Obidjanov Umidjon Isojonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirish (zoologiya fani misolida)», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (biologiya)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped1565.
Ilmiy rahbar: Nishonov Mirkozimjon, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.06.2021.B.05.06 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ergasheva Gulruxsor Surxoniddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Najmiddinov Eldor Xalilovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining zoologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarida kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasini takomillashtirishga doir metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim muhitida zoologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini vizuallashtirishga xizmat qiladigan virtual faolligini oshirishda amaliy-faoliyatli va kognitiv-motivatsion yondashuvlarga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish metodikasi kasbiy-amaliy faoliyatda foydalaniladigan interaktiv simulyasiyalarni ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos ravishda identifikatsiyalash va professional imijini shakllantirish tajribalariga uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish modeli kaѕbіy faolіyatіnіng іnvarіant xarakteriga ko‘ra іdeallaѕhtіrіlgan professiogrammasini nazariy va metodik tayyorgarlik bosqichlarini aniqlashtirish hamda o‘z-o‘zini boshqarish texnologiyalari bilan maqbul integratsiyalash va adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish samaradorligi ma’lumotlarni analiz va sintez qilish va natijalar yakuniga ko‘ra kognitiv-rivojlantiruvchi didaktik materiallar ishlab chiqish hamda fanga oid bilimlarni real hayotda qo‘llashga xizmat qiladigan amaliy ko‘nikmalarni egallashga maqsadli yo‘naltirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarining kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlash metodikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari raqamli ta’lim muhitida zoologiyadan laboratoriya mashg‘ulotlarini vizuallashtirishga xizmat qiladigan virtual faolligini oshirishda amaliy-faoliyatli va kognitiv-motivatsion yondashuvlarga ustuvorlik berishga oid tavsiyalari “Umurtqasiz hayvonlar zoologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024 yil 21 sentyabrdagi 11-05-5283/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarning kasbiy-amaliy tayyorgarligini takomillashtirish imkoniyatlari ortgan hamda kasbiy pedagogik faoliyat samaradorligini oshirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish metodikasi kasbiy-amaliy faoliyatda foydalaniladigan interaktiv simulyasiyalarni ta’limiy maqsadlar mazmuniga mos ravishda identifikatsiyalash va professional imijini shakllantirishga oid tavsiyalar “Umurtqali hayvonlar zoologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlari” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 25-iyundagi 218-sonli buyrug‘i asosida berilgan 218-753 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy-amaliy tayyorgarligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish modeli kaѕbіy faolіyatіnіng іnvarіant xarakteriga ko‘ra іdeallaѕhtіrіlgan professiogrammasini nazariy va metodik tayyorgarlik bosqichlarini aniqlashtirish hamda o‘z-o‘zini boshqarish texnologiyalari bilan maqbul integratsiyalash va adaptiv moslashtirishga oid tavsiyalar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-2089 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, talabalarning kasbiy-amaliy kompetentligini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan;
bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy faoliyatga tayyorlashda laboratoriya mashg‘ulotlaridan foydalanish samaradorligi ma’lumotlarni analiz va sintez qilish va natijalar yakuniga ko‘ra kognitiv-rivojlantiruvchi didaktik materiallar ishlab chiqish hamda fanga oid bilimlarni real hayotda qo‘llashga xizmat qiladigan amaliy ko‘nikmalarni maqsadli yo‘naltirishga oid tavsiyalar “Metodika fanlarini o‘qitish texnologiyasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida berilgan 233-2089 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada bo‘lajak biologiya o‘qituvchilarini kasbiy-amaliy tayyorgarligini raqamli ta’lim shroitlariga moslashtirish imkoni kengaytirilgan.