Abdullaeva Umidaxon G‘ulomidinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped3507.
Ilmiy rahbar: Urmanov Soli Musaevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.05.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xushvaqtova Xusnobod Solievna, pedagogika fanlari doktori, professor; Shaxo‘djaev Maxmudxon Axmedovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari an’anaviy ta’lim mashg‘ulotlariga muqobil ravishda nostandart vaziyatlarni yaratish, ilg‘or va pedagogik texnologiyalarga adaptiv moslashtirish hamda zamonaviy ekologik kimoviy ta’lim muammolariga mos ta’limiy muhitini yaratishning algoritmik bosqichlarini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlash metodikasi integrativ ta’lim paradigmasi tashkiliy funksional elementlarning ekologik muammolarni echish strategiyalarini shakllantirishga ta’sirini aniqlash va ularni monitoring qilishning ta’sirchan usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlash metodikasi fanlararo integrativlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini baholashning tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish imkoniyatlariga proporsional mosligini tasniflash asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlash modeli va amaliy-texnologik tizimi ekologik kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ-modulli yondashuvlarning bosqichma-bosqich amaliy mexanizmlarini pedagogik jarayon talablariga muvofiqlashtirishning didaktik algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlashning ilmiy-metodik asoslari bo‘yicha quyidagi ishlar amalga oshirildi:
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari an’anaviy ta’lim mashg‘ulotlariga muqobil ravishda nostandart vaziyatlarni yaratish, ilg‘or va pedagogik texnologiyalarga adaptiv moslashtirish hamda zamonaviy ekologik kimoviy ta’lim muammolariga mos ta’limiy muhitini yaratishning algoritmik bosqichlarini ishlab chiqish asosida aniqlashtirilganligiga oid taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 01.02.2021-31.01.2023 davomida bajarilgan A-OT-2021-133 sonli "Kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish" mavzudagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024 yil 7 iyundagi 04/11-4952-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlashga doir mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasini ishlab chiqishga xizmat qilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlash metodikasi integrativ ta’lim paradigmasi tashkiliy funksional elementlarning ekologik muammolarni echish strategiyalarini shakllantirishga ta’sirini aniqlash va ularni monitoring qilishning ta’sirchan usullarini qo‘llash asosida takomillashtirilgan va “Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-sonli buyrug‘i). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlash texnologiyalari takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlash metodikasi fanlararo integrativlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini baholashning tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish imkoniyatlariga proporsional mosligini tasniflash asosida takomillashtirilgan va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 01.02.2021-31.01.2023 davomida bajarilgan A-OT-2021-133 sonli “Kimyo fanidan 3D texnologiyalariga asoslangan interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish” mavzudagi amaliy tadqiqot loyihasi doirasida vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan va yuqoridagi tavsiyalar ushbu loyiha doirasida nashr etilgan ishlarda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston milliy universitetining 2024 yil 7 iyundagi 04/11-4952-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilari uchun integrativlik asosida o‘qitish metodikasi takomillashtirilgan;
bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarini ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirishga tayyorlash modeli va amaliy-texnologik tizimi ekologik kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan integrativ-modulli yondashuvlarning bosqichma-bosqich amaliy mexanizmlarini pedagogik jarayon talablariga muvofiqlashtirishning didaktik algoritmini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan va “Analitik, fizkolloid va bioorganik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024 yil 4 martdagi 55-sonli buyrug‘i). Natijada, bo‘lajak kimyo o‘qituvchilarining ekologik kompitentligi samaradorligini oshirishga erishilgan.