Donaboev Jahongir Husan o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda soliq ma’murchiligi orqali raqobat muhitini yaxshilash yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3479.
Ilmiy rahbar: Normurzaev Umid Xolmurzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmurodova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Pardaev Jamshid Muzaffarovich, iqtisodiyotda falsafa fanlari doktori, PhD.
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi soliq ma’murchiligi orqali raqobat muhitini yaxshilash yo‘llari bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olinadgan foyda solig‘i (0 foiz) va aylanmadan olinadigan soliq imtiyozlarini bekor qilish taklifi asoslangan;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchilar uchun foyda solig‘ini 10 foiz va aylanmadan olinadigan soliqni 3 foiz stavkada belgilash taklifi ishlab chiqilgan;
tadbirkorlik subektlariga soliqlarning adolatlilik prinsipi asosida hisoblanishini ta’minlash uchun ularga kelgusida qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlarini bermaslik hamda bekor qilinganlarini qayta tiklamaslik tizimini joriy etish taklifi asoslangan;
soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish taklifi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Soliq ma’murchiligi orqali raqobat muhitini yaxshilash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tovarlarni (ishlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foyda solig‘i (0 foiz) va aylanmadan olinadigan soliq imtiyozlarini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1014-sonli Qonunida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 16/1-110307-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi subektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratilishini davom ettirish, shuningdek, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va xo‘jalik yurituvchi subektlarning to‘lov intizomini yanada mustahkamlash imkoni yaratilgan;
tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) elektron savdosini amalga oshiruvchilar uchun foyda solig‘ini 10 foiz va aylanmadan olinadigan soliqni 3 foiz stavkada belgilash yuzasidan bergan takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1014-sonli Qonunida tasdiqlanib, amaliyotga joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 16/1-110307-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida soliq xizmati organlari tomonidan bu jarayon natijasi yuzasidan soliq to‘lovchilar bilan o‘zaro hisob-kitob qilishda qulay imkoniyat yaratilgan;
tadbirkorlik subektlariga soliqlarning adolatlilik prinsipi asosida hisoblanishini ta’minlash uchun ularga kelgusida qo‘shimcha soliq va bojxona imtiyozlarini bermaslik hamda bekor qilinganlarini qayta tiklamaslik tizimini joriy etish bo‘yicha bergan takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-1014-sonli Qonunida tasdiqlangan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 16/1-110307-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida byudjetga soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida tushishi va soliqlarning yig‘iluvchanlik darajasi oshishni ta’minlanash imkoni yaratilgan;
soliqlarni o‘z vaqtida to‘lab, qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subektlariga qulay shart-sharoitlar yaratish va ularni rag‘batlantirish yuzasidan berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-yanvardagi PQ-39-sonli qarorida tasdiqlanib, amaliyotga joriy etilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2024-yil 29-oktyabrdagi 16/1-110307-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida soliq ma’murchiligini takomillashtirish orqali soliq to‘lovchilarga yanada qulaylik yaratishga xizmat qiluvchi adolatli soliqqa tortish imkonini yaratadi.