Xayrullaev G‘iyosiddin Ulug‘bek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmog‘i): “Ba’zi 3d-metallarning 3-amino-1,2,4-triazol hosilalari asosidagi kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari”, 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/K551.
Ilmiy rahbar: Kadirova Shaxnoza Abduxalilovna., kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Rafiqov Atham Salimovich, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaeva Zubayda Shavkatovna, PhD, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mn(II), Fe(II), Co(II) va Ni(II) tuzlari bilan 3-amino-1,2,4-triazol hosilalarining metallokompleks birikmalarini sintez qilish hamda ularning tuzilishi va xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Mn(II), Fe(II), Co(II) va Ni(II) larni xloridli, bromidli, sulfatli, nitratli, perxloratli tuzlarining 3-amino-1,2,4-triazol hosilalari bilan 31 ta yangi kompleks birikmalari sintez qilingan;
kvant-kimyoviy hisoblashlar natijasida ligandlarning elektron tuzilishlari va 3d-metall ionlariga triazol halqasidagi endotsiklik azot atomlaridan kordinatsiyalanishi aniqlangan;
zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullari yordamida atsidoligandlarning (Cl-, Br-, SO42-, NO3-, ClO4-) tabiati va hajmiga ko‘ra molekulalararo o‘zaro ta’sirga kirishishi hamda atsidoligandlar tabiatiga qarab tashqi sferada (SO42-, NO3-, ClO4-) va ichki sferada (Cl-, Br-) joylashishi aniqlangan;
ilk bor 3-amino-1,2,4-triazol asosidagi 3,3ˈ-disulfanidilbis(5-amino-1H-1,2,4-triazol) va 3-metiltio-5-amino-(1H-1,2,4-triazol) larning kristallari olingan va rentgen strukturaviy tahlil yordamida tuzilishi isbotlangan;
ilk bor rentgen strukturaviy tahlil yordamida [FeL2(H2O)4]SO4·2H2O, [CoL2(H2O)4]SO4·2H2O, [CoL2(H2O)4](ClO4)2·2H2O, [CoL2Br2]·2H2O, [Co3L16(H2O)6](SO4)3·4H2O, [Co3L16(H2O)6](NO3)6·18H2O kompleks birikmalarining tetraedr, oktaedr va uchyadroli oktaedr tuzilishga ega bo‘lishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 3-amino-1,2,4-triazol hosilalarini 3d-metallar bilan yangi metall kompleks birikmalarining sintezi, fizik-kimyoviy va biologik xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida :
C4H6N8S2·H2O, 2C3H6N4S·H2O, [FeL2(H2O)4]SO4·2H2O, [CoL2(H2O)4](ClO4)2·2H2O tarkibli birikmalarning rentgen strukturaviy tahlil natijalari Xalqaro Kembridj kristallografik ma’lumotlar bazasiga (CCdC raqamlari 2224194, 2344246, 2385440, 2394686) kiritilgan. natijada, kompleks birikmalarning kristall tuzilishi natijalari, ma’lum tuzilish va xossalarga ega bo‘lgan o‘xshash birikmalarni olishda foydalanish imkonini bergan;
Co(II) va Ni(II) tuzlarining 3-amino-1,2,4-triazol yangi hosilalari bilan olingan kompleks birikmalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Xorazm Ma’mun akademiyasidagi 2021-2024 yillarda bajarilishi ko‘zda tutilgan A-FA-2021-266 raqamli “Shumgiyoh (Cistanche) o‘simligining tabiiy zahiralaridan foydalanishni yo‘lga qo‘yish va etishtirishning zamonaviy agrotexnologiyalarini ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyihada qo‘llanilgan (o‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2020-yil 25-dekabrdagi 86-06-1185-sonli ma’lumotnomasi).

Yangiliklarga obuna bo‘lish