Amonova Mahliyo Safarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish», 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari (kimyo)).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7403.
Ilmiy rahbar: Ibodulloeva Mavjuda Ibodulloevna, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.K.05.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ahadov Ma’murjon Sharipovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Odilxo‘jazoda Nigoraxon Baxtiyorxo‘ja qizi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari qiyosiy tahlil qilishning amaliy natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan kreativ ko‘nikmalar darajasini baholashga moslashtirilgan pedagogik infratuzilmani rivojlantirish asosida aniqlashtirilgan;
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasi talabalarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid bilim darajasini ta’minlashda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari produktivligini ko‘tarish hamda ularning motivatsiyasi va faolligini oshirishga doir topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirilgan;
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli talabalarning o‘quv-metodik tayyorgarligi texnologiyalarini qo‘llashni o‘z ichiga olgan didaktik prinsiplarini tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish komponentlarining tarkibiy mazmuniga idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirilgan;
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni olingan bilim, yangi ma’lumotlar va natijalarini tahlil qilish hamda o‘quv jarayonini qamrab oladigan tashkiliy echimlar, vositalar va usullardan foydalanishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirishga oid tadqiqot natijalari asosida:
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirishning didaktik imkoniyatlari qiyosiy tahlil qilishning amaliy natijadorligini oshirishga yo‘naltirilgan kreativ ko‘nikmalar darajasini baholashga moslashtirilgan pedagogik infratuzilmani rivojlantirish asosida aniqlashtirishga oid tavsiyalar “Elektrokimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika unuversiteti Kengashining 4.07.2024 yildagi “11/3,1”sonli qarori). Natijada, talabalarda differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘zlashtirish imkoniyati kengaytirilgan;
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasi talabalarning nazariy va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga oid bilim darajasini ta’minlashda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari produktivligini ko‘tarish hamda ularning motivatsiyasi va faolligini oshirishga doir topshiriqlarni kiritish asosida takomillashtirishga doir topshiriqlari “Analitik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil “27” dekabrdagi “485”-sonli buyrugʻi, № 697399). Natijada, talabalarning ilmiy va amaliy kompetensiyalari va fanga oid tushunchalarini rivojlantirish differensial yondashuv asosida kengaytirilgan;
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini rivojlantirish modeli talabalarning o‘quv-metodik tayyorgarligi texnologiyalarini qo‘llashni o‘z ichiga olgan didaktik prinsiplarini tabiiy-ilmiy savodxonlikni oshirish komponentlarining tarkibiy mazmuniga idientiv uyg‘unlashtirish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Analitik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil “27” dekabrdagi “485” sonli buyrugʻi, № 697399). Natijada, turli bilim darajasiga ega ta’lim oluvchilar o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda analitik kimyo fanidan bilimlarining oshishiga, fanga nisbatan qiziqishining ortishiga, ma’lumotlar bazasining kengayishiga imkoniyat yaratilgan;
differensial yondashuv asosida miqdoriy analiz bo‘limini o‘qitish metodikasini takomillashtirish jarayoni olingan bilim, yangi ma’lumotlar va natijalarini tahlil qilish hamda o‘quv jarayonini qamrab oladigan tashkiliy echimlar, vositalar va usullardan foydalanishga dinamik ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid tavsiyalar “Analitik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 yil “27” dekabrdagi “485”-sonli buyrugʻi, № 697399). Natijada, talabalarni analitik kimyo fanidan o‘zlashtirish ko‘rsatgichlarini baholash mezonlarini aniqlash imkonini bergan.