Olimov Xurshid Avazbekovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped6499.
Ilmiy rahbar: Formanova Shoira Bobonazarovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.B.05.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Usmonova Muxayyoxon Sobirjon qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Matniyazova Hilola Xudoybergenovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: biologiya ta’limida o‘quvchilarning kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirishning didaktik imkoniyatlari motivatsion-qadriyatli komponentlarning tarkibiy mazmunini o‘qitishning funksional strukturasiga moslashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy faol mikromuhitni manzilli yaratish asosida aniqlashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli reproduktiv-axborotli bosqichida o‘quvchilarning qaror qabul qilish va qayta aloqaga kirishish mobilligini oshirish hamda ta’lim jarayonining amaliy natijadorligini ta’minlashga dinamik   ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ta’lim subektlari ijodiy hamkorligini rivojlantirish, belgilangan didaktik maqsadlarning ta’limni tashkil traektoriyasiga proporsionalligini qat’iy isbotlash asosida takomillashtirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi axborotlarni qiyosiy tahlil qilish imkoniyatlarini oshirish, ilmiy savodxonlik va amaliy ko‘nikmalarning rivojlanish dinamikligini ta’minlash hamda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatining tanqiqdiy fikrash mahoratiga proporsional bog‘liqligini  ko‘rsatish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Biologiya darslarida o‘quvchilarning kognitiv kompetensiyasini rivojlantirib borish metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirishning pedagogik imkoniyatlari motivatsion-qadriyatli komponentlarning tarkibiy mazmunini pedagogik jarayonining funksional strukturasiga moslashtirishga yo‘naltirilgan ijodiy faol mikromuhitni manzilli yaratishga oid tavsiyalar “Biologiyadan nostandart topshiriqlar” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i). Natijada, akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish modeli reproduktiv-axborotli bosqichida o‘quvchilarning qaror qabul qilish va qayta aloqaga kirishish mobilligini oshirish hamda ta’lim jarayonining amaliy natijadorligini ta’minlashga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Biologiyadan nostandart topshiriqlar” nomli o‘quv qo‘llanma uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i). Natijada, o‘quvchilarning kognitiv kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi ta’lim subektlari ijodiy hamkorligini rivojlantirish, belgilangan didaktik maqsadlarning ta’limni tashkil traektoriyasiga proporsionalligini qat’iy isbotlash asosida takomillashtirishga doir tavsiyalardan “Biologiya o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli darslik yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i). Natijada, biologiya ta’limi intellektual salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirib o‘qitishning intensivligi ta’minlangan;
akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi axborotlarni qiyosiy tahlil qilish imkoniyatlarini oshirish, ilmiy savodxonlik va amaliy ko‘nikmalarning rivojlanish dinamikligini ta’minlash hamda o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatining tanqiqdiy fikrash mahoratiga proporsional bog‘liqligini  ko‘rsatishga oid tavsiyalardan “Biologiya o‘qitish texnologiyalari va loyihalashtirish” nomli darslik yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 277-son buyrug‘i). Natijada akademik lisey o‘quvchilarining kognitiv kompetensiyalarini takomillashtirishda ta’lim samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish