonlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
empirik tushunchalarning assotsiativ, kolleksion, zanjirli, psevdo tushunchalar kabi turlarining mantiqiy mazmuni muhim va muhim bo‘lmagan xususiyatlarni verballashtirish orqali aniqlash, ma’no va bog‘lanishlarni anglash hamda adekvat mulohazalarning paydo bo‘lishi kabi bosqichlar asosida aniqlashtirilganligiga doir xulosalardan 2020 yilda bajarilgan AIF-2/17 “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘quv jarayonini tashkil etishda yangi texnologiyalar” amaliy loyihada foydalanilgan (Qarshi davlat universiteti O‘quv ishlari  bo‘yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan 2023 yil 02 iyun kunidagi № 03/2058 raqamli ma’lumotnoma). Natijada, OTMda ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish jarayoni tizimli tashkil etilishiga erishilgan;
empirik tushunchalarning assotsiativ, kolleksion, zanjirli, psevdo tushunchalar kabi turlarining mantiqiy mazmuni muhim va muhim bo‘lmagan xususiyatlarni verballashtirish orqali aniqlash, ma’no va bog‘lanishlarni anglash hamda adekvat mulohazalarning paydo bo‘lishi kabi bosqichlar asosida aniqlashtirilganligiga doir ma’lumotlardan “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, integratsiyasi va innovatsiyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (OO‘MTVning 2024-yil 04-martdagi 55-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 55103-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida integrativ yondashuv asosida empirik tushunchalarni tizimli shakllantirishga doir ko‘nikmalar tarkib toptirilishiga xizmat qilgan;
o‘quvchilarda empirik tushunchalarni shakllantirish jarayonining tizimli-funksional modeli motivatsion, tashkiliy va tajriba bosqichlarida amalga oshiriladigan mashg‘ulotlarning pedagogik ta’minotini “Quvnoq tadqiqotchi” integratsion dasturi, eksperiment o‘tkazishga doir virtual va real ta’lim vositalari hamda metodik tavsiyalar bilan boyitish orqali takomillashtirilganligiga doir ma’lumotlardan “Ona tili o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasini tayyorlashda foydalanilgan (OO‘MTVning 2023-yil 25-avgustdagi 391-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 391201-sonli nashr guvohnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf ona tili darslari metodik ta’minoti takomillashuviga xizmat qilgan;
kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda integrativ tahliliy yondashuv asosida empirik tushunchalarni shakllantirish metodikasi tabiiy fanlarni o‘qitish jarayoniga individuallik, tabiat bilan bog‘liqlik, tadqiqiylik tamoyillari asosida tayyorlangan topshiriqlar tizimini tatbiq etish hamda muammo echimiga diqqatning qaratilganligi, tadqiqot usullarini o‘zlashtirganligi, empirik tushuchalarning tarkib topganligi kabi mezonlar asosida takomillashtirilganligiga oid tavsiyalardan Qashqadaryo, Jizzax, Surxondaryo viloyatlaridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan pedagogik eksperiment davomida amaliyotga joriy etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi huzuridagi Respublika  ta’lim markazining 2023 yil 22 iyundagi 01/11-1-562-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya jarayonida empirik tushunchalarni shakllantirishda ko‘nikmalarni tashkil etishga oid bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish